Boshlang`ich ta`lim” yo‘nalishi 203- guruh talabasi masharibova Zuhrajonning


II.BOB. BADIIY ASARLARNING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI O’RNI


Download 54.56 Kb.
bet8/15
Sana16.06.2023
Hajmi54.56 Kb.
#1517562
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Masharibova Zuhrajon ATOM kurs ishi

II.BOB. BADIIY ASARLARNING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI O’RNI.
2.1 Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tarbiya turlarini shakllantirish borasida olib boriladigan ishlar.
Boshlang’ich sinflarda ta’lim va tarbiya teng, o’zaro bog’liq holda olib boriladi. Har qanday jamiyat doimo o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda ta’lim
tarbiyani amalga oshirib boradi. Bizga ma’lumki, bugungi kunda barkamol avlod
tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Shuning uchun ham bugungi kunda
“Barkamol avlod” dasturini hayotga tadbiq etish orqali yosh avlod tarbiyasiga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda umumiy o’rta ta’lim muassasalarining ta’lim-tarbiya jaroyonida boshlang’ich sinf o’quvchilarida tarbiya turlarini shakllantirishga e’tibor qaratilmoqda. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda shakllantirilishi kerak bo’lgan tarbiya turlarini aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, nafosat tarbiyasi, estetik tarbiya, huquqiy tarbiya, fuqarolik tarbiyasi, ekologik tarbiya va iqtisodiy tarbiya kabilarga ajratish mumkin.
Aqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat bo‘lib, uni samarali yo‘lga qo‘yish asosida dunyoqarash shakllanadi. Abu Nasr Forobiyning e‘tiroficha, inson aqli, fikri uning ruhiy jihatdan yuksalishining mahsulidir. Inson bilimlarni o‘zlashtirar ekan, borliqda tirik mavjudotning yaratilish tarixigacha bo‘lgan ma‘lumotlarni o‘zlashtira oladi, ularni yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi. Allomaning mazkur fikrlarini davom ettirgan holda Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: «Inson narsa va hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri-bilan solishtirib ko‘radi, o‘z bilimlarining chinligini aniqlaydi».
Mutafakkir, shuningdek, odamlar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirilib borishi yangi bilimlarning yaratilishiga olib kelishini aytadi: «Ilmlar ko‘pdir. Ular zamoni iqbolli bo‘lib, turli fikr va xotiralar ularga qo‘shilib borsa, ko‘payadi. Odamlarning ilmlarga rag‘bat qilishi, ilmlarni va ilm ahllarini hurmatlashi o‘sha iqbolning belgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm ahlini hurmat qilishi turli ilmlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi».
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda ta’lim-tarbiya tizimiga innovatsion, ya’ni ilg’or pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish davr talabi bo’lib kelmoqda. Boshlang’ich sinf o’quvchilari shaxsida yaxshilik, mehribonlik qilish, shirinso’zlik bilan muomalada bo’lish kabi ma’naviy sifatlarni shakllantirishda o‟qish, ona tili, musiqa darslarining imkoniyatlari juda kattadir. Chunki mazkur predmetlar bo’yicha darslar tuyg’ular va hissiyotlar asosida qurilayotgan mashg’ulotlardir. Shuning uchun ham darslarda bolalarni tushunish, ularni his qilish, his tuyg’ularini qadrlashni o’qituvchi diqqat markazida turishi kerak.

Download 54.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling