Kurs ishining dolzarbligi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini badiiy asarlar bilan tanishtirish, ularning badiiy asarlarga bo’lgan qiziqishini oshirish va shu orqali o’quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish ta’limning asosiy maqsadlaridan biridir. O’quvchilardagi badiiy asarlarga bo’lgan qiziqishni shakllantirish metodlarini o’rganish, o’quvchilarga tavsiya etish mumkin bo’lgan badiiy asarlar ro’yhatini shakllantirish va shu orqali o’quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish usullarini o’rganish bo’lajak o’qituvchining kelajakda yetuk kadr bo’lib yetishishida ahamiyatlidir.
Kurs ishining maqsadi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini badiiy asarlar o’qishga o’rgatish va shu orqali ularda tarbiya turlarini shakllantirishning usullarini o’rganish.
Kurs ishining vazifalari:
Badiiy asarlarning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganib chiqish;
Badiiy asar matnini tahlil qilish tartibi va usullarini o’rganish;
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tarbiya turlarini shakllantirish metodlarini o’rganib chiqish;
O’quvchilarga iqtisodiy tarbiya bera oladigan badiiy matnlarni tahlil qilish;
O’quvchilarni tarbiyalashda badiiy adabiyotning ahamiyatini ochib berish.
Kurs ishining predmeti: Boshlang’ich sinflarda ona tili va o’qish darslarida o’quvchilarning badiiy asarlarga qiziqishini oshirish, ularga tavsiyalar berish orqali iqtisodiy tarbiyani rivojlantirish asoslarini ishlab chiqish.
Qo’yilgan vazifalarni hal qilish uchun quyidagi kurs ishi metodlaridan foydalaniladi:
Kurs ishining metodologik asosi:
Do'stlaringiz bilan baham: |