Boshlang`ich ta`lim” yo‘nalishi 203- guruh talabasi masharibova Zuhrajonning


Download 54.56 Kb.
bet3/15
Sana16.06.2023
Hajmi54.56 Kb.
#1517562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Masharibova Zuhrajon ATOM kurs ishi

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.

I.BOB. BADIIY MATNLAR USTIDA ISHLASH METODIKASI.
1.1 Badiiy asarning o’ziga xos xususiyatlari
Badiiy adabiyot insoniyat hayotini charog’on etishi, inson umriga nurafshonlik baxsh etib, ma’navi olamini shakllantirishi va yuksaltirishi, porloq kelajak uchun munosib to’g’ri yo’lni tanlashga yordam berishi, kitobning isoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk kashfiyot ekanligi bois har qanday davr va zamonda kitob o’qish, kitobxonlik madaniyatini targ’ib qilish dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Ayniqsa, bugungi kunda davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan mazkur masalalarga davlat siyosati darajasida qaralib, yanada keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yurtimiz rahbarining quyidagi fikrlarida ham yaqqol aks etadi: “Ayni paytda, axborot-komunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o’zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do’st bo’lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo’ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ’ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi.”
Badiiy adabiyot o`quvchining hissiyoti va shuuriga kuchli ta`sir ko`rasatadi.
Asar qahramonlariga taqlid qilish yoki ulardan nafratlanish hissini uyg`otadi.
Hayotni obrazlar orqali aks ettirish jihatidan san`at turlari o`rtasida umumiylik,
o`xshashlik, mushtaraklik mavjud bo`lsa-da obraz yaratish jarayonida san`atning
har bir turi uning faqat o`zigagina xos bo`lgan ifoda vositalaridan foydalaniladi.
Adabiyot so`z vositasida obraz yaratganligi sababli san`atning boshqa turlariga
nisbatan hayotni va insonni mumkin qadar to`laroq ifodalash imkoniga ega.
Shuning uchun ham adabiyot inson ma`naviyatiga kuchli ta`sir ko`rsatadi. Uni
boyitishi, go`zallashtirishi, komillikka yetaklashi mumkin.
Badiiy adabiyotda hayot voqealari, inson ruhiy kechinmalari, qarashlari,
orzu-umidlari, o`y-xayollari tasvirlanadi. San`atning boshqa turlari singari
adabiyot ham hayot jumboqlaridan saboq beradi. Lekin bu obrazli fikrlashdir.
Tabiiyki, bu jonlilik va ravshanlik, ta`sirdorlik va ommaviylik, noziklik va
mukammallik san`atning har turida “o`z tili” orqali ro`yobga chiqadi. Adabiyotda
til, kompozitsiya, ohang, retimlar vositasida badiiy obrazlar yaratiladi. Har bir
badiiy asarning yaratilishida quyidagilar asosiy rol o`ynaydi: 1. Hayot. 2. Uni
mushohada va muhokama natijasida yozuvchi ongida tug`ilgan fikr. 4. Shu fikr
(g`oya) ni ifoda etish uchun yozuvchi tomonidan yaratilgan asar. Bular hayot,
uning voqealari taassurotlar orqali yozuvchining ongiga kirishi, aql ishtirokida
ma`lum ma`no kasb etishi va tasavvurda pishib yetilib adabiyot asari sifatida
namoyon bo`lishini anglatadi. Demak badiiy asar hayotning yozuvchi ongidagi
in`ikosi tariqasida maydonga keladi. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlari orasida alohida mavqega ega ekanligi tan olingan haqiqatdir. G’oyat ko’p o’lchovli murakkab butunlik bo’lmish badiiy adabiyot namunasi o’quvchi tomonidan to’liq his etilib, anglanib, nafis adabiyotning sehr-u jozibasidan atroflicha xabardor bo’lgandagina ta’sirchan estetik-ma’naviy energiyaga aylanadi. Adabiy asarning badiiy estetik mohiyati uning kompozitsiyasini, yani undagi turli – tuman qahramonlar, bir- biriga o‘xshamaydigan sahnalar, alohida joy, manzara, vaziyat tasvirlari, monolog, dialoglar, o‘y, xayol, tush va boshqa turli komponentlarning murakkab tartibini o‘rganish, sharhlash orqali o‘zlashtiriladi . Tahlil jarayonida o‘qitishning xilma – xil usullaridan foydalaniladi. Bularning orasida adabiy o‘qish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki adabiy o‘qishda matnning asl mohiyati dastlabki tarzda tasavvur etiladi. Uning o‘zak muammolari o‘quvchining ko‘z oldida osonroq gavdalanadi.
Adabiy o‘qishda dastlabki urg‘u tushishi lozim bo‘lgan o‘rinlar ajratiladi, ular o‘quvchilarning ongiga ham, tuyg‘ulariga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Gap epik asarlar ustida borar ekan, ularda “har qanday hissiyot voqealar
qa’riga berkitilgan” bo‘lishiga e’tibor berish zarurati bo‘ladi, chunki
“qahramonlarni hayotiy voqealar og‘ushida ko‘rsatish xususiyati epik asarlarda
insoniy kechinmalarni tasvirlar jarayoniga joylash imkonini beradi va o‘quvchidan
bu sezimlarni ilg‘ab olish talab qilinadi. Adabiyot o‘qituvchisi o‘z o‘quvchilarida
ayni shu malakani – epik asar zamiridagi badiiy ma’noni ilg‘ay olish va mantiqiy
xulosaga kela bilishni shakllantirishi muhim vazifa hisoblanadi”.
Badiiy asarning, jumladan epik turga mansub bo‘lgan asarlarning matni
ustidagi ish adabiy ta’limning o‘zak masalalaridan biridir. U “O‘quvchilarni badiiy
adabiyot olamiga olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan
muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga imkoniyat” yaratadi. Badiiy
matn ustida ishlash jarayonida o‘quvchilar asarning poetik mohiyatini anglab
yetadi, uning mazmunini tahlil qiladi, mavzuning talqinlariga e’tibor qaratadi,
tasvirlanayotgan voqea- hodisalar, qahramonlar va umuman, asardagi voqealar
rivojiga muallif munosabatini aniqlashga harakat qilishadi.
Badiiy asarlarni janriy xususiyatlari.
Boshlang’ich sinflarda badiiy asar turlaridan hikoya, she’r, ertak, masal, maqol va topishmoqlar amaliy ravishda o’rganiladi. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop maqolalar ham o’qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, stilistik priyomlari jihatidan o’ziga xos hususiyatlarga ega bo’lib, o’quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. SHunga ko’ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchi unga mos metodlar tanlashi talab etiladi.
Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo’lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. “Hikoya ko’pincha kishi hayotida bo’lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir”. Hikoya mazmunan boshlang’ich sinf uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o’quvchilarni qahramonning xatti-harakati, tashqi ko’rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko’proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalarni badiiy asar turi bo’lgan hikoya bilan tanishtirish uning syujetini tushuntirishga bog’lab olib boriladi.
Ertak xalq og’zaki ijodida eng keng tarqalgan janr bo’lib, ularda kishilar hayotida uchraydigan oddiy hodisalar va fantastik sarguzashtlar hikoya qilinadi. Ertaklarning ko’pida real hayot tasviri fantastik elementlar bilan qo’shilib ketadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari ertak bilan amaliy tanishtiriladi. Ertakning o’tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda, ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi; undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g’oyaviy yo’nalishi, undagi ezgu kuchning – yaxshilikning doimo g’alaba qilishi bolalarni o’ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli, bir xil so’z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifodali vositalarining jonliligi bolalar uchun juda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilar ko’pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo’lgan yovuz, baxil, ochko’z obrazlarga bo’linadi.
Masal, axloqiy mazmunni kinoyaviy obrazlar orqali aks ettiradigan badiiy asardir. U ko’proq she’riy tarzda yoziladi. Masalda inson xarakteriga xos xususiyatlar kinoyaviy obrazlar – hayvonlar, jonivorlar va o’simliklar dunyosiga ko’chiriladi. Ko’pincha masalning kirish qismida, ba’zan oxirida qissadan xissa, ya’ni ibratli xulosa chiqariladi. Bu o’quvchilarni ahloqiy tomondan tarbiyalashga katta imkon beradi. Masalda fikrning qisqa, lo’nda, chiroyli va ifodali tasvirlanishi, tilining o’tkirligi va xalqchilligi o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stirishda muhim material hisoblanadi. Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminasion nuqta va echimi bo’lgan kichik pesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa va mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo’la oladi.
She’r-ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg’u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutq. SHe’riy nutqni ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik bo’laklarning izchil va bir me’yorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh so’zlar) hisoblanadi.
Badiiy asarlarning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri bu uning tarbiyaviy ahamiyat egaligidir. Shuning uchun ham boshlang’ich sinf o’quvchilarini badiiy adabiyot bilan hamohang qilish o’qituvchining eng birinchi vazifalaridan biridir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini badiiy adabiyot bilan hamohang qilishning datslabki bosqichi bu ertaklardir. Kichik yoshdagi o’quvchilarga tavsiya etiladigan “Burgut bilan tulki”, “Bahodir tabib”, “Kampir va bo’ri”, “O’rmonda ziyofat” kabi ertaklar o’quvchilarda o’zaro do’stlik, mehr-muhabbat, vatanga muhabbat, jasurlik kabi fazilatlarni shakllantiradi.
O'zbek xalqi og'zaki ijodi juda uzoq tarixga ega. Og'zaki ijodning qadimdan shakllangan janri dostondir. U eng murakkab, yirik va keng tarqalgan shakllardan hisoblanadi. „Doston" so'zi „qissa", „hikoya", „ta'rif", „maqtov", „shon-shuhrat", „sarguzasht" ma'nolarida ishlati-ladi. U adabiy atama sifatida yirik hajmli, liro-epik asarlarni anglatadi. Dastlab xalq og'zaki ijodida shakllangan bu janr keyinchalik yozma adabiyotda ham salmoqli o'rin tutgan.



Download 54.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling