Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi Shahnoza Alikulovaning Tabiatshunoslik fanidan amaliy topshirig’i


Download 199.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana06.05.2023
Hajmi199.13 Kb.
#1435181
  1   2   3   4
Bog'liq
Alikulova Sh Tabiatshunoslik amaliy



Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi Shahnoza 
Alikulovaning Tabiatshunoslik fanidan amaliy topshirig’i 
 
 
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi – pedagogik fan sifatida. 
Reja: 
1. 
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi predmeti, maqsad va vazifalari
2. 
Tabiatshunoslik fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
3. 
Tabiatshunoslik o’qitish metodikasining tadqiqot metodlari. 
 
 
Tayanch iboralar: tabiatshunoslik, tabiatshunoslik o’qitish
metodikasi, metodika, didaktika, tadqiqot metodlari, tabiatshunoslik 
o’qitish metodikasi – pedagogik fan sifatida tabiatshunoslik o’qitish 
metodikasining dolzarb masalalari.
 
 
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi tabiatshunoslikni o’qitishda 
bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi 
pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o’z 
predmetini o’qitish mazmuni hamda xusuyatlarini hisobga olgan holda uning 
metodlaridan foydalanadi. 
O’quvchilarga tabiatshunoslikni o’rgatib borish bilan o’qituvchi ularni 
ta’limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim, o’quv va 
ko’nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, balki ularning dunyoqarashi, irodasi, 
xarakterini shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi ham. Shunga ko’ra 
tabiatshunoslikni o’qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi. 
O’qitish jarayoni o’zaro bog’liq bo’gan qismlarni: predmet mazmuni
o’qituchi va o’quvchilar faoliyatini, ya’ni fanning o’zini, uni o’qitishni va 
ko’nikmalarni egallab olishni o’z ichiga oladi. Shunga ko’ra tabiatshunoslik 
metodikasining vazifalari qatoriga o’quv fani sifatida tabiatshunoslik mazmunini 
aniqlash, o’qitishning metod va uslublarini tadqiq qilish, zarur o’quv jihozlarini 
ishlab chiqish kiradi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi faqat o’qitish 
jarayonini ta’riflash va tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki qoidalarni ham 


ishlab chiqadi, ularga asoslanib, o’qituvchi shu fan bo’yicha bolalarni 
muvaffaqiyatli ravishda o’qitishi mumkin. 
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi o’qituvchining tayyorlanishidan 
tortib, to o’quv materialini o’zlashtirish natijalarini, jumladan sinfdagi, uydagi, 
sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni hisobga olishgacha barcha o’qitish 
jarayonlarini o’z ichiga oladi. O’qitish amaliyotini har tomonlama o’rgatish va 
natijalarni keyin ijodiy ravishda umumlashtirish asosida o’qitishning muayyan 
qonuniyatlari belgilanadi va uni yana ham yaxshilash bo’yicha tadbirlar ishlab 
chiqiladi. Chunonchi, o’rganilayotgan narsalarni (o’simlik va hayvonlarni) 
bevosita qabul qilish (bu to’g’ri tasavvur hosil bo’lishini ta’minlaydi) qonuniyati 
asosida predmetli o’qitishni qo’llanish bo’yicha aniq tadbirlar ishlab chiqiladi. 
Tabiatshunoslik metodikasi o’rganadigan va ishlab chiqadigan masalalar 
doirasiga quyidagilar kiradi: 
1) 
o’quv fani sifatida tabiatshunoslikning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati, 
uning tarbiya sistemasidagi o’rni; 
2) 
o’quv materialining mazmuni va uni taqsimlanish sistemasi; 
3) 
o’qitish metodlari va o’quvchilarni tashkil etish shakllari; 
4) 

Download 199.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling