Boshlang‘ich ta‘lim yoʻnalishi 9-1 btu s -19 guruh talabasi axmadaliyeva Dilhayo Rustamovna


Download 145.53 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi145.53 Kb.
#1589629
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mutafakkir allomalarimiz merosining farzand kamolotida tutgan o\'rni


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIK TA‘LIM FAKULTETI
BOSHLANG’ICH TA‘LIM METODIKASI KAFEDRASI
5111700-BOSHLANG‘ICH TA‘LIM YOʻNALISHI
9-1 BTU S -19 - GURUH TALABASI
Axmadaliyeva Dilhayo Rustamovna
Tarbiyaviy ishlar metodikasi”
fanidan
MUTAFAKKIR ALLOMALARIMIZ MEROSINING FARZAND KAMOLOTIDA TUTGAN O'RNI.”

mavzusida


KURS ISHI
Ilmiy rahbar:

BUXORO-2023


MUNDARIJA:
KIRISH
I.BOB.ALLOMALARIMIZ ASARLARIDA FARZAND TARBIYASI.
1.1Sharq uyg’onish davridagi allomalarimiz asarlarida tarbiya masalalar.
1.2.Dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda allomalar asarlaridan foydalanish yo’llari.
II.BOB.SHARQ MUTAFAKKIRLARINING FARZAND TARBIYASI HAQIDAGI FIKRLARI.
2.1 Islom ma'rifat sivilizatsiyasining ta'lim-tarbiyaga ta'siri.
2.1. Imom Ismoil al-Buxoriy, Forobiy, Bеruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Navoiy va boshqa mutafakkirlarning axloqiy-ma'rifiy mеrosi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR





KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.Insoniyat tarixida buyuk XXI asr sari qadam qo’ymoqda kurrai zaminimizning barcha o’lkalarda siyosatdonlar, iqtisodchilar, ijtimoiy soha namoyondalari, nufuzli xalqaro tashkilotlar XX asrga yakuniy xulosalar chiqarmoqdalar. Ular tomonidan bu shonli 100 yillikda bosib o’tilgan tarixiy yo’l atroflicha tahlil etilib, unda nimalarga erishilgani, qaysi voqea, hodisalar asrimizning eng ulug’, buyuk ishlari, qaysilari tufayli insoniyat azob uqubat chekdi, qaysi sarqitlarni o’tgan asrga qoldirib, qaysilarini XXI asrga olib o’tish mumkin, XX asrdan qolgan dolzarb muammolarni qay yo’sinda hal qilish mumkinligini sarhisob qilinmoqda.
O’zbekiston hayotida XX asrda juda katta voqea ro’y berganini alohida ta’kidlash zarur. 1991-yilning 1-sentabrida Vatanimiz istiqlolga erishdi, xalqimizning asriy orzusi ro’yobga chiqdi. O’z taqdirimizni o’zimiz belgilash, boy ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash, milliy boyliklarimizga egalik qilish, tinch iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanish yo’liga o’tish imkoni to’g’il di. Erishilgan yutuqlar haqida jahonning eng nufuzli iqtisodchilari, siyosatchilari ko’pdan-ko’p ijobiy fikrlar aytmoqdalar, yutuqlarimizni bir necha o’n yilliklarga hatto, asrlarga qiyoslashmoqdalar.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, islohotlar, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati oshib borishi natijasida jamiyat ijtimoiy sohasining markaziy bo’g’ini hisoblanadi xalq ta’limida ham tub islohatlar ro’y bermoqda. U yangilanmoqda, yoshlar ta’lim-tarbiyasini takomilashtirish, ularning mazmuni, uzluksizligini ta’minlab beradigan yangi hujjatlar pedagogik texnalogiyalar, amaliyot uslublari bilan boyib bormoqda. O’tmish davriga xos iqtisodiy murakabliklarga qaramay, ta’limning moddiy negizi mustahkamlanib bormoqda.
Respublika Prezidenti va hukumatining ta’limni rivojlantirish, yosh avlodga jahon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko’nikmalar berish, ularni ona-vatanga, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ko’rsatilgan doimiy g’amxo’rlik tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o’zgardi.
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev BMT ning 72-sessiyasida shunday degan edi: “Biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz. 
Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo'ravonlik va qon to'kish bilan bir qatorga qo'yadiganlarni qat'iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. 
Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da'vat etadi. 
Markaziy Osiyo Uyg'onish davrining ko'plab yorqin namoyandalarining islom va jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan bebaho hissasini alohida qayd etmoqchiman. 
Ana shunday buyuk allomalardan biri Imom Buxoriy o'z ahamiyatiga ko'ra islom dinida Qur'oni karimdan keyingi muqaddas kitob hisoblangan "Sahihi Buxoriy"ning muallifi sifatida butun dunyoda tan olingan”
Shu o’rinda e’tirof etish kerakki, mamlakat iqtisodiyotida, shu jumladan, ta’lim tizimida amalga oshiriladigan islohatlar o’z-o’zidan bo’lmayapdi. Ular katta kuch, mablag’, mehnat evaziga amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz istiqlolining eng daslabki kunlaridanoq, buyuk ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni, xalqimiz yaratgan og’zaki yodgorliklarni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirish, zaminini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga olib chiqish maqsadlariga favqulotda katta ahamiyat berildi. Tabiatning oliy mahsuli, siymosi inson o’z aqlzakovati bilan o’zini himoya qiladigan mustaqil, erkin qilib yaratilgan. Shuning uchun tabiat hodisalari, jarayonlarini o’rganish ulardan yashash uchun oqilona foydalanish asosida insonlar sеkin-asta madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi asosida ma'naviy qadriyatlar shakllana boshlagan, rivojlana boshlagan. Ilk davrlarda ta'lim yoshlarga, ota-onalarning yashash uchun tabiatdan foydalanishi, uy-ro’zqor yuritish, o’zaro va tabiatga munosabat axloqi, odobi sifatida shakllana boshlagan bo’lsa, bilimlar hajmi kеngaya boshlagach, maxsus tarbiyachilarga ehtiyoj tug’ila boshlangan. Ma'lum qabila, elat, millat miqyosidagi ta'lim-tarbiya qoidalari majmuasi kontsеptsiyalarida ko’p hollarda alohida kishilar tomonidan takomillashtirilgan. Shuning uchun ham ta'lim kontsеptsiyalarida ma'lum muallifning nomi bilan bog’lanmaydi. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: “Bukilmas iroda va jasorat na’munasini amalda namoyon etib, o’z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish xalqimizga xos azaliy qadriyatdir”-degan fikrlarni aytib o’tgan.
Ma’lumki har qanday millatning yangilanishi yoshlar tarbiyasidan boshlanadi. Yoshlar esa bugungi kunda oilada va asosan ta’lim-tarbiya munosabatlarida shakillantiriladi. Ta’lim vositalari o’quvchilarning ruhiy, jismoniy, genetik va mintaqaviy o’ziga xosliklarini to’liq hisobga olgandagina yuqori samaradorlikka erishish mumkin.

Download 145.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling