Boshlangʻich taʻlim yoʻnalishi 9-1btus-20 guruh talabasi bozorov dantesning ona tili oʻqitish metodikasi


Download 358.61 Kb.
bet4/16
Sana09.06.2023
Hajmi358.61 Kb.
#1473893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Dantes kurs ishi.....

Kurs ish mаvzusining mаqsаdi: “Bоshlаng‘ich sinf оnа tili dаrslаridа о‘quvchilаrning nаzаriy bilimlаrini аmаldа
qо‘llаshgа о‘rgаtish”ni о‘rgаnish, tаhlil qilish, tаjribаdаn о‘trаzish, ushbu
uslublаrni аnа’nаviy dаrs usullаridаn аfzаl tоmоnlаrini аniqlаsh, xulоsа vа
tаvsiyаlаr ishlаb chiqish.
Kurs ishining tuzulishi: Kurs ishi kirish, 2 bob, 4 band, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati qismlaridan iborat.
Kurs ishi mаvzusining vаzifаsi: ona tili va o‘qish savodhonligi darslarini o‘ziga xos xususiyatlarini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘tish o’quvchilarga adabiyot namunalarini tushunish orqali o‘quvchi ongosti uzvlaridagi strukturalarni o‘zgartira oladi. Anglashlar asnosida harakterlar o‘zgaradi, yaxshi fe’l-atvor, olijanob qarashlar shakllanadi.


I-BOB. BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA NAZORAT ISHINI TASHKIL ETISH METODIKASI
1.1 Ona tili va o’qish metodikasining asosiy vazifalari.

Metod: aslida yunoncha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, “bilish va tadqiqot yo’li”, “nazariya”, “ta’limot” kabi ma’nolarni bildiradi1. Metodika (yun. “methodike”) biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig’indisi yoki o’qitish usullari haqidagi ta’limot2  ta’lim berish metodlari, yo’llari va vositalari haqidagi fandir.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fanining predmeti o’quvchilarga o’zbek tilini o’rgatish yo’llari va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o’qish va yozishni, grammatika va imloni o’zlashtirib olish to’g’risidagi ilmdir. Metodika maktab oldiga qo’yilgan ta’lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tilini o’rgatishning vazifalarini va mazmunini belgilaydi, ta’lim-tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta’lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi.
Metodika fani quyidagi masalalarni o’rganadi:
1. O’qitishning vazifalari va mazmunini aniqlaydi. Nimani o’qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang’ich sinflar ona tili kursining dasturlarini, ta’lim mazmunini belgilab beradi, o’quvchilar uchun darsliklar va qo’llanmalar yaratib, ularni takomillashtirib, samaradorligi va muvofiqligini doimiy nazorat qilib boradi.
2. O’qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o’quvchilar amaliy ishlari  mashqlar va yozma ishlarning izchil tizimini ishlab chiqadi, ya’ni “Qanday o’qitish kerak?” savoliga javob tayyorlab beradi.
3. O’quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko’nikma hosil qilishda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya’ni “Nega xuddi mana shunday o’qitish kerak?” savoliga javob tayyorlaydi. Eng foydali materiallarni o’rganadi, tanlangan metodlarni asoslaydi, tavsiyalarni eksperimental tekshiradi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o’qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo’lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang’ich sinf o’quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o’rgatadi. SHu bilan birga, boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasining o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitish grammatika, imlo va unga bog’liq holda nutq o’stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod o’rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o’qish metodikalarini ham o’z ichiga oladi.
SHulardan kelib chiqib, boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) boshlang’ich sinflarda ona tili kursining mazmuni, hajmi va mavjud tizimini, ya’ni kursning (xat-savod o’rgatish, o’qish, grammatika, imlo, nutq o’stirish va hok.) dasturini belgilash va asoslash;
b) o’qish va yozuvdan bilim va ko’nikmalarning shakllanishi jarayonini hamda bu jarayonda o’quvchilar duch keladigan qiyinchiliklarni o’rganish, xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to’g’rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish;
v) ona tilidan beriladigan o’quv materialini o’quvchilar aniq tushunishi va puxta o’zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va o’quvchilarning umumiy taraqqiyotiga, ya’ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o’ylashini, nutqini o’stirishga yordam beradigan metod va vositalarni ishlab chiqish;
g) ona tilini o’rgatish bilan bog’liq holda maktablar oldiga qo’yilgan tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o’quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish.
Ona tili o’qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlaydi, o’qishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va kamchiliklarni bartaraf etish usullarini topadi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fani quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1. Savod o’rgatish metodikasi, ya’ni elementar o’qish va yozishga o’rgatish. 2. O’qish metodikasi. Boshlang’ich sinflarda o’qish predmetining vazifasi bolalarni tez (me’yorida), to’g’ri, ongli va ifodali o’qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
3. Grammatika, fonetika, imlo va so’z yasalishini o’rganish metodikasi. Bu bo’lim elementar to’g’ri yozuvga va husnixatga o’rgatishni, grammatik tushunchalar, boshlang’ich imlo malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
4. Nutq o’stirish metodikasi. Bu bo’lim boshlang’ich sinflarda alohida o’rin tutadi. Bolalar birinchi navbatda tilni, nutqni o’quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o’ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. O’zbek tili o’qitish metodikasi birinchi navbatda falsafa va umumiy tilshunoslik bilan, tilshunoslikning nazariy asoslari bilan chambarchas bog’liq.
Maktablarda o’qitiladigan ona tili predmetining ilmiy asosini va mazmunini, dastavval til haqidagi fan belgilab beradi. Ona tili o’qitishning to’g’ri tashkil etilishi va samarali bo’lishi til to’g’risadagi lingivistik xulosalarning ilmiy va aniq bo’lishiga bog’liq. Ona tili o’qitish metodikasini va uning taraqqiyotini tilshunoslik fanisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Ona tili o’qitish metodikasi pedagogika va psixologiya fanlari bilan ham bog’liq holda ish olib boradi. Pedagogika ta’lim - tarbiya prinsplarini belgilab beruvchi fandir. Ona tili darslarida ham ta’lim prinsplari qo’llanadi. Pedagogika fanining didaktika qismi ona tili o’qitish metodikasining nazariy asosi hisoblanadi, Ona tili o’qitish metodikasi didaktikasining hamma prinsplariga tayanadi.
O’qituvchi o’z o’quvchilarining psixologik qobiliyatlarini o’rganishi, ona tili materiallarini tushuntirishda ularni hisobga olishi zarur. O’qituvchi o’z faniga nisbatan o’quvchilarda qiziqish uyg’ota olishi, ularning diqqatini jalb eta olishi, shu materialni esda saqlab qolish yo’llarini qo’llashi lozim. Bu ishlarning barchasi ona tili o’qitish metodikasining psixologiya bilan bog’liqligini ko’rsatadi. O’zbek tili o’qitish mazmuni. Ta’lim mazmuni davlat va jamiyat talablariga ko’ra, pedagogik texnologiyalarning eng so’nggi yutuqlari asosida belgilanadi, shakllanadi. Ta’lim mazmunini shakllantirish zamonaviy pedagogikada 4 ta muhim tarkibiy qismlar hisobiga amalga oshiriladi.
1.Talabalar egallashi zarur bo’lgan bilimlar tizimi (til fanlari, tushunchalar , qoidalar va ta’riflar tizimi)
2.Tanlangan ilmiy – nazariy bilimlarga muvofiq keladigan amaliy ko’nikma va malakalar tizimi
3.Talabalarni ijodiy faoliyat usullariga o’rgatish. Faoliyat qayta xotirlash, qisman ijodiy va ilmiy – ijodiy darajada bo’lishi mumkin
4.Talaba va o’quvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tizimi ona tili o’qitish mazmuni fonetika, leksikologiya, grammatika, uslubiyat, to’g’ri talaffuz, to’g’ri yozish, so’z tanlash va gap tuzish, ijodiy fikrlash, fikrni to’g’ri, aniq ifodalash, ifodali o’qish, matn ustida ishlash va matn yaratish faoliyatlarini qamrab oladi.
Jahon miqyosida ta’limni barqaror taraqqiy ettirish g‘oyasi e’tirof etilib, 2030 yilgacha qabul qilingan barqaror taraqqiyot ta’limi konsepsiyasida “butun hayot davomida sifatli ta’lim olishga imkoniyat yaratish kabi dolzarb vazifalar belgilandi. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirishda ona tilini o‘qitish texnologiyasini takomillashtirish, innovatsion yondashuv asosida ona tili darslarida o‘quvchilarning axborotlarni tahlil qilish, matnni tushunish, mushohada qilish, nazariy bilimlar asosida matnning mazmun-mohiyatini baholash va mashqlar vositasida kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jahonda o‘quvchilarni kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan holda o‘qitish, ona tilini o‘qitish sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tadqiq etish hamda o‘quvchilarda nazariy bilimlarni amalda qo‘llash malakalarini rivojlantirishga doir ilmiy tadqiqotlar keng miqyosda olib borilmoqda. O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sifati, jumladan, boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirish, malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, o‘quv uslubiy ta’minotini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar natijasida boshlang‘ich sinflarda ona tili fanini integrativ yondashuv asosida o‘qitish, modulli ta’lim texnologiyalarini qo‘llash, o‘quv materiallarini strukturalashtirish, ta’lim mazmunini ilmiy tashkil etishga erishilmoqda. Shu bilan birga, boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarda kreativ fikrlash kompetensiyalarni shakllantirishning metodik jihatlarini aniqlashtirish zarurati mavjud. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash kabi muhim vazifalar belgilangan. Bu esa o‘quvchilarning mustaqil fikrlash malakasini shakllantirishda ona tilidan egallanayotgan bilimlarni amalda qo‘llashni o‘rgatishning innovatsion yondashuvga asoslangan metodikasini takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi «Umumiy o‘rta ta’lim tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 140-son, 2017 yil 6 apreldagi «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 187-son qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meyoriy-xuquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Mashqlar ma’lum talab (shart) asosida berilib, mavzu yuzasidan o‘quvchini amaliy faoliyatga yo‘naltira oladigan didaktik material hisoblanadi . Ular har bir mavzu doirasida shu mavzuni ongli o‘zlashtirish, mavzu yuzasidan o‘quvchining olgan bilimini mustahkamlash va sistemaga solish, og‘zaki va yozma nutq malakalarini o‘stirish maqsadida boriladi . Ba’zi mashqlarning bajarishdan oldin o‘quvchiga qisqa yo‘llanma (ko‘rsatma) kerak bo‘ladi . Xuddi shu funksiyani mashqlarda berilgan namunalar (ko‘rsatmalar) bajaradi.
Yosh olimlar, doktorantlar va tadqiqotchilarning onlayn ilmiy forumi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ona tili darslarida mashqlar vositasida o’quvchilarni kreativ fikrlashga o‘rgatish, 14-16. TATUFF-EPAI. 15 o‘quvchiga mashq echimini osonlashtiradi va mashqni qisqa vaqt ichida tushunib bajarish imkoniyatini tug‘diradi. Shuning uchun namuna bilan berilgan mashqni bajarishda o‘qituvchi yo‘llanmasiga ehtiyoj qolmaydi. Bu esa darsda vaqt taqsimotidan unumli va samarali foydalanishga olib keladi. Yuqoridan kelib chi qib , o‘quv predmeti (lingvistik ) mazmuniga ko‘ra ta’limiy mashqlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin.
1. Fonetika va grafikaga doir ta’limiy mashqlar.
2. Leksikaga doir ta’limiy mashqlar.
3. Morfemika va s o‘z yasalishga doir ta’limiy mashqlar.
4. Orfografiya va orfoepiyaga doir ta’limiy mashqlar.
5. Morfologiyaga doir ta’limiy mashqlar. 6. Sintaksis va punktuatsiyaga doir ta’limiy mashqlar. Agar o‘quvchi nutq tovushlarini yaxshi bilsa, so‘zlarning talaffuzida va to‘g‘ri yozishda mustahkam malaka hosil qiladi . Fonetikani puxta va to‘g‘ri o‘zlashtirmagan o‘quvchi orfografiya va morfologiyani ham yaxshi o‘zlashtira olmaydi. Fonetikani o‘zlashtirish o‘quvchi tafakkurini o‘stirish bilan bog‘langan. Buning uchun har bir nutq tovushi so‘z tarkibida o‘rgatiladi. O‘rganilayotgan nutq tovushining so‘z tarkibida aytilishi va yozilishi ustida mashqlar qilinadi. Nutq o‘stirishga doir ishlar fonetika mashg‘ulotlariga bog‘langan holda davom ettiriladi.Fonetika o‘qitishda o‘quvchilarning orfografik malakalari asosan unga doir berilgan ta’limiy mashqlarni bajarish, ta’limiy mashqlar tarkibidagi so‘zlarni fonetik tahlil qilish davomida o‘stiriladi . Metodist olim. O.Roziqov nutq tovushlari hamda ularni o‘zaro farqlashga doir ta’limiy mashqlarni sof fonetik-orfoepik, imlo bo‘yicha berilgan ta’limiy mashqlarni fonetik-orfografik mashqlar deb yuritadi. Mashq turlari tasnifi, asosan, V.A.Mandich. G.S.Krasota. ishlarida tahlil etildi. Jumladan, V.N. Mandich ta’limiy mashqlarni quyidagi belgilariga ko‘ra tasnif qiladi:
1) bajarilish maqsadiga ko‘ra (ta’limiy mashqlar va nazorat ta’limiy mashqlar;
2) bajarilish o‘rniga ko‘ra (sinfda bajarilishga doir ta’limiy mashqlar va uyda bajarishga doir ta’limiy mashql ar);
3) fikrni ifodalash shakliga ko‘ra (og‘zaki ta’limiy mashqlar, yozma-og‘zaki ta’limiy mashqlar, yozma ta’limiy mashqlar);
4) fikrlash faoliyati xarakteriga ko‘ra (analitik ta’limiy mashqlar va sintetik ta’limiy mashqlar);
5) mazmuniga ko‘ra fonetik ta’limiy mashqlar, leksik ta’limiy mashqlar, grammatik-stilistik ta’limiy mashqlar va funksional -stilistik ta’limiy mashqlar. Ko‘rinib turibdiki, V.A. Mandich tasnifi ta’limiy mashqlarning bir necha belgilari asosida qilingan va keng qamrovli tasnifdir. Unda ta’limiy mashqlarning bajarilish maqsadiga ko‘ra ta’limiy mashqlar va nazorat ta’limiy mashqlarga bo‘linishi o‘rinlidir. Chunki darsliklardagi ta’limiy mashqlarning bir qismi mavzu yoki bo‘lim yuzasidan olgan bilimlarni tekshirish, nazorat qilish maqsadida beriladi. Lekin muallif ta’limiy va nazorat mashqlarini yana alohida – alohida guruhlarga bo‘linishini ko‘rsatmagan. Iqtidorli shaxs qobiliyatning yana bir ko‘rinishi - bu ijodiy qobiliyat sanaladi. Kuzatuvchanlik, xotiraning mustahkamligi, obrazli tasavvur hosil qilish, ijodkorlik, mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, yangiliklar yaratishga intilish, izlanuvchanlik, o‘z-o‘zini tanqidiy baholash, fantaziyaga boylik, eng oddiy unsurlarni ham ilg‘ay olish kabilar ijodiy qobiliyatga ega shaxsga xos sifatlardir. Ijodiy qobiliyatni rivojlantirish doimiy ravishda badiiy asarlarni o‘qib borish, kino, teatr, musiqa, hunarmandchilik va tasviriy san’at namunalari bilan tanishish, asarlardan bahramand bo‘lish, ularga nisbatan shaxsiy baho berish hamda ko‘proq tabiat qo‘ynida bo‘lish asosida rivojlanib boradi.

Download 358.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling