Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 9-7btus-20 guruh talabasi asadova gulnozaning


Download 290.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana19.06.2023
Hajmi290.95 Kb.
#1621069
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-7BTUS-20 GURUH TALABASI ASADOVA GULNOZA.

QAVS VA UNING QO‘LLANILISH. 
Qavs o‘zbek yozuvida XIX asrning oxirgi choragidan boshlab ishlatila boshlangan. 
Dastlab «Turkiston viloyatining gazeti» da 1873-yilda ishlatilgan. 
U quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi: 
1. Kiritma gaplarda. O‘zbekiston paxta ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi 
davlatlardan biri hisoblanib (Xitoy, AQSH, Hindiston va Pokistondan keyin 
beshinchi o‘rinda turadi), eksport bo‘yicha AQSHdan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. 
2. Remarkalarda. Xon (yolg‘iz). Shu tiriklikdan-da bezdirdilar meni (Turib 
yuradur). Bir dushmanimning qoni qurimayin yana bittasi chiqib qoladur. (A. Fitrat) 
3. Olingan misollar yoki gaplar manbayida. Ilm insonlarning madori, hayoti, 
rahbari, najotidur. (Abdullo Avloniy) Jannat onalar oyog‘i ostidadur. (Hadisdan). 
«Qasosli dunyo». («Avlodlar dovoni» romanidan) 
4. Izoh ma’nosidagi so‘z yoki so‘z birikmalarida. Ro‘za hayiti (Iyd al Fitr) va 
Qurbon hayiti (Iyd al Adha)ning birinchi kuni O‘zbekiston Respublikasi hududida 
dam olish kuni deb belgilangan. Demokratiya yunoncha so‘z bo‘lib, tarjimada xalq 
hokimiyati (demos — xalq, kratos — hokimiyat) ma’nosini bildiradi. 
5. Shaxs, joy, asar, hodisa va shu kabilarning ikki xil varianti berilsa, ulardan 
biri qavsga olinadi. «Qutadg‘u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim»). Shuhrat (G‘ulom 
Aminjonovich Olimov) atoqli o‘zbek yozuvchilaridan biridir. 
Eslatma. Qavsdan matematika fanida ham keng foydalaniladi. (57 + 38) – 17 = ?
ko‘rinishidagi qavsdan foydalanish hollari ham ko‘p 
uchraydi. Masalan, egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda shah [ a ] ri, o‘r [ i ] ni, sing [ 
i ] lisi so‘zlaridagi «a», «i» tovushlari qoidaga ko‘ra tushiriladi kabi. 
Qavsning ishlatilish o‘rinlari: 


1. Kiritmalar qavsga olinadi: Bir kuni mahallaning narigi chekkasida turadigan 
novvoynikiga kirib qoldim (nima yumush bilan kirganim esimda yo‘q) 
2. Remarkalar (pyesalarda avtorning izohlari) qavs ichiga olinadi: Bashorat. 
Suykalmay joning chiqsin. (Hali ham yelkasida dasturxon bilan turgan Nigoraga). 
Mana shu Sottixon ovsiningizga ehtiyot bo‘ling. Aslo sir ayta ko‘rmang, darrov 
sotadi. 
3. Parcha yoki misol uchun tanlangan gaplarga doir manba ma’lumotlari qavsga 
olinadi: O. Jalilovning Toshkent madrasalari haqida yozgan maqolasida (“Fan va 
turmush”, 1983 y., 9-son) XIX asr oxiri va XX asr boshlarida mudarrislarga 
beriladigan bilimlar doirasi torayib ketganligi, ko‘pgina madrasalar, hatto mashhur 
Beglarbegi madrasasi xarobaga aylanishi ham shu yillarga to‘g‘ri kelganligini 
ko‘rsatadi. 
4. So‘z, so‘z birikmasi yoki ayrim gapga izoh berish maqsadida ishlatiladigan 
qurilmalar qavs ichiga olinadi: Fitrat turk (o‘zbek) tilining boyligini asosan arab 
tiliga solishtirib ochmoqchi bo‘ldi. 

Download 290.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling