Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 9-7btus-20 guruh talabasi asadova gulnozaning


IKKI NUQTANING ISHLATILISH O‘RINLARI


Download 290.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana19.06.2023
Hajmi290.95 Kb.
#1621069
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-7BTUS-20 GURUH TALABASI ASADOVA GULNOZA.

IKKI NUQTANING ISHLATILISH O‘RINLARI. 
Ikki nuqta o‘zbek yozuvida XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridan 
e’tiboran ishlatila boshlangan. 
U quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi: 
Shaklan tugallangan, lekin mazmunan keyingisi birinchisining uzviy davomi 
sanalgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardan so‘ng. 
Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga o‘tmabdi, odamlarga kerakli ekanman 
hayotda iz qoldiribman. (A. Qahhor) 
2. Ko‘chirma gapdan oldin kelgan muallif gapidan so‘ng. 
Bundan so‘ng Qutidor turib ichkariga yugurdi, yarim yo‘ldanoq tanchada o‘tiruvchi 
Oftoboyim va Kumushga qichqirdi: 
— Sir ochildi! (A. Qodiriy) 
3. Uyushiq bo‘laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan keyin. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari: Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va 
Davlat madhiyasi milliy iftixorimiz, sharaf va shonimiz sanaladi. 
4. Reja, mavzu, qaror qilindi kabi so‘zlardan so‘ng. 
Mavzu: «Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostoni». 
Yuqoridagilar asosida yig‘ilish qaror qabul qildi: 
I.Jamoaning Navro‘z bayramiga tayyorgarlik ishlari qoniqarli deb topilsin. 


II. Navro‘z — umumxalq bayramini ko‘tarinki ruhda munosib kutib olish uchun 
yana zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqilsin. 
5. Uslubiy ravonlikni, muxtasarlikni ta’minlash maqsadida turli xil rasmiy 
ma’lumotlarda, nashr ishlarida ayrim so‘zlardan keyin. Toshkentda «Mustaqil 
O‘zbekiston: falsafa va huquqning dolzarb masalalari» mavzusida uchinchi 
an’anaviy respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 
6. Sport musobaqalarida raqiblar o‘rtasidagi hisobni ifodalash uchun olingan 
ochkolar yoki kiritilgan gollarning nisbatini belgilash uchun. 
Sidneydagi XXVII yozgi olimpiada o‘yinlarida hamyurtimiz Muhammadqodir 
Abdullayev raqibini 27 : 21 hisobi bilan yengdi. 
«Andijon» va «Paxtakor» komandalari o‘rtasidagi o‘yin durang natija bilan tugadi 
— 2 : 2. Eslatma: Hisob-kitob ishida bo‘luv alomati sanaladi. 100 : 2 — 50 
1.Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda keyingi gap oldingisining mazmunini 
to‘ldirsa, izohlasa, sabab-natijasini anglatsa, ularning o‘rtasida ikki nuqta ishlatiladi: 
Ertasi domla institutdan xafa bo‘lib qaytdilar: To‘lqin aspiranturadan kechib
geologlar bilan uzoq safarga jo‘nashga qaror qilgan ekan. 
2. Umumlashtiruvchi bo‘lak uyushiq bo‘laklardan oldin kelsa, undan keyin 
ikki nuqta ishlatiladi: 

Download 290.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling