Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 9-7btus-20 guruh talabasi asadova gulnozaning
Download 290.95 Kb. Pdf ko'rish
|
9-7BTUS-20 GURUH TALABASI ASADOVA GULNOZA.
TINISH
BELGILARINING QO‘SHALOQ HOLDA ISHLATILISH O‘RINLARI. O‘zbek yozuvida uslubiy aniqlik, ravonlik hamda turli xil leksik-grammatik ma’nolarni ifodalash uchun tinish belgilarini qo‘llash hollari ham uchrab turadi. Ularning qo‘llanilishidagi asosiy o‘rinlar quyidagilardan iborat: 1. His-hayajon bilan aytilgan so‘roq gaplar oxirida so‘roq va undov belgilari ketma- ket qo‘yiladi. — Axir, ablah, — derdi Yunus, — birovning uyiga oyog‘ingni artmasdan kirgani ibo qilasan, nega havoni bulg‘atgani ibo qilmaysan?! (A. Qahhor) 2. So‘roq va undov gaplar kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket ikkita yoki uchta bir xil belgi qo‘yilishi mumkin. Ey, purviqor tog‘lar! Nega jimsizlar, nega!!! (A. Cho‘lpon) 3. So‘roq va undov mazmunini bildirgan gaplarda fikr tugallanmay qolsa, mazkur belgilardan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi. «Ertaga! — deya xotirjam dilidan o‘tkazdi va birdan to‘xtadi — xo‘sh, ertaga nima bo‘ladi?..» (N. Qilichev) Berkinboy tuyqusdan tilla topganday quvonibsuyunib, turgan joyida dik-dik sakray boshladi: 4. Muallif gapi va ko‘chirma gaplar o‘rtasida tinish belgilari ketma-ket ishlatilishi mumkin. «Adabiyot hunar, uni kasbga aylantirib olgan yozuvchi olmaga tushgan qurtdan farq qilmaydi»,— deb yozgan edi A. Qahhor.— Topdi-mm!.. Topdi-im!.. (Sh. Bo‘taev). MAVZU YUZASIDAN TEST SAVOLLARI. 1. So‘roq gaplarning oxirida qanday tinish belgi qo‘yiladi? A. Nuqta B. Undov C. So‘roq D. So‘roq yoki nuqta 2. Buyruq gaplarning oxirida qanday tinish belgi qo‘yiladi? A. Ko‘p nuqta B. Undov C. So‘roq D. Nuqta 3. His- hayajon gaplarning oxirida qanday tinish belgi qo‘yiladi? A.Ikki nuqta B.Nuqta C.Undov D. Nuqta yoki undov 4. Achchiq savol berib shirin javob kutma () Gapning oxirida qanday tinish belgi qo‘yilishi kerak? A.Undov B. Nuqta C.Undov va nuqta D.Ko‘p nuqta 5. Bugungi ishni ertaga qo‘yma () Gapning oxirida qanday tinish belgisi qo‘yilishi kerak? A. Nuqta B. Ikki nuqta C.Nuqtali vergul D. Undov 6. Ma’rifat, yuksak didli bolalardan kelajakda yetishib chiqsa ne ajab () Gapninmg oxirida qanday tinish belgisi qo‘yilishi kerak? A. Nuqta B. Undov C. Ko‘p nuqta D. Nuqtali vergul 7. Kelishning ketishi bordir dunyoda() So‘zingni ezgu qil umring ziyoda()Qanday tinish belgilari ishlatiladi? A.Vergul, undov B. Undov, vergul C. Nuqta. nuqtali vergul D. Vergul, nuqta 8. Kelishning ketishi bordir dunyoda, so‘zingni ezgiu qil , umring ziyoda! Misralar muallifi kim? A. Nosiruddin Rabg‘uziy B. Lutfiy C. Yusuf Xos Hojib D. Firdavsiy 9. Tinish belgilarini o‘rganadigan bo‘lim nima deb nomlanadi? A. Leksikologiya B.Morfologiya C.Punktuatsita D. Sintaksis 10. Bu gaping yomon bo‘lmadi. Ushbu gapning qaysi o‘rnida tinish belgisini qo‘yish orqali ma’noni o‘zgartirish mumkin? A.’’yomon “ so‘zidan keyin vergul qo‘yib B. “gaping” so‘zidan keyin vergul qo‘yib C.gapning oxirida undov qo‘yib D.” bu” so‘zidan keyin vergul qo‘yib 11. Sen katta bola emassan.Ushbu gapning qaysi o‘rniga tinish belgi qo‘yish orqali ma’no o‘zgartirish mumkin? A.bola so‘zidan keyin vergul qo‘yib B. sen so‘zidan keyin vergul qo‘yib C. katta so‘zidan keyin vergul qo‘yib D.katta so‘zidan so‘ng undov qo‘yib 12. Ajdodlarimiz ulug‘ temuriylarga borib tutashadi. Ushbu gapning qaysi o‘rniga tinish belgisini qo‘yish orqali ma‘no o‘zgartirish mumkin? A. ajdodlarimiz so‘zidan keyin vergul qo‘yib B. ulug‘ so‘zidan keyin vergul qo‘yib C. temuriylar so‘zidan keyin vergul qo‘yib D. borib so‘zidann keyin vergul qo‘yib 13.Undalmalar qaysi tinish belgi bilan ajratiladi? A. nuqta B. vergul C. ikki nuqta D. undov 14.Kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplardan so‘ng qaysi tinish belgisi qo‘yilgan? A. nuqta B.ikki nuqta C. undov D. vergul 15. O‘zbek yozuvida XIX asrning 70-yillaridan boshlab ishlatilib kelinatotgan tinish belgi bu qaysi? A. vergul B. so‘roq C. vergul D. tire Download 290.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling