Boshlang’ich ta’limda fanlarni o’qitishda axbobot texnologoyalaridan foydalanish reja: Boshlang`ich sinf oʻqituvchilarini me`yoriy xujjatlarini tayyorlashda word dasturidan foydalanishni oʻrgatish


Boshlang`ich sinflar bilan Powerpoint dasturida ishlashni o’rgatish


Download 44.2 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi44.2 Kb.
#1819351
1   2   3
Bog'liq
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA FANLARNI O’QITISHDA AXBOBOT TEXNOLOGOYALARIDAN FOYDALANISH

2. Boshlang`ich sinflar bilan Powerpoint dasturida ishlashni o’rgatish.
Multimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakllaridan biri hisoblanadi. Microsoft Office Power Point dasturida Multimedia ilovalarini tayyorlash metodikasiga bagʻishlangan. Bunga quyidagilar kiradi:
matnli ma‘lumotlar;
rasmlar;
slayd-shou;
diktor joʻrligidagi ovoz bilan boyitilgan;
videoparcha va animatsiya;
uch oʻlchamli grafika tarzida dasturiy ta‘minot boʻlishi mumkin.
Taqdimotning ma‘lumot taqdim etishning boshqa shakllardan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya‘ni belgilangan shaklda oʻzgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Multimediali texnologiya (multi-koʻp, medio-muhit) bir vaqtning oʻzida ma‘lumot taqdim etishning quyidagi usullaridan foydalanishga imkon beradi:
matn;
grafika;
animatsiya;
videotasvir;
ovoz.
Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik-axborot muhitida ishlashda foydalanuvchiga ta‘sir oʻtkaza olishga qodirligi hisoblanadi. Kompyuter taqdimotlari (Kompyuter vositasida tayyorlangan taqdimotlar) ma‘ruza, doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda koʻrgazmali namoyish etish vositasi sifatida plakatlar, qoʻllanma, laboratoriya tajribalaridan foydaniladi. Bu maqsadda diaproektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydaniladi. Kompyuter va Multimediali proektrning paydo boʻlishi ma‘ruzachi nutqini ovoz, video va animatsiya joʻrligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini oʻzida muajassaam qilgan koʻrgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi. Ma‘lumki, inson ma‘lumotning koʻp qismini koʻrish (80%) va eshitish (15%) organlari orqali qabul qiladi. Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bu vaqtda ishlashiga yordam beradi.
Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e‘tiborini koʻproq jalb qiladi. SHundan kelib chiqib, Multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi. Multimedia ilovalarini ishlab chiqish texnologiyasi Hozirgi vaqtda koʻplab kompaniya va firmalarda seminarlar, uchrashuvlar, treninglar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun turli kompyuter texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Ma‘lumot mazmunga boy, esda qoladigan va koʻrgazmali boʻlishi uchun koʻproq Multimedia texnologiyalari ishlatiladi. Bular matn, grafika va ovoz kabi ma‘lumotning turli shakllarini qayta ishlashga imkon beruvchi Multimedia apparat vositalari boʻlishi bilan birga amaliy dasturlar paketlari ham. Multimedia bir necha ta‘rifga ega:
Multimedia - turli ma‘lumotlarni ishlab chiqish, ishga tushirish qayta ishlash vositalarini qoʻllash tartiblarini ta‘riflovchi texnologiya;
Multimedia – kompyuter apparat ta‘minoti (kompyuterda kompakt- disklar oʻqish qurilmasi – SD-Rom Drive, uning yordamida ovozli va videoma‘lumotni eshittirishga yordam beradigan ovoz va videoplata, joystik va boshqa maxsus qurilmalarning mavjudligi);
Multimedia – bu bir necha ma‘lumot taqdim etish vositalarining bir tizimga birlashishi. Odatda Multimedia deganda matn, ovoz, grafika, mulьtiplikatsiya, videotasvir va fazoviy modellashtirish kabi ma‘lumot taqdim etish vositalarining kompter tizimidagi birlashishi tushuniladi. Bunday vositalarning birlashishi ma‘lumot qabul qilishning yangi sifatli darajasini ta‘minlaydi: inson passiv ravishda mahliyo boʻlibgina oʻtirmasdan, balki faol ishtirok etadi ham. Sifatli Multimedia ilovalari ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan turli-tuman, birbiridan farqli texnologik usullar mavjud. Ushbu ilovalarni yaratish va ulardan foydalanishda bir qator asosiy texnologik tavsiyalarga amal qilish kerak. Multimedia ilovalarini yaratish uchun asos sifatida materialni elementlarga boʻlish va ierarxiya tarzida koʻrgazmali ravishda taqdim etishga asoslangan holda tizimlashtirish usulini oʻzida mujassam etgan materialni qamrab olish modelini olish mumkin.
Multimedia ilovasini loyihalashning boshlangʻich bosqichida materialni qamrab olish modeli quyidagilarga imkon beradi;
Material mazmunini aniq belgilash;
Mazmunni koʻrgazmali, aniq va ochiq tarzda taqdim etish;
Multimedia ilova komponentlari tarkibini aniqlash. Kompyuter ekranidagi ma‘lumotni vizuallashtirish usullarini ishlab chiqishda psixologiya yutuqlarini hisobga olish kerakligi bir qator umumiy tavsiyalarni shakllantirishga yordam beradi:
Ekrandagi ma‘lumot tizimga keltirilgan boʻlishi kerak;
Vizual ma‘lumot davriy ravishda tovushli ma‘lumotga almashib turishi kerak;
Vizuallashtirilayotgan material mazmuni juda ham sodda yoki juda ham murakkab boʻlmasligi kerak. Ekrandagi kadr formatini ishlab chiqishda va yaratishda koʻrish maydonini tashkil etishni belgilovchi ob‘ektlar orasida maqsad va munosabat borligini hisobga olish tavsiya etiladi. Ob‘ektlarni quyidagicha joylashtirish tavsiya qilinadi;
Bir-biriga yaqin, ya‘ni koʻrish maydonida ob‘ektlar bir-biriga qanchalik yaqin boʻlsa, ular shunchalik katta ehtimol bilan yagona, yaxlit obrazni tashkil qiladi;
Jarayonlar oʻxshashligi, ya‘ni obrazlarning oʻxshashligi va yaxlitligi qanchalik koʻp boʻlsa, ular shunchalik katta ehtimol bilan uygʻunlashadi;
Davom etish xususiyatlarini hisobga olgan xolda, ya‘ni koʻrish maydonida tartibli ketma-ketlikning davom etishiga mos keladigan joylarda joylashgan elementlar qanchalik koʻp boʻlsa, ular shunchalik katta ehtimol bilan yaxlit yagona obrazga birlashadi;
Ob‘ektlar shakli, harf va raqamlar oʻlchami, ranglarning toʻqligi, matnning joylashishi va boshqalarni tanlashda predmet va fonni belgilashning oʻziga xosligini hisobga olgan holda;
Vizual axborotlarni ortiqcha detallar, yorqin va kontrast ranglar bilan bezamagan holda;
Xotirada saqlash uchun moʻljallangan materialning rangini oʻzgartirish orqali ajratish;
Multimedia ilovalarni ishlab chiqishda turli rang va fonda tasvirlangan ob‘ektlar insonlar tomonidan turlicha idrok qilinishini hisobga olish kerak. Quyida Microsoft Office Power Point dasturida Multimedia ilovalarini tayyorlash mexanizmi bilan toʻliq tanishib chiqamiz. Microsoft Office Power Point dasturini ishga tushirish usullari.


Download 44.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling