O‘qitish texnologiyasining asosiy ko‘rsatkichlari
O‘qitish texnologiyasi - bu ta’lim, kommunikatsiya, axborot va boshqaruvning jamlangan va tartibga solingan optimal yo‘llari va vositalaridir, bu ta’lim jarayonini o‘zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida samarali natijalarga kafolatli erishishni va aniq ta’lim jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta’minlovchisi hisoblanadi (PT jarayonli –bayonli aspekti); bu mavjud jarayondir, ta’lim jarayoni subyektlarining hamkorlikdagi yuzaga kelgan tartibli harakatidir (PT jarayonli harakat aspekti).
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslarini quyidagi mezonlarga ko‘ra baholash mumkin: Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslarini quyidagi mezonlarga ko‘ra baholash mumkin: 1. Pedagogik muammoning yechimi ilmiy asoslanganligi; 2. Pedagogik jarayonning asosiy obyekti hamda subyekti hisoblanmish tahsil oluvchilarning ongli, faol o‘quv bilish faoliyatlarining ta’minlanganligi; 3. Olingan natijaning sifat va samaradorligi nisbatan yuqoriligi; 4. Olingan natijaga ortiqcha vaqt, zo‘riqish vositalari va shu kabilar sarflanmaganligi; 5. Pedagogik texnologiyalar ijodiy izlanishlar mahsuli bo‘lib, ma’lum yangilikka egaligi va uzoq muddatlar davomida qo‘llanish imkoniyatlarining mavjdudligi; 6. Pedagoglar ommasi tomonidan e’tirof etilib, oson o‘zlashtirilishi va amaliyotga keng ko‘lamda tatbiq etilishi kabilardir. Didaktik jarayonni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish - Didaktik jarayonni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish
- Zamonaviy pedagogik texnologiyalar nazariyasi va uni ta’lim jarayonida qo‘llash muammolariga bag‘ishlangan zamonaviy tadqiqotlar mazkur nazariyaning ta’lim rivojini ta’minlashdagi ahamiyatini chuqur anglab etish, uning imkoniyatlarini aniqlash va keng ko‘lamli axborot maydonini egallashga yordam beradi.
Darsning oldindan loyihasi, ya`ni texnologik xaritasi tuziladi. Texnologik xarita tuzish uchun o‘qituvchi darsning har bir bosqichida amalga oshiriladigan ishlar, ularda o‘qituvchining pedagogik va o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish yo‘llari, teskari aloqani amalga oshirish, ularga ajratilgan vaqtni aniq belgilash lozim. Texnologik xaritada albatta tashkiliy qism, yangi mavzuning motivatsiyasi, o‘quvchilar bilimini tekshirish, yangi mavzuni o‘rganish va uni mustahkamlash, erishilgan natijalarni tahlil qilish va yakun yasash kabi bosqichlari bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchining dars davomida bajaradigan ishlari bosqichma-bosqich qayd etiladi. Dars texnologik xaritasining mukammal tuzilishi, maqsad va vazifalarini amalga oshirish, samaradorlikka erishish va bosqichlar o‘rtasidagi uzviylikni ta`minlash, vaqtdan unumli foydalanish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |