Boshlangich talimda jismoniy tarbiya mashgulotlarini rejalashtirish


Download 367.1 Kb.
bet2/4
Sana09.09.2023
Hajmi367.1 Kb.
#1675079
1   2   3   4
Bog'liq
boshlangich talimda jismoniy tarbiya mashgulotlarini rejalashtirish

Umumiy o’rta ta’limni samarali kechishida jismoniy tarbiyaning o’rni hisobga olingan holda o’quv rejasida jismoniy tarbiyaga alohida e’tibor karatilgan va uni tashkil etish usullari umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standartlarida (DTS) aniq belgilab berilgan. Bugungi kunda umumta’lim maktab o’quvchilari jismoniy tarbiyasi qo’yidagi shakllarda amalga oshiriladi: -jismoniy tarbiya darslari; -darsdan va sinfdan tashqari ishlar(darsgacha gimnastika tanafusdagi o’yinlar, jismoniy tarbiya daqiqalari, sport bayramlari, musobakalar, o’yinlar v.b); - maktabdan tashqari muassalardagi jismoniy tarbiya ishlari;

Bolalar va o’smirlar sport maktablarida, sport inshootlari va suv hovzalarida, madaniyat saroylarida, mahallalarda yo’lga qo’yilgan sport to’garaklarida mashg’ulotlar o’tkaziladi. -Oilada jismoniy tarbiya: Uy sharoitidagi jismoniy mashqlar bilan shugullanishi, mustakkil va ota-onalar xamkorligida, oilaviy sayohatlar, o’yinlar asosida uyushtiriladi. Maktab yoshidagi o’quvchilarni jismoniy tarbiyasi yuqorida keltirilgan kuplab uyushmallarda amalga oshirilsada, eng asosiy shakl bu jismoniy tarbiya darslari hisoblanadi.

Jismoniy tarbiya darsini tuzilishi Jismoniy tarbiya darslari bilan bog’liq masalalarning eng asosiylaridan biri bu darsning tuzilishidir. Darsning to’zilishi, dars strukturasi degan atamalar 1940 yillarda pedagogikaga kirib kelgan. Darsning tuzilishi – bu dars qismlari soni, ularni ketma ketligi va mazmuni, davomiyligidir – deb ta’rif berish mumkin. Darsni tuzilishiga oid maxsus-ilmiy adabiyotlarda mutaxasislar tamonidan turiga fikrlar bildirilgan. Masalan ba’zi mutaxasislar darsni kirish – tayyorlov – asosiy – yakuniy qismlardan iborat deb biladilar. Yana bir qator mutaxassislar jismoniy tarbiya darslari tashkiliy – asosiy – yakuniy qismlardan iborat deb hisoblanadi. Ammo bunday baxs – munozara va fiqrlarga chek qo’yilgan. Bugungi kunda jismoniy tarbiya darslarituzilishiga ko’ra uch qismdan iborat va ular darsning tayyorlov qismi, darsni asosiy qismi, darsni yakuniy qismi deb nomlanadi. Darsning tayyorlov qismida o’quvchilarni har tomonlama darsni asosiy qismida bajarilishi lozim bulgan asosiy vazifalarga tayyorlab olishdan iborat bo’lib bu qismga 8 – 12 minut ba’zan ko’prok vakt rejalashtiriladi.


Download 367.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling