Boshlangich talimda jismoniy tarbiya mashgulotlarini rejalashtirish


Download 367.1 Kb.
bet1/4
Sana09.09.2023
Hajmi367.1 Kb.
#1675079
  1   2   3   4
Bog'liq
boshlangich talimda jismoniy tarbiya mashgulotlarini rejalashtirish

Boshlangʻich talimda jismoniy tarbiya mashgʼulotlarini rejalashtirish

.

1. Umumiy o’rta ta’limning jismoniy tarbiya fanidan o’quv dasturi mazmuni. 2. Boshlang’ich sinflar jismoniy tarbiya darslari. 3. Maktabgacha yoshdagilar jismoniy tarbiyasining shakllari

Umumiy o’rta ta’limning barcha fanlari kabi jismoniy tarbiya fani ham davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturi asosida o’qitiladi. O’quv dasturi o’quv jarayonini amalga oshirishning asosiy hujjatlaridan hisoblanadi. O’quv fan dasturi jismoniy tarbiya ta’limi mazmuni, uning o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishning eng samarali usullari, ahborot manbalari va me’yorlari ko’rsatilgan me’yoriy hujjatlar hisoblanadi. Jismoniy tarbiya fanidan tuzilgan ushbu o’quv dasturi amalda qo’llanilib kelgan dasturlarga tanqidiy yondashilib, ularning eng yaxshi jihatlari, ilg’or maktab o’qituvchilarining va boshqa mutahasislarning ijobiy ish tajribalari e’tiborga olingan holda qayta ishlab chiqilgan. Maktabda haftasiga 2 soat o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darsi bola organizmiga to’laqonli jismoniy yuklama berish uchun yetarli emasligini hamda ilmiy tadqiqotlarga ko’ra o’quvchilarning kundalik harakatga bo’lgan fiziologik 45 daqiqali jismoniy tarbiya darsi faqatgina 11% ni hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi 1-4 sinf o’quvchilari bilan qo’shimcha mashg’ulot darslarni o’tkazish uchun maktab ixtiyoridagi soatdan foydalanishga, haftasiga 3 soatgacha, agarda qayerda imkoniyat bo’lsa, 4-5 soatli jismoniy tarbiya soatlarini o’tishga ruhsat etildi. Respublikamizning urf-odati va milliy an’analariga ko’ra, yosh hususiyatlarini hisobga olgan holda, o’quvchilarning jinsiga qarab sinfni ikki guruhga bo’lish masalasi hal etildi.

.

O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimida umumiy o’rta ta’lim eng asosiy bo’g’in hisoblanadi. Aynan ana shu bo’g’inda o’quvchilar xar tomonlama (jismonan, aqliy, axloqiy, etuk, estetik v.b.) garmonik rivojlanadi, shakllanadi. Jismoniy rivojlanish eng mas’uliyatli va samarali boskichni amalga oshiradi. Maktab yoshining 6-7, 10-11,yoshlarida(1-4 sinflarda boshlangich ta’limda bolalar organizmi tabiiy ravishda tez sura’atda rivojlanadi. Markaziy nerv sistemasida boshkarish funksiyalari, harakat tayanch apparati, yurak qon tomir, nafas olish organlari ish faoliyati, kaddi Komati shakllanadi. Bu biologik jarayonni to’g’ri samarali o’tkazishda bolalarni jismoniy tarbiya bilan shug’ullantirish katta ahamiyatga ega. V-IX sinflarda o’quvchilarni (12-15 yoshlarda) jismoniy sifatlarini rivojlanishiga jismoniy mashqlar samarali ta’sir ko’rsatadi. V-IX sinflarda umumiy o’rta ta’limga doir asosiy bilimlar, ko’nikma va malakalar egallanadi o’quvchilar ta’limning keying bosqichlariga har tomonlama tayyorlab beriladi.


Download 367.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling