Boshlashdan avval
Tashqi savdo bo’yicha to’lovlar
Download 130.79 Kb.
|
MySQL
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARINI MOLIYALASHTIRISH MEHANIZMI
Tashqi savdo bo’yicha to’lovlar:
Agar boshqa davlatlar bilan bitimlar aniq belgilangan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat milliy banki «ICC 500» xalqaro andozalariga to’g’ri keladigan akkreditivlar ochishni taklif qiladi. Nakd pulli hisob-kitoblar hujjatlaming ko’rsatish bilan amalga oshiriladi. Konsignatsiya savdosi, asosan, kompyuter va elektronika, mebel va kiyim-kechaklarga nisbatan foydalaniladi. O’zbekiston Respublikasi uchun tashqi hisob-kitoblarda ko’proq AQSH dollaridan foydalanilmoqda. Masalan, 1993 yil umumiy to’lovlarning 90 foizi shu valyutada amalga oshirilgan. Odatda, sobiq Ittifoq mamlakatlari bilan bo’ladigan savdo Markaziy bank tomonidan imzolangan banklararo kelishuvlarga muvofiq holda moliyalashtiriladi. Eksport kreditlari va O’zbekistonga eksport bo’yicha sug’urta dasturlari bir necha mamlakatlardan, masalan: AQSH Eksimbanki eksportni moliyalashtirish va qisqa va uzoq muddatli eksportni moliyalashtirish hamda asbob- uskuna eksportini, oziq-ovqat mahsulotlarini ulgurji yetkazib berishni sug’urtalashni taklif etadi. Hermes eksportni moliyalashtirishni ochdi, KFW 400 mln. nemis markasidan ortiq majburiyatlarni (qarz) berdi. Isloxotlarning dastlabki yillarida Turkiya Eksim banki 375 mln. AQSH dollariga kredit liniyasini ochdi, uning yarmi loyihalarni moliyalashtirishga, boshqa qismi oziq-ovqat va xalq xo’jaligi tovarlariga mo’ljallangan. Yaponiya Eksimbanki naft va gaz sohasidagi loyihalarni 300 mln. AQSH dollari summasida moliyalashtirishga j alb qilingan. Frantsiya, Shveytsariya, Buyuk Britaniyaning eksport kredit agentliklari asbob-uskuna va iste'mol tovarlari sotib olish uchun eksport kreditlar berishga tayyor ekanliklarini bildirishmoqdalar. 2. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARINI MOLIYALASHTIRISH MEHANIZMI O’zbekiston Respublikasida eksport-import operatsiya-larini moliyalashtirish, asosan, banklar yordamida, xususiy yoki davlat (hukumat) mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Bugungi kunda, respublikada tovar va xizmatlar importi uchun kredit ajratish amaliyoti mavjud. Eksport munosabatlarida faqatgina muddati o’tgan to’lov sifatidagi kredit mavjud. Chet el mamlakatlaridan tovar sotib olinganda to’lovlar, asosan, erkin ayirboshlanadigan valyutada amalga oshiriladi. Chet eldan keltirilayotgan tovarlarning asosiy qismini, xalqaro me'yorlarga javob beruvchi, xalq iste'moli tovarlarini ishlab chiqaruvchi, mashina va asbob-uskunalar tashkil qiladi. Bu xaridlar bank kreditlari hisobidan amalga oshiriladi. Mazkur uskunalar bilan savdo qilish, kichik va o’rta biznesni rivojlantirish uchun asosiy omillardan biri bo’lib hisoblanadi va davlat tomonidan nazorat qilinadi. Uskunalar importi, ya'ni bank krediti hisobiga sotib olish loyihasi davlat tomonidan tasdiqlanadi. Bu kreditlar qarz oluvchiga qarz beruvchilarning o’z mablag’lari yoki kredit liniyalari hisobidan beriladi. Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi: Iqtisodiyot vazirligidan, uning tarkibida tasdiqlangan umumiy xodimlar soni doirasida kichik va o’rta tadbirkorlikni investitsiyalashga ko’maklashuvchi Markaz tashkil etilayotganligi to’g’risida taklif qabul qilinadi va unga quyidagilar yuklatiladi: • respublikaning turli hududlari va turli sohalarda, kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha takliflarni o’rganish hamda umumlashtirish, shuning asosida bankda investitsiya loyihalarga talab va takliflar bo’yicha ma'lumotlar tashkil qilish, davriy axborot byulleten chiqarish va uni manfaatdor tuzilmalar o’rtasida tarqatish; • kichik va o’rta biznes sub'ektlariga, hududlar va sohalarning rivojlanishini istiqbolli yo’nalishlari, xom-ashyo resurslari va zarur infratuzilma mavjudligini hisobga olgan xolda, ishlab chiqarishni samarali joylashtirishga ko’mak berish; • loyihalarning maqsadga muvofiqligini baholash va O’zbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilishi to’g’risidagi takliflarni Iqtisodiyot vazirligiga tayyorlash. O’zbekiston Respublikasida hukumatning, kichik va o’rta korxonalarni jalb qilinayotgan kreditlar hisobidan, olib kirilayotgan texnologik uskunalarga import uchun bojxona bojlarini to’lashdan ozod qilish bo’yicha imtiyozlari mavjud. Loyihalarni tanlab olish, kichik va o’rta biznesni rivojlantirish uchun jalb qilinayotgan xorijiy kredit liniyalari hisobidan, kichik va o’rta korxonalarga kredit berish tartibi. Quyidagilarni ko’zda to`tuvchi investitsiya loyihalari, xorijiy valyutadagi kreditlar hisobidan moliyalashtirish huquqini kulga kiritishi mumkin: • yangi kichik va o’rta qo’shma korxonalarni tashkil qilish, faoliyat ko’rsatayotganlarini rivojlantirish; • eksportga yo’naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish; • qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirish; • qo’shimcha ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini qishloq joylarda tashkil etish. Investitsiya takliflari tashabbuskorlari o’rnatilgan namunadagi loyiha g’oyasini o’zida jamlagan, ariza-anketani rasmiylashtiradilar va uni Uzinvestloyiha bulimlari yoki O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining Bankinvestloyiha bulimiga taqdim etadilar. Respublika hududida, turli sohalar rivojlanishining istiqbolli yo’nalishlari, ishlab chiqaruvchi kuchlar joylashishi va chizmasi, xom-ashyo resurslarining mavjudligi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivoji, hamda preferentsiya tizimi to’g’risidagi ma'lumotlarni investitsiya taklifi tashabbuskorlari Dctsiodiyot vazirligi tarkibidagi kichik va o’rta tadbirkorlikni investitsiyalashga ko’maklashish Markazi hamda vazirlikning hududiy bo’linmalaridan olishlari mumkin. Uzinvestloyiha bo’linmalari yoki Bankinvestloyiha xizmati uchun xak olmasdan 10 kunlik muddat ichida taqdim qilingan hujjatlarni ko’rib chiqadi. Ishlab chiqarish bazasida tekshiruv o’tkazadi va o’rnatilgan tartibda kichik va o’rta biznes rivojlanishi hamda jalb qilingan xorijiy kredit liniyalari kriteriyalariga muvofiq, moliyalashni ochish uchun tijorat banklari talab qiladigan hujjatlar to’plamini tayyorlashning maqsadga muvofiqligi haqida xulosa tayyorlaydi. Loyiha tashabbuskorining o’z kapitali, xorijiy kredit liniyalari doirasida moliyalash uchun tijorat banklari kuyayotgan talablarga etmay qolganda investitsiya institutlari (O’zbekiston banklari uyushmasi tarkibidagi Bankinvesttrast va boshqalar) loyiha tashabbuskorining yetarli darajadagi nizom fondini shakllantirishda qatnashishlari mumkin. Investitsiya takliflari tashabbuskorlari, zarurat tugilganda, injinering hamda konsalting kompaniyalarini jalb qilib, investitsiya oldi tekshiruvlarini amalga oshiradilar. Ushbu tekshiruvlar quyidagilarni o’z ichiga oladi: - talab va taklif prognozini hisobga olgan holda, mahsulot bozorini baholash; - iste'mol qilinayotgan resurslar va prognoz qilinayotgan xom-ashyo zahiralarini baholash; - infratuzilma ob'ektining joylashgan joyini baholash; - loyihaning atrof-muhitga ta'sirini baholash; - ishlab chiqarish ko’lamini optimizatsiyalash; - optimal texnologik qarorni tanlab olish; - loyihaning hayotiyligi va iqtisodiy natija-viyligini baholash; - loyihaning huquqiy, tashkiliy va moliyaviy asosini shakllantirish. Loyihaning Uzinvestloyiha tasdiqlagan va uning tavsiyalariga muvofiq tayyorlangan texnik-iqtisodiy asosi (TIA) loyiha tashabbuskori tomonidan tijorat banki (lizing kompaniyasi)ga taqdim etiladi. Tijorat banki, zarur bo’lganda, O’zbekiston banklari Uyushmasining konsalting flrmalari (Bankinvestloyiha, Bankhuquqxizmat, Bankinformreyting, Bankkonsaltaudit)ni jalb qilib, loyihaning TIA hamda biznes rejasini, loyiha tashabbuskorining kreditga layokatliligini baholaydi, loyihaning huquqiy, tashkiliy va moliyaviy tarkibini hamda kredit ta'minoti yetarliligi ekspertizasini amalga oshiradi Download 130.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling