Boshoqli don ekinlari kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja


Bug‘doyning chang qorakuya kasalligi


Download 80.5 Kb.
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi80.5 Kb.
#1155031
1   2   3   4
Bog'liq
1404221418 52101

Bug‘doyning chang qorakuya kasalligi
Ustilago tritici Jens
Bug‘doyning bu kasalligi hamma joyda keng tarqalgan. Kasallikni alomati g‘allagulli ekinlar boshoq chiqarish paytida ko‘rinadi. Bu kasallik bilan kasallangan o‘simliklarni boshog‘idan faqat o‘zagi qoladi, boshqa hamma qismi yemiriladi, ko‘plab qora rangdagi teliosporalar hosil bo‘ladi, dala bo‘ylab tarqalib ketadi. Teliosporalari mayda sharsimon, burchakli yoki uzunchoq jigar rangda (5-9 millimikron), mayda tuklar bilan qoplangan.
Bug‘doy bu kasallik bilan gullash vaqtida zararlanadi. Teliosporalar gulga (changiga) tushib diploid gifalar hosil qiladi va tugunchaga yetib boradi. Natijada urug‘ murtagi zararlanadi, bunday zararlangan murtaklardan sog‘lom don yetiladi, lekin buni ichida infeksiya hosil bo‘ladi. Zamburug‘ rivojlanishi davrida avvalo juda yupqa po‘stloqqa ega bo‘lgan gifa hosil qiladi, bu gifa gomogen sitoplazmaga ega, lekin kam kuchli bo‘ladi. Donni pishish vaqtiga kelib zamburug‘ morfologik va fiziologik jihatdan o‘zgaradi. Gifalar sal - pal shishadi, devorlari yo‘g‘onlashadi va hujayra ichida yog‘ modda tomchisi hosil bo‘ladi.
Shu holatda zamburug‘ tinch holatga o‘tadi va unmagan don ichida 3 yildan ko‘p vaqtgacha saqlanadi. Don unish vaqtida zamburug‘ning harakati tezlashadi va don pishishi davrida zararlaydi. Zamburug‘ tanasi diffuzion yo‘l bilan poya bo‘ylab tarqaladi, xatto yosh barglarda zamburug‘ tanasini ham ko‘rish mumkin. Boshoqni rivojlanish davrida gifalar juda kuchli o‘sadi, qo‘pollashadi (yo‘g‘onlashadi), bular qo‘shilishadi. Natijada ko‘plab sporalar hosil bo‘ladi.
Bug‘doyni bu kasalligi juda zararli. Kasallangan o‘simlikdan juda kam miqdorda don chikadi. O‘simlikning umumiy hajmi 32 %, poyani balandligi 13 %, tuplanishi 11 % kamayadi. Boshqa kasalliklarga chidamsiz bo‘lib qoladi.
O‘simlikda zamburug‘ harorat 7-8 °C daraja bo‘lsa o‘sishdan to‘xtaydi. Ustilago tritici zamburug‘ining 40 rasasi (irqi) bor, ular maxsus navlarni zararlashga moslashgan. Qattiq va yumshoq bug‘doyni Knyajna, Demitra, Do‘stlik, Istiqlol, Polovchanka, Umanka, Makuz-3, Makuz-7, O‘zbekiston-1, O‘zbekiston-2 navlari bu kasallikka ancha chidamli.


Download 80.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling