Boshqa fakultetlar tarkibida
Download 13.8 Kb.
|
4-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- ➡️ 1927-yil
- ALOHIDA FAKULTET SIFATIDA: ➡️ 1935-yil sentabr-oktabr
- O’rta Osiyo tarixi kafedrasiga
✅ O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI TARIXINI BILASIZMI? (1918-1942-yillar) BOSHQA FAKULTETLAR TARKIBIDA: ➡️ 1918-yil – Turkiston Xalq universitetining adabiyot-falsafa oliy kursi (fakulteti) shu yilning kuzidan tarix-falsafa oliy kursi (fakulteti) deb nomlandi. ➡️ 1920-yil 22-oktabr – tarix-filologiya va ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetlarining tashabbusi bilan sharqshunos A.E. Shmidt rahbarligida Toshkent Davlat universitetining gumanitar fakultetlarida sotsiologiya, tarix, filologiya Ilmiy jamiyatlari ochilishi bo’lib o’tdi. ➡️ 1921-yil boshlari – fizika-matematika va tarix-filologiya fakultetlari “funksional emas” deb topildi va yopildi. Ularning o’rniga uchta bo’lim: filologiya, tabiiy-tarix va matematika bo’limlaridan iborat pedagogika fakulteti tashkil etildi. ➡️ 1927-yil – qadimiy Xoveronda tarixiy-arxeologik tadqiqot ishlari olib borildi. ➡️ 1927-yil may – akademik V.V.Bartold Qadimgi sharq tarixi kursidan ma’ruzalar o’qiy boshladi. ➡️ 1928-yil oktabr – sharqshunoslik fakulteti qaytadan tashkil etildi. Uning pedagogika bo’limi yopildi, etno-lingvingtik bo’limi faoliyat yuritishda davom etdi va tarixchilar, etnograflarva lingvistlarni tayyorladi. ALOHIDA FAKULTET SIFATIDA: ➡️ 1935-yil sentabr-oktabr – tarix hamda tuproqshunoslik-geologiya-geografiya fakultetlari tashkil etildi. Tarix fakulteti tarkibida qadimgi, o’rta asrlar va yangi tarix kafedralari shakllantirildi. ➡️ 1937-yil – siyosiy iqtisodiyot, falsafa va tillar kafedralari tarix fakulteti tasarrufiga berildi. Tarix fakultetidagi qadimgi, o’rta asrlar va yangi tarix kafedralari umumiy tarix kafedrasi tarkibiga birlashtirildi. SSSR xalqlari tarixi kafedrasi tashkil etildi. Fakultetlararo chet tillari hamda pedagogika kafedralari tuzildi. ➡️ 1938-yil 1-avgust – O’rta Osiyo Davlat universitetining uchta fakulteti: mexanika-matematika, geografiya, tarix fakultetlarida sirtqi bo’lim ochildi. ➡️ 1938-yil 13-sentabr – O’zbekiston SSR Maorif xalq komissarligining 1938-yil 13-sentabrdagi № 3343-sonli qarori bilan Pedagogika sirtqi institutining tarix, fizika-matematika, geografiya fakultetlari O’rta Osiyo Davlat universitetiga berildi. ➡️ 1939-yil 2-oktabr – O’zbekiston SSR Maorif xalq komissarligining 1939-yil 2-oktabrdagi № 1521-a sonli qarori bilan O’rta Osiyo Davlat universitetining fizika-matematika fakultetida matematika yo’nalishi bo’yicha, tarix fakultetida tarix yo’nalishi bo’yicha eksternat ta’sis etildi. ➡️ 1940-yil 18-noyabr – O’zbekiston SSR Maorif xalq komissarligining 1940-yil 18-noyabrdagi № 2279-sonli qarori bilan O’rta Osiyo Davlat universitetida dam olish kunlari partiya tarixi, falsafa, SSSR tarixi, rus adabiyoti, yangi tarix, tabiatshunoslik kurslari bo’yicha Universitet mashg’ulotlari boshlandi. ➡️ 1941-yil 12-iyul – O’rta Osiyo Davlat universitetining 263 kishidan iborat Osoaviaxim otryadi shakllantirildi. Otryad komandiri – harbiy kafedra o’qituvchisi N.V.Zadorin. Siyosiy qism (politchast) bo’yicha o’rinbosari – tarix fakulteti 2-kurs talabasi Limanovskiy. ➡️ 1941-yil noyabr – tarix va filologiya fakultetlari tarix-filologiya fakultetiga birlashtirildi. Unga dotsent I.K. Dodonov dekan etib tayinlandi. ➡️ 1941-yil dekabr – professorlar N.V.Nechkina, R.Y.Vipper, L.I.Zubok, V.I.Avdeyev tarixiy fanlardan ma’ruzalar o’qishga jalb etildi. ➡️ 1942-yil 4-fevral – O’zbekiston SSR Maorif xalq komissarligining 1942-yil 4-fevraldagi №120-sonli qarori bilan tarix-filologiya fakultetida san’atshunoslik kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga san’atshunoslik fanlari doktori, professor B.R.Vipper mudirlik qildi. Kaferada prof. A.A.Fedorova-Davidova, prof. A.M.Efros, R.A.Pelshe, V.M.Zummer, G.A.Pugachenkovalar mashg’ulotlar olib borishdi. ➡️ 1942-yil fevral – tarix-filologiya fakulteti ikkita mustaqil fakultet – tarix (dekan – dots. I.K.Dodonov) va filologiya (dekan – dots. A.M.Krasnousov) fakultetlariga bo’lindi. O’rta Osiyo tarixi kafedrasiga – SSSR FA muxbir a’zosi A.Y.Yakubovskiy, umumiy tarix kafedrasiga L.I.Zubok mudir bo’ldi. Download 13.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling