Boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 0.67 Mb.
|
M. U. Hamidova, maxsus pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron talim resurslari Mavjud joyi
- 8-Mavzu REJA
- Tayanch so’zlar va iboralar
MA’RUZA MASHG’ULOTLARI 8-Mavzu REJA Ruhiy rivojlanish haqida Ruhiy rivojlanishi sustlikning kelib chiqish sabablari Ruhiy rivojlanishi sust bolalar bilan ishlash metodikasi Tayanch so’zlar va iboralar: ruhiy rivojlanish, yengil nuqson, maxsus sharoitlar, infaltilizm, affektiv o’zgarishlar, psixomator qozg’aluvchanlik, epileptik buzulishlar Chaqaloqlikning ilk davrida boshini tuta bilishi, tik turishi, yurishi, ilk so‘zlari, nutqning shakllanishi kechikadi. Turli shamollash va yuqumli kasalliklarga moyil bo‘ladilar. Jumladan, RRS bolalarning 60%ida oshqazon ichak kasalliklari, 50 % ida yurak qon-tomir kasalliklari, 61 % ida surunkali infeksiyalar, 33 % ida gijja kasalliklari aniqlangan. RRS bolalar o‘zlarining ham ruhiy, ham jismoniy rivojlanish xususiyatlari bilan aqli zaiflardan farq qiladilar. Oligofrenlarning ruhiy taraqqiyotida asosiy va yetakchi kamchilik aqliy, intellektual tomonlar chuqur va tiklanmas darajada zararlangan bo‘ladi. RRS da esa intellektual jarayonlar oligofrenlardagedek chuchqur zararlanmasdan, birmuncha yuzaki zararalangan bo‘lib, tiklanish xarakteriga ega. RRS da ruhiy rivojlanish tezligi, surati sekinlashgan bo‘ladi. Yuqoridagilar bilan birga, RRSda intellektual tomonlarga nisbatan, ko‘proq, xissiyot buzilishlari yetakchi o‘rinda turadi. Bu buzilishlar ruhiy yoki jismoniy infantilizm ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Infaktilizm-tom ma’nodagi “bolalikdir”. Bolaning umumiy qiliqlari, qiziqishlari o‘z yoshiga mos bo‘lmay, balki bir muncha yosh bolalarni eslatsa, biz bunday bolalarga nisbatan, “psixo-fizik infantilizm” iborasini qo‘llaymiz. Masalan, bola 7 yoshga kirib, maktabga borish muddati kelgan bo‘lsada, bola o‘zini 5 yoshli boladek tutadi. Unda jonli, o‘zidan yosh bolalardagidek qiziqishlar bo‘ladi. Agar bola yana biror yil taraqqiy etsa, o‘z tengdoshlariga o‘xshab ketishi mumkin. Bolalarda ham ruhiy, ham jismoniy rivojlanish birgalikda orqada qolsa, ularga nisbatan “garmonik psixofizik infantilizm” iborasi ishlatiladi. Faqatgina ruhiy rivojlanishi orqada qolsa, ularni “psixik infantilizm” deb yuritamiz. T.A.Vlasova va M.S.Pevzner RRSning ikki xil shaklini ko‘rsatadilar. Bularning asosida turli xil RRS ning shakllanish mexanizmalari yotadi. 1. Hissiyot – iroda sohasining rivojlanganligi. Bunda ba’zan bilish jarayonlarining buzilishi bo‘lmasligi mumkin. Bunday bilish jarayonlarining buzilishi bo‘lmasligi mumkin. Bunday hatolarni tibbiyot hodimlari qoldiqli va qoldiqsiz “pixofizik infantilizm” deb nomlaydilar. 2. Neyrodinamik buzilishlar, turg‘un astenik va serebrastenik holatlar (turg‘un psixik va nerv bo‘shashishlari). Infantalizmning yuzaga kelish sababaliriga ilk bolalik davridagi yuqumli va modda almashinuvining buzilish kasalliklari ham kirishi mumkin. Ulgurmovchi o‘quvchilar orasida ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar ham uchrab turadi. Ularning bilish faoliyati– intellekti mantiqiy tafakkuri, idroki, xotirasi,ixtiyoriy diqqati, ish qobiliyati va boshqa xislatlariga birinchi o‘rinda markaziy nerv sistemasining kasalliklari natijasida ruhiy rivojlanishi sustlashadi. Bunday bolalarda hissiyot, iroda sferasidagi kamchiliklar birlamchi, aqliy zaiflik esa ikkilamchi hodisa bo‘lib hisoblanadi. T.A.Vlasova, M.S.Pevzner, V.I.Lubovskiy, T.V.Egorova, K.S.Lebedinskaya, N.A.Nikashina, K.K.Mamedov, Ђ.B.Shoumarov, N.A.Sipina, R.D.Triger va boshqa olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 5, 8 foizini ana shunday bolalar tashkil etadi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar aqliy darajasi jihatidan asosan ikki guruhga bo‘linadi: Yengil nuqsoni bor bolalar – bular maxsus sharoitda 1- 3 yil ta’lim- tarbiya olganlaridan keyin o‘qishni ommaviy maktabning tegishli sinfida davom ettirishi mumkin. Ruhiy rivojlanishida sezilarli darajada orqada qolgan bolalar – bular maktabni bitirguniga qadar maxsus sharoitda o‘qitilishi kerak. Bunday bolalar maktab dasturini sog‘lom tengdoshlari qatori o‘zlashtira olmaydi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni ommaviy maktabda hamma qatori o‘qitish ta’lim jarayoniga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi., ya’ni o‘rtacha o‘quvchining saviyasini orqaga tortadi, yaxshi va a’lo o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni yetarli darajada o‘stirishga to‘sqinlik qiladi. Dastur materiallarini yaxshi o‘zlashtira olmaganligi tufayli ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar doim muvaffaqiyatsizliklarga uchrayveradi, bu narsa ularning hulq-atvorida aksariyat turli salbiy xislatlar yuzaga kelishiiga sabab bo‘ladi. Olimlardan K.S.Lebedinskaya, G.P.Berto‘n, E.M.Dunaeva va boshqalar ruhan sust rivojlanganlikni klinik-psixologik jihatdan quyidagi hillarga bo‘lishni tavsiya etadilar: konstitutsional; 2) somatogen; 3) psixogen; 4)serebral shakli. RRSning konstitutsional shakli. Bu shaklda garmonik, qoldiqsiz, ruhiy va ruhiy-fizik infantilizm asosiy o‘rinni egallaydi (ruhiy turg‘un bo‘lmaganlar). Bu turdagi bolalar o‘zlaridan bir necha yosh kichik bo‘lgan bolalar rivojlanishiga to‘g‘ri keladi. Ularda kayfiyat ko‘tarinki, o‘yin faoliyatida tashabbuskorlik hislatlari saqlangan bo‘ladi. Ta’limdagi qiyinchiliklar asosan intellektual qiziqishlarning va shaxsning butunlay rivojlanmaganligi yaqqol sezilib turadi. (o‘yinga bo‘lgan qiziqishlari ustunlik qiladi). Bolalarda ko‘pincha kayfiyat ko‘tarinki, xulq-atvorda hissiy motivlarning ustunligi, hissiyotlarning yuzakiligi, turg‘unsizligi va shaxsning gipersugestivligi (moyillikning ustunligi) kuzatiladi. Bunday bolalarning hissiy-iroda sohasidagi yetishmovchilik, tana tuzilishidagi o‘zgarishlar bilan birga keladi. RRSning somatogen shakli. Bu shakl asosan surunkali infeksiyalar, allergik holatlar, turli ichki kasalliklar (ichki a’zolar, ayniqsa yurak kasalligi) natijasida kelib chiqadi. Ruhiy rivojlanishning susayishida asosiy rolni turg‘un asteniya o‘ynaydi, ya’ni ularda tez charchash, umumiy ruhiy tonusning pastligi ko‘rinadi. Ba’zan somatogen infantilizmda turli nevrotik qo‘shilmalar: o‘z-o‘ziga ishonmaslik, qo‘rqish bilan birga kuzatilishi mumkin. RRSning psixogen shakli. Bu shaklda asosan hissiy iroda sahasining buzilishi, yetarli pedagogik sharoitning bo‘lmasligi natijasida kelib chiqadi. Atrof-muhitning bolaga erta yoshidan boshlab salbiy ta’sir qilishi natijasida bola ruhiyatning o‘zgarishi xosdir. Ammo, bu shakldagi RRS bolalarni pedagogik qarovsiz bolaardan ajratib olish zarur. Pedagogik qarovsiz bolalarning ruhiyati normal bo‘lib, faqat bilish, o‘quv malakalarining tengqurlariga nisbatan yetishmasligi bilan farq qiladilar. Aqliy ma’lumotlar yetarli bo‘lmaydi. Ko‘proq shaxsning patololgik rivojlanishi ko‘zga tashlanadi. RRSning psixogen shaklini kelib chiqish sababalriga ko‘ra, o‘z navbatida uch gruppaga bo‘lish mumkin: Bola tarbiyasi bilan mutlaqo shug‘ullanmaslik, bolani butunlay o‘z holiga tashlab qo‘yish natijasida ularda burch va ma’suliyat hissi shakllanmaydi. Ularda hissiy-iroda sohasining yetishmasligi qaysarlik gipersuggestivlik, o‘quv fanlarini o‘zlashtirish uchun zarur bilim va malakalarning yetishmasligi bilan birga keladi. Bolani haddan tashqari erkalatish, yetarli mustaqil faoliyatga o‘rgatmaslik, tashabbuskorlik, mas’uliyat hissini shakllantirmaslik natijasida (“oila erkasi”) turi kelib chiqadi. Bunday bolalarda hissiy-iroda sohasining pastligi, egoizm hislatlari, mehnatga salbiy munosabatda bo‘lish, doimo yordamga muhtoj bo‘lish kabi salbiy hislatlar o‘z ifodasini topadi. Psixogen xarakterning nevrotik turi deb ataladi. Bolaga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish, jismoniy jazolash, qattiqqo‘llik, alkogolizm bilan bog‘liq turli agressiv munosabatlar, bunday turning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bunday bolalarda nihoyatda qo‘pollik, tashabussizlik, jur’atsizlik, mustaqillik xarakterda bo‘lmaslik hislari shakllanadi. Bularning hammasi bolaning bilish faoliyatiga ham salbiy ta’sir etadi. RRSning serebral shakli boshqa turlarga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularning aksariyatida jismoniy yetishmovchiliklar, tana nomutanosibligi kuzatiladi. RRS bolalar bosh miya elektro-ensifolografiyasining ko‘rsatishicha, 50%dan ortiq bolalarning asab sistemasida organik buzilish mavjud. Serebral xarakterdagi RRS bolalarda hissiy-irodaviy holatlarning taraqqiy etmaganligi, asosan organik infantilizm tarzida ko‘rinadi. Bu turdagi infantilizmda normal bolalarga nisbatan hissiyotning jonliligi yetishmaydi. Hissiy holatning ko‘rinishiga qarab serebral organik infantilizmni 2 qismga bo‘lish mumkin. Kayfiyatlari ustun bo‘lmagan, eyforik xarakterdagi bolalar bo‘lib, ularda yosh bolalarga xos xislatlar saqlangan bo‘ladi. Tormozlanuvchi xarakterda, kayfiyati past bo‘lib, ularda ishni mustaqil hal qila olmaslik, tashabbus ko‘rsata olmaslik, qo‘rqinch holatlari bilan birga keladi. Hissiy holatlarga ko‘ra ikki qismga bo‘lingan serebral organik xarakterdagi infantilizm ko‘p hollarda qator qo‘shimcha ko‘rinshlar bilan birga keladi. Bularga quyidagilar kiradi: a) Serebral-endokrin infantilizmi. Bunda asosan ichki sekresiya bezlari faoliyati buzilgan bo‘ladi. Buning natijasida bolalarda hissiy holatlarning rivojlanmasligi, nevropatiyalar yuzaga keladi. Bunday hollarda uyquning buzilishi, ishtahaning yaxshi emasligi, dispepsiya holatlariga moyillik yuzaga keladi; b) serebrastenik holatlar tez-tez uchrab turadi. Markaziy asab sistemasi tez charchaydi. Neyrodinamik buzilishlar kuzatiladi. Bularga aqliy ish qobiliyatlarining buzilishi, eslab qolish holatlarining yaxshi emasligi, diqqatning tarqoqligi, tez ta’sirlanish, qiz bolalarda yig‘loqlik, g‘qil bolalarda haddan tashqari qo‘g‘aluvchanlik bo‘lishi kiradi. Bu bolalarda shovqin, yorug‘ nur, issiqqa chiday olmaslik, ishtaha va uyquning buzilishlari, qon bosimining pasayishi, tanasining turli joylarida har xil tuyg‘ular sezish, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishlarini ko‘rish mumkin; v) nevroz xarakterdagi holatlar – serebrasteniya bilan bog‘liq bo‘lib qorong‘i, yakkalikdan qo‘rqish, o‘z va atrofdagilar sog‘lig‘i uchun xavsirash, tortishishlar, duduqlanish, enurez kabi xarakterli hislatlar bilan birga ifodalanadi; g) ruhiy harakat qo‘g‘aluvchanligi – asosan o‘g‘il bolalarda ko‘p uchraydi. Umumiy harakatchanlik, diqqatning tarqoqligi, tez chalg‘ish ularga xos hislatlardir; d) affektiv buzilishlar – kayfiyatning besabab o‘zgarib turishi agressiv ishlarga moyilligi kabi salbiy – shaxsiy hislatlar bo‘ladi; ye) ruhiy buzilishlar – aqliy faoliyat bo‘lgan qiziqishlarning pastligi, o‘qishga salbiy munosabatda bo‘lish, o‘g‘irlik, yolg‘on gapirishga va jinoyatilikka moyillik kabi salbiy – shaxsiy hislatlar bo‘ladi; j) tutqanoqli buzilishlar turli xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi; z) Apatiko-adinamik buzilishlar – tashabbuskorlikning buzilish, aqliy faoliyatning pasayishi, haddan tashqari hissiy bo‘shashishning o‘ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Serebral organik xarakterdagi keskin ifodalangan RRS bolalarda neyrodinamik va ensefalopatik buzilishlaridan tashqari ba’zan kuchli bo‘lmagan ayrim bosh miya po‘stloq va po‘stloq osti funksiyalarining buzilishi natijasida eshitish, ko‘rish, tuyish, iroda, idrok, nutqning harakat (motor) va tushunish (sensor) tomonlari, uzoq va qisqa muddatli xotira jarayonlari ham birmuncha zararlanadi. Yuqorida aytib o‘tilgan asosiy serebral xarakterdagi RRS bolalarni yaxshi bilish, ularni oligofreniyadan ajrata olish, diagnozni to‘g‘ri qo‘yish uchun zarur bo‘lgan bilimlardir. Shu sababli RRS bolalarni har tomonlmala o‘rganish, maxsus maktablarga o‘quvchilarni tanlash, saralash ishlarida xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik, asosiy va murakkab ishlardan biri hisoblanadi. Serebral organik xarakterdagi RRS bolalarda bilish faoliyati birmuncha keskin buzilishlarga uchragan holatlar ham bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtlarda RRS ni aqli zaiflardan farqlash, ajratish juda murakkab diagnostik ishdir. Bizlarga ma’lumki, oligofreniyaning namoyon bo‘lishda quyidagi qonuniyatlar yaqqol ko‘zga tashlanib turadi, hamda bu qonuniyatlar oligofreniyaga xos belgilar hisoblanadi. Nuqsonning total (umumiy) xarakterdaligi yoki nuqsonning bola ruhiy jarayonlarning barchasiga tarqalganligi. Ruhiy jarayonlarning yaxshi rivojlanmaganligi ierarxik xarakterda bo‘ladi. Oliy ruhiy jarayonlardan mantiqiy tafakkur ko‘proq zaralanib, nisbatan yosh, elementar funksiyalar birmuncha saqlangan bo‘ladi. RRS bolalarda esa yuqoridagi qonuniyatlar kuzatilmaydi. Ularga xos belgi nuqsonning umumiy xarakterdaligi xosdir. Parsial xarakter deganda, ayrim ruhiy jarayonlar qo‘pol buzilgan bo‘lsa, ayrimlar yaxshi saqlangan bo‘lishini tushunamiz. Maxsus maktablarga RRS birmuncha chuqur bolalar yuboriladi. Maktablarga yuborishdagi asosiy klinik ko‘rsatkich serebral – organik xarakterdagi ruhiy rivojlanishning susayishidir. Ayrim turdagi RRS bolalarni ommaviy maktablarda, individual pedagogik yondoshish bilan o‘qitish mumkin. Klinik, neyrofiziologik va psixologik tekshirishlarning ko‘rsatishicha, ommaviy maktabdagi o‘zlashtirmovchi o‘quvchilarning yarmini RRS bolalar tashkil qiladi. RRS muammosi faqatgina defektologiyada aktual bo‘lib qolmasdan, balki umumiy pedagogikada ham aktual masalalardan biridir. Ruhan sust rivojlanganlikning konstitutsional shaklini harakterlovchi belgilarga quyidagilar kiradi: bolaning gavda tuzilishi sog‘lom tengdoshlarinikiga nisbatan 1- 2 yosh kichik ko‘rinadi. U o‘zini bog‘cha yoshidagilarga o‘xshab tutadi va ta’lim olish uchun hali “etilmagan” bo‘ladi.Bunday bola o‘quv faoliyatiga yaxshi kirishib ketmaydi, chunki unda o‘qishga qiziqish yo‘q, ish qobiliyati past. Mas’uliyatsizlik, motivlarning sustligi, ruhiy jarayonlardan analiz, sintez qobiliyatlarining yaxshi rivojlanmaganligi tufayli o‘qish va yozishni, matematikani katta qiyinchiliklar bilan o‘zlashtiradi. Dars vaqtida tez charchab qolish hollari, bosh og‘rib turishi konstitutsion shakldagi bunday bolada ish qobiliyati, faollik yanada pasayib ketishiga sabab bo‘ladi. Rivojlanishdagi bu kamchilikka bola onasining homiladorligi davrida qalqonsimon bezlari faoliyatining buzilganligi, yurak-tomir kasalliklari sabab bo‘lishi mumkin. Ilk yoshda har xil surunkali kasalliklar bilan tez-tez kasallanib turish natijasida bola yaxshi o‘sib-unmay qolishi mumkin , bu esa o‘z navbatida ruhiy jihatdan rivojlanishida orqada qolishga, kechikishga olib keladi, sust rivojlanganlikning somatik shakli deb shunga aytiladi. Bolada surunkali infeksiyalar, allergik holat tug‘ma porok va shu kabi kasalliklar ayniqsa tez uchrab turadi. Ruhiy rivojlanishning somatogen sabablarga aloqador sustligi bolada asteniya holatini vujudga keltiradi. Ayrim bolalarda somatogen infantilizm kuzatiladi, ya’ni bola o‘sib-unmagan, go‘dak taxlit bo‘lib qolaveradi. Bunda bola psixikasida nevrozga o‘xshash holatlardan o‘z kuchiga ishonmaslik, qo‘rqoqlik, injiqlik, erkalik, qiziqishning pastligi va boshqalar kuzatiladi. Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida bola erta yoshligidan noqulay, noto‘g‘ri sharoitda tarbiyalanadi va shu tarbiyaning salbiy tomonlari ruhan rivojlanishiga ta’sir o‘tkazgan bo‘ladi. Shu xildagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini 3 guruhga bo‘lish mumkin: Bola tarbiyasi bilan mutlaqo shug‘ullanmaslik, uni butunlay o‘z holiga tashlab qo‘yish, bunda bolalarda burch va mas’uliyat hissi shakllanmaydi. Aql-idrokning rivojlanishi, qiziqishlari, bilish faoliyati,his-tuyg‘u va iroda yetishmasligi ustiga o‘quv fanlarini o‘zlashtirish uchun zarur bilim va taassurotlarning yetishmasligi ham qo‘shiladi. Bolani har tomonlama erkalatish,etarli mustaqil faoliyatga o‘rgatmaslik, tashabbuskorlik, mas’uliyat xissini shakllantirmaslik bolani «oila erkasi» qilib o‘stirish,haddan tashqari uning ko‘ngliga qarab ish tutish natijasida ham bola ruhiy rivojlanishida bir qadar orqada qolishi mumkin. Bolaga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish, jismoniy jazolash, qattiq qo‘llik qilish, ota-onalarning alkogolizmga aloqador tajovvuzkorona munosabatlari bolani mudom asabiylashtirib, ruhan rivojlanishdan orqada qolishiga sabab bo‘ladi. Bunday bolalarda qo‘pollik, jur’atsizlik,tashabbussizlik, mustaqilsizlik,qo‘rqoqlik va boshqa hislatlar shakllanadi. Bularning hammasi aql-idrokiga, bilish faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida aqil-idrok bilish faoliyatiga aloqador kamchiliklarga aksari noto‘g‘ri tarbiya natijasida paydo bo‘lgan hislatlar ham qo‘shilib pirovard natijasida shaxsning rivojlanishi izdan chiqadi, unda patologik hislatlar yuzaga keladi. Ana shunday bolalarni pedagogik qarovsiz bolalardan ajrata olish lozim. Pedagogik qarovsiz bolalarning psixikasi normal bo‘lib, ular noto‘g‘ri tarbiyalanganligi natijasida ulgurmovchi o‘quvchilar qatoriga o‘tib qoladilar. Xolbuki, ruhan sust rivojlangan bolalarda shaxsiyatning har tomonlama noto‘g‘ri rivojlanishi markaziy nerv sistemasidagi yengil darajadagi organik jarohatlanish bilan bog‘liq. Ruhan sust rivojlanganlikning eng murakkab va keng tarqalgan psixogen shaklida bosh miyaning kasalligiga, yaxshi yetilmaganiga aloqador o‘zgarishlar kuzatiladi.Olimlarimizning bergan ma’lumotlariga kura bunday bolalarning 50 foizida nerv sistemasida organik nuqsonlar bo‘ladi.Bu narsa ularning his-tuyg‘u, irodaviy holatlari taraqqiy etmaganligiga, asosan organik infantilizm tarzida namoyon bo‘ladi. Miyaga aloqador organik infantilizmni ikkiga bo‘lishi mumkin: Kayfi-ruhiyati o‘zgarib, aksari, ko‘tarinki ruhda bolalar, ularda o‘zlaridan yosh bolalarga xos hislatlar saqlangan bo‘ladi. Ko‘proq kayfiyati past bo‘lib mayus tortib yuradigan bolalar, ularda vazifani mustaqil hal qila olmaslik, tashabbus ko‘rsata olmaslik, qo‘rqish holatlari ko‘riladi. Miyaga aloqador organik harakterdagi yana shu ikki xil infantilizm ko‘p holatlarda qator qo‘shimcha hodisalar bilan birga davom etadi.Bularga quyidagilar kiradi: Serebral-endokrin infantilizm. Bunda asosan ichki sekresiya bezlari faoliyati buzilgan bo‘ladi.Natijada bolalarda his-tuyg‘ular yaxshi rivojlanmay nevropatiya holatlari yuzaga keladi. Bolaning uyqusi, ishtahasi yaxshi bo‘lmaydi, dislepsiya holatlariga moyillik paydo bo‘ladi. Serebrastenikholatlar, bular ham tez-tez uchrab turadi. Markaziy nerv sistemasi tez charchaydi, neyrodinamiko‘zgarishlar kuzatiladi. Natijada aqliy qobiliyati susayib, xotira pasayadi, diqqati tarqoq bo‘lib qoladi, tez ta’sirlanish, qiz bolalarda yig‘loqilik, o‘g‘il bolalarda xaddan tashqari qo‘zg‘aluvchanlikkuzatiladi, bola ish qobiliyati past, arzimagan narsaga tez charchaydigan bo‘lib qoladi. Tabiatan nevrozga yaqin holatlar, bular qorong‘udan, yakkalikdan qo‘rqish, o‘zi va atrofdagilar sog‘lig‘i uchun xavfsirash, giperkinezlar, duduqlanish, enurez, kabi hodisalar bilan birga ifodalanadi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling