Boshqa fanlar bilan aloqasi
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar nutqi
Download 0.67 Mb.
|
M. U. Hamidova, maxsus pedagogika
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar nutqi
RRS bolalar nutqi normal bolalarga nisbatan rivojlanish, shakllanish nuqtai – nazaridan birmuncha orqada qoladi. Ularda turli talaffuz kamchiliklari uchrab turadi. Tovushlar talaffuzining buzilishi, tovush obrazlarining yetarli shakllanmaganligi yozish va o‘qishda xatolarga yo‘l qo‘yishga olib keladi. RRS bolalar lug‘at boyligi birmuncha cheklangan bo‘lib, aktiv lug‘ati yetarli rivojlnmagan bo‘ladi. Ular nutqidagi mavjud tushunchalar tor, noaniq ba’zan esa noto‘g‘ri bo‘ladi. Grammatik umumlashtirishlar yetarli bo‘lmaganligi sababli, yozuvda turli xil xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar. RRS bolalar nutqini A.Yu.Panasyuk tomonidan 1973 yilda mamlakatimiz tarixiy, milliy, madaniy, ijtimoiy sharoitga moslashtirilgan Veksler metodiksi bilan tekshirganimizda subtestlar ichida “lug‘at” bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqida deyarli so‘z turkumlaridan ot va sifat uchramaydi. Bolalardagi nutqning shakllanish muddati bog‘cha yoshida tugamasdan, boshlang‘ich sinflar davrida ham davom etadi. Bolalar nutqida grammatik qoidalar deyarli ishlatilmydi. Grammatik tushunchalar differensiatsiya qilinmaydi. Ko‘p hollarda ular “harf-tovush”, “bo‘g‘in so‘z”larni chalkashtirib yuboradilar RRS o‘quvchilarning shaxsiy sifatlari maxsus psixologiyada yetarli o‘rganilmagan. RRS o‘quvchilarning qiziqishlari bog‘cha yoshidagi bolalar qiziqishga o‘xshab ketadi. Shuning uchun o‘yin ular uchun asosiy faoliyat rolini o‘ynaydi. Ularning aksariyat 7 yoshda ham maktabga bormasdan bog‘chada qolishni hohlaydi. O‘qishga bo‘lgan qiziqishlarga nisbatan, o‘yinga bo‘lgan qiziqishlari ustunlik qiladi. O‘yinga bo‘lgan qiziqishining ustunlik qilganligi va o‘qishda doimo, muntazam muvaffaqiyatsizlikka uchrab turishi natijasida bu bolalarda o‘qishga nisbatan salbiy munosabat shakllana boradi. O‘z-o‘ziga ishonmaslik xislari shakllanadi. O‘zlarining qobiliyatlarini baholashda haddan tashqari past baholash hollari kuzatiladi. Bu esa, ular shaxsining shakllanib yetishmasligi, hissiyot – iroda faoliyatlarida o‘quv faoliyati uchun zarur bo‘lgan bilish ehtiyojlarining shakllanmaganligida o‘z ifodasini topadi. Aksariyat hollarda, RRS o‘quvchilarda intellektual faollik, qiziqishlar yetarli bo‘lmaydi. RRS o‘quvchilar faoliyati o‘rganilganda, ularning o‘z faoliyatlarini yetarli rejalashtira olmasligi, xatti-harakatlarning normal bolalarga nisbatan qo‘zg‘aluvchanligi, o‘z-o‘zini nazorat qilish saviyasining pastligi, o‘z imkoniyatlarini yetarli baholay olmasligi va faoliyatlarini maqsad sari yo‘naltirishning yetarli emasligi ma’lum bo‘ldi. G.I.Jarenkova RRS bolalar faoliyatini tekshirib, ularni 3 guruhga bo‘ladi. Birnchi guruh: barcha RRS o‘quvchilarning deyarli yarmini tashkil qilib, har qanday faoliyatga sekin kirishadigan, lekin ishga kirishganan keyin, ma’lum vaqt samarali ishlaydigan o‘quvchilarni o‘z ichiga oladi; Ikkinchi guruh: RRS bolalarning 32,3% ini tashkil qilib, asosan charchaydigan o‘quvchilardan ibora bo‘ladi. Bu guruhga kiruvchi o‘quvchilar faoliyatga tez kirishadilar. Dastlab, normal ishlab ma’lum vaqt o‘tgach, faoliyat samaradorligi keskin pasayib boradi. Uchinchi guruh: RRS bolalarning 17,7 %iini tashkil qilib, bular ham charchaydigan bolalardan iborat. Turli faoliyatlarga I-guruhga kiruvchi bolalarga nisbatan tezroq kirishadi, ammo ularning ish samaradorligi tezda, keskin pasayib ketadi. Maxsus maktab o‘qituvchilari bu o‘quvchilarning ruhiy xususiyatlarini bilib, ularga nisbatan individual munosabatda bo‘lishlari lozim. RRS bolalar shaxsiy sifatlarning ayrim tomonlari, ular faoliyatining o‘ziga xos tomonlari V.I.Lubovskiy, L.V.Kuznesova, K.S.Lebedinskaya, N.L.Belopolskaya, G.I.Jarenkov, N.A.Menchinskaya, N.A.Julidova, N.N.Afanaseva va boshqalar tomonidan o‘rganilgan va o‘rganilmoqda. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling