Boshqa faoliyatlari natijasida olgan Daromadlari haqidagi ma’lumotlarni kiritish tartibi
O‘zbekistonda jismoniiy shaxslarning deklaratsiya asosida soliqqa tortiladigan
Download 75.32 Kb.
|
15-Mavzu
O‘zbekistonda jismoniiy shaxslarning deklaratsiya asosida soliqqa tortiladigan
daromadlari tarkibi Deklaratsiya – soliq idoralariga soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar tomonidan topshiriladigan va o‘z ichiga daromadlar hamda daromadlar bilan bog‘liq xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni aks ettiradigan, soliq to‘lovchining hisoblangan soliqlarni ixtiyoriy ravishda va belgilangan vaqtda davlat byudjetiga to‘lashga majbur etadigan hujjat hisoblanadi. Soliq kodeksiga ko‘ra jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi haqidagi deklaratsiya quyidagi hollarda soliq organlariga topshiriladi: a) mulkiy daromad, fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqqi tariqasida olingan daromad (agar bunday daromadlarga to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa); b) asosiy bo‘lmagan ish joyidan (O‘zbekiston Respublikasidagi, shuningdek uning hududidan tashqaridagi manbalardan) daromad olgan jismoniy shaxslar tomonidan (asosiy bo‘lmagan ish joyidagi mehnat to‘lovi bo‘yicha daromad oluvchi jismoniy shaxs buxgalteriyaga eng yuqori stavka bo‘yicha daromadidan soliq ushlab qolinishi haqida ariza topshirganlar bundan mustasno); v) rezident - chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan; g) grant olgan jismoniy shaxslar tomonidan daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha organning tegishli xulosasini ko‘rsatgan holda; d) mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olayotgan jismoniy shaxslar deklaratsiyalashning dastlabki va yakuniy deklaratsiya bo‘yicha alohida belgilangan tartibda amalga oshiradi; ye) jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida o‘zi yoki 26 yoshgacha bo‘lgan farzandining ta’lim olish uchun yo‘naltiriladigan daromadlari deklaratsiya qilinishi mumkin; j) O‘zbekiston Respublikasi Хalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yo‘naltiriladigan summalariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni deklaratsiya asosida qo‘llashi mumkin. Jismoniy shaxslar doimiy istiqomat joyidagi davlat soliq xizmati organlariga jami yillik daromadlari haqida deklaratsiyani quyidagi muddatlarda taqdim etishlari kerak: asosiy bo‘lmagan ish joyidan daromad olgan rezident - jismoniy shaxslar hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay; rezident - chet ellik jismoniy shaxslar nazarda tutilayotgan daromadlar haqida - O‘zbekiston Respublikasiga kelgan kundan boshlab bir oy mobaynida belgilangan shaklda. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to‘lash chog‘ida deklaratsiya topshirish orqali soliqlar quyidagi muddatlarda to‘lanadi: a) asosiy bo‘lmagan ish joyidan daromad olgan rezident - jismoniy shaxslar - jami yillik daromad haqidagi deklaratsiya ma’lumotlari bo‘yicha hisobot yilidan keyingi yilning 1 iyunidan kechikmay, yil mobaynida qayta hisoblanganda esa - deklaratsiya davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan kundan e’tiboran bir oy ichida; b) jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari hisoblab chiqarilgan daromad solig‘ini xorijiy davlatda joylashgan bank hisobvarag‘idan chet el valyutasida to‘lashi mumkin. Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan, milliy valyutada ifodalangan soliq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga ko‘ra, mualliflik haqi tariqasida olingan, asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan va chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar yillik 90
deklaratsiya qilinishi lozim. Ammo, keyingi yillarda Respublikamizda ikki va undan ortiq joydan daromad oluvchi jismoniy shaxslar daromadlarini nazorat qilishda bir qancha kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Bulardan eng asosiylari, jismoniy shaxslar tomonidan deklaratsiyalarni o‘z muddatlarida topshirmaslik, soliq agentlari tomonidan soliq xizmati idoralariga ma’lumotlarni to‘liq bermaslik kabilarni ko‘rsatish mumkin. Ko‘plab o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, soliq idoralariga deklaratsiya topshirish uchun kelgan jismoniy shaxslar o‘zlarining asosiy ish joylaridan yillik daromadlari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etganlarida, o‘rindoshlik asosida ishlagan tashkilotlaridan daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnomalarning joylardagi soliq idoralariga kelmaganligini e’tirof etishmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq, mehnat haqi shaklidagi daromadni hisoblash, undirish va davlat byudjeti daromadlariga o‘tkazib berish ish beruvchi yuridik shaxslar – soliq agentlari zimmasiga yuklatilgan. Shu sababli, jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiya asosida soliqqa tortishda soliq agentlarining faoliyatini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bugungi kunda soliq agentlari o‘z vazifalarini bajarishda oldingi yillarga nisbatan mas’uliyati oshganligini alohida ta’kidlash mumkin. O‘z muddatida soliq idoralariga ma’lumotlar topshirmagan yuridik shaxslar ulushi kamaygan. Download 75.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling