Boshqa faoliyatlari natijasida olgan Daromadlari haqidagi ma’lumotlarni kiritish tartibi
Download 75.32 Kb.
|
15-Mavzu
“Deklaratsiya” ATda boshqa faoliyatlari natijasida olgan Daromadlari haqidagi ma’lumotlarni kiritish tartibi. REJA 1. Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishda deklaratsiyalash uslubini joriy etishning ahamiyati va zaruriyati 2. O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning deklaratsiya asosida soliqqa tortiladigan daromadlari tarkibi 3. Daromadlarni deklaratsiya asosida soliqqa tortishning huquqiy-uslubiy asoslari 4. Jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiya asosida soliqqa tortish tizimini tahlili 1. Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishda deklaratsiyalash uslubini joriy etishning ahamiyati va zaruriyati Iqtisodiyotni erkinlashtirish davrida fuqarolarning jami yillik daromadlarini deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va uni xalqaro andozalar asosida takomillashtirish davr talabiga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 5 sentabrdagi «Jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiyalash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish to‘g‘risida»gi Farmonida fuqarolarning shaxsiy mulkiga tajovuz qilish yoki ularning huquqi va erkinliklarini cheklash kabilarga barham berish maqsadida, daromadlarni deklaratsiyalash mexanizimini ishlab chiqish va amalga oshirish chog‘ida fuqarolarni konstitutsiyaviy va mulkiy huquqlari buzilishiga, ularni daromadlari va mol – mulki miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor etilishiga, fuqarolarning xususiy turmushiga hamda boshqa suiste’molchiliklar va xuquqbuzarliklarga qat’iyan yo‘l qo‘yilmasligi masalasi ko‘rsatib o‘tilgan. Mansabdor shaxslar jismoniy shaxslarning daromadlari va mol – mulki bilan bog‘liq hamda hujjatlardan foydalanish tartibini buzgan xollarda ular javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortilishi qonuniy asosda yaratilgandir. Daromadlarni deklaratsiyalash tizimini yaratish bo‘yicha chet el tajribasini chuqur o‘rganishni, aholini tegishli tarzda tayyorlashni, zarur qonunchilik va me’yoriy negiz qabul qilinishini, butun bir tashkiliy chora–tadbirlar majmui amalga oshirilishi talab etilishini hisobga olgan holda, Respublikamizda deklaratsiyalash tizimini bosqichma–bosqich 2002-2005 yillar oralig‘ida joriy etildi. Shu bilan bir vaqtda soliq organlariga jismoniy shaxslarni daromadlarini deklaratsiyalash tizimi joriy etulgunga qadar fuqarolarning daromadlarini ixtiyoriy ravishda, deklaratsiyalash tizimini puxtalashtirish bo‘yicha tanlab olish yo‘li bilan tajriba tariqasida ish olib borish, shuningdek ularning javobgarlik choralarini, jumladan, zarur ma’lumotlarni taqdim etmaganlik va daromadlarni yashirganlik uchun qonunchilikda ko‘zda tutilgan jazolarni qo‘llash choralarini belgilash huquqi berildi. Hozirgi vaqtda amaldagi qonunchilikka muvofiq, jismoniy shaxslar asosiy ish joyidan tashqaridan olayotgan daromadlar, shuningdek jismoniy shaxs tomonidan uni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda bir marotabalik operatsiyalar (savdo, ish yoki xizmatlar)ni amalga oshirishdan olgan daromadlari deklaratsiya qilinishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu Farmoniga muvofiq, fuqarolarning o‘z jamg‘armalarini banklarga qo‘yishni rag‘barlantirish, pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanishini kamaytirish choralari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida, fuqarolarning davlat tijorat banklaridagi depozit hisobvaraqalariga qo‘yiladigan naqd mablag‘lari deklaratsiya qilinmaydi va ularning kelib chiqish manbalarini tasdiqlash talab etilmaydi. Respublikada jismoniy shaxslarning jami daromadlarini deklaratsiyalash tizimini joriy etilishi daromadni oshkoralashtirish imkoniyatini belgilaydi, yashirin iqtisodiyot yo‘liga g‘ov solib, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yana ham qulayroq sharoitlarni yaratishga ko‘maklashadi, sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlarini shakllantirishni ob’ektiv va zarur sharti hisoblanadi. 86
Хorijiy mamlakatlarda mavjud bo‘lgan deklaratsiyalash tizimining asosiy sharti, bir tomondan, o‘z daromadlari va ularning manbalari to‘g‘risida odamlarning o‘zlari ixtiyoriy ravishda ma’lumot berishlaridir. Ikkinchi tomondan, deklaratsiya, mol-mulk xarid qilishga sarflangan pul mablag‘larining manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmaslik uchun, o‘z daromadlarini atayin kamaytirib ko‘rsatganligi yoki ularni yashirganligi uchun iqtisodiy jazo va jarimalarning qonun yo‘li bilan mustahkamlangan, xatto, jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan kuchli tizimi mavjuddir. Fuqarolarning daromadlarini deklaratsiyalash, yashirin iqtisodiyotga pul mablag‘larining noqonuniy aylanishiga, korrupsiya va poraxo‘rlikka hamda iqtisodiy sohadagi boshqa jinoyatlarga qarshi kurashda ta’sirchan vositalardan biri hisoblanadi. Respublikada xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish, kichik biznesni rivojlantirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, mehnatga haq to‘lashdagi cheklashlarni bekor qilish, korxonalarning xo‘jalik faoliyatiga davlat nazorat idoralarining aralashuvini kamaytirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan aholi daromadlarini hisobga olish, daromadlarning qonuniyligini hamda soliqlar bekamu ko‘st to‘langanligini nazorat qilish mexanizmini takomillashtirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqdaki, bu ham daromadlarni deklaratsiyalash tizimini joriy etish zarurligini taqozo etadi. Shuni qayd etib o‘tish kerakki, hozirgi vaqtda amaldagi qonunchilikka muvofiq quyidagi jismoniy shaxslar deklaratsiya topshirishlari shart: - asosiy ish joyidan tashqaridan daromad olayotganlar; - yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda bir marotabalik operatsiyalar(savdo, ish, xizmatlar)ni amalga oshirishdan daromad oluvchilar; - chet ellik rezident jismoniy shaxslar. Respublikada jismoniy shaxslarning jami daromadlarini deklaratsiyalash tizimining joriy etilishi, fuqarolarning daromadlarini oshkoralashtirish imkoniyatini belgilaydi, yashirin iqtisodiyot yo‘liga g‘ov bo‘lib xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulayroq sharoitlarni yaratishga ko‘maklashadi. Fuqarolar jami yillik daromadlarini deklaratsiyalash tizimining joriy etilishi bozor munosabatlarini shakllantirishning ob’ektiv va zarur sharti xisoblanadi. Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi: - to‘lov manbaida ushlab qolish; - deklaratsiya asosida soliqqa tortish.
talablaridan kelib chiqqan holda amaldagi soliq qonunchiligini tahlil qilib, uni yanada soddalashtirish, turdosh soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini kamaytirish, bevosita va bilvosita soliqqa tortishni optimallashtirish, soliqqa tortishning samarali tartiblarini amaliyotga tadbiq etish jismoniy shaxslarning moliyaviy faoliyatidagi muhim masalalar jumlasiga kiradi. 87
Mamlakatda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning bugungi kungi ustuvor vazifalariga muvofiq ravishda soliq siyosatini tobora erkinlashtirib borish, jismoniy shaxs maqomidagi sub’ektlar soliq yukini kamaytirish, ularni soliqqa tortish tartiblarini soddalashtirish, bir bazadan olinadigan soliqlarni unifikatsiya qilish kabi masalalarni hal qilishni anglatadi. Shu bilan birga, soliq to‘lovchi sub’ektlarda ma’suliyat va soliqlarning maqsadli yo‘naltirilganligini anglashni shakllantirish kabi vazifalarga erishish lozim. Ya’ni, soliq majburiyatlariga nisbatan ongli yondashishni ko‘chaytirilishi soliqqa oid qonunbuzarliklarning oldini olish imkonini beradi. Respublikada byudjet daromadlarining asosiy manbai sifatida bilvosita soliqlardan fiskal ustuvor foydalanilayotgan bo‘lsa, bevosita soliqlar xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy faoliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Хususan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasini pasaytirilishi, shuningdek ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar uchun soddalashtirilgan tizimda qo‘llaniladigan yagona soliq to‘lovidan imtiyozlar berilishi ularning faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, bundan kutilayotgan maqsad sub’ektlar faoliyatini rivojlanishi, soliqqa tortiladigan bazani kengayishi natijasida byudjet daromadlari barqarorligini ta’minlashdir. Тahlillarning ko‘rsatishicha, mamlakatda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarida bevosita soliqlar stavkasining pasaytirilishi uning davlat byudjeti daromadlaridagi ulushining kamayishiga olib kelmoqda.Soliqlar yukini o‘sishi soliqlarning byudjetga o‘z vaqtida to‘lanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, qarzdorlikni o‘sishiga olib keladi. Download 75.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling