Boshqa faoliyatlari natijasida olgan Daromadlari haqidagi ma’lumotlarni kiritish tartibi


«Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlarini deklaratsiyalash»


Download 75.32 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi75.32 Kb.
#1539615
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15-Mavzu

«Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlarini deklaratsiyalash»
dasturiy mahsuli 
Ushbu dasturiy mahsul davlat soliq inspeksiyalarida jismoniy shaxslarning asosiy va asosiy 
bo‘lmagan ish joylaridan olgan daromadlari haqidagi ma’lumotlarni kompyuter bazasiga kiritish, 
qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan natijalarni ShHVlarga o‘tkazish, jismoniy shaxslarning jami 
yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya blankalarini, shuningdek barcha zaruriy hujjatlarni chop 
etish uchun mo‘ljallangan. 
DSIlarda jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari haqidagi ma’lumotlar dastur 
yordamida kompyuter bazasiga kiritiladi va soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash markaziga
yuboriladi. Ushbu yuborilgan ma’lumotlar avtomatik ravishda saralanib, jismoniy shaxslarning 
yashash manziliga qarab tegishli DSIlarga yetkazib beriladi. 
.“Soliq deklaratsiyalarini elektron tarzda topshirish” dasturiy mahsuli haqida umumiy 
tushuncha. 

“Soliq deklaratsiyalarini elektron tarzda topshirish” dasturiy mahsuli orqali jismoniy 


shaxslarning jami yillik daromadlari to`g`risidagi deklaratsiyani elektron ko`rinishda jo`natish, 
qabul qilish va qayta ishlash xizmatlarini web texnologiyalari orqali amalga oshirish imkonini 
beradi. 
Elektron soliq deklaratsiyasini jo`natish, qabul qilish va qayta ishlash xizmatining 
mazmuniga quyidagilar kiradi: 
elektron soliq deklaratsiyalarini shakllantirish, elektron raqamli imzo bilan imzolash
shifrlash va elektron hujjat ko`rinishida soliq idoralariga jo`natish; 
soliq organlari tomonidan elektron soliq deklaratsiyalarini qabul qilish, ro`yxatga olish va 
qayta ishlash;
elektron hujjat ko`rinishida soliq deklaratsiyalarini yuborgan soliq to`lovchilarga, ularni 
qabul qilinganligi yuzasidan tasdiqnoma yuborish, shu jumladan, belgilanmagan shaklda taqdim 
etilgan hisobotlar yuzasidan yozma bildirishni jo`natish; 
soliq to`lovchi tomonidan, yozma bildirish olingandan so`ng, belgilanmagan shaklda taqdim 
etilgan soliq deklaratsiyalarini qaytadan to`g`ri shakllantirish va o`rnatilgan tartibda elektron hujjat 
ko`rinishida soliq idoralariga jo`natish; 
elektron ko`rinishda taqdim etilgan deklaratsiyani amaldagi qonunchilikda belgilangan 
muddatlar davomida saqlash. 

Download 75.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling