Boshqa faoliyatlari natijasida olgan Daromadlari haqidagi ma’lumotlarni kiritish tartibi


 Daromadlarni deklaratsiya asosida soliqqa tortishning huquqiy


Download 75.32 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi75.32 Kb.
#1539615
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15-Mavzu

3. Daromadlarni deklaratsiya asosida soliqqa tortishning huquqiy
va uslubiy asoslari

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilikka muvofiq, hozirgi vaqtda jismoniy 


shaxslarning asosiy ish joyidan tashqarida olayotgan daromadlari, mulkiy daromadlari, agar unga 
to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa, mualliflik haqi shaklidagi daromadlari, asosiy bo‘lmagan 
ish joyidan olingan moddiy naf tarzidagi daromadlar, ikki yoki undan ko‘p manbadan olingan 
daromadlari, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari, 
soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlari deklaratsiya qilinmoqda. Jismoniy 
shaxslarnining jami daromadlarni deklaratsiya asosida soliqqa tortishning huquqiy asosi sifatida 
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston 
Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 8 yanvardagi 
«Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
PQ-1257-sonli Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 21 maydagi «Davlat soliq xizmati 
organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 98-sonli 
Qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom» 
hamda boshqa qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining jami yillik daromadlarini 
aniqlash va ularni deklaratsiya asosida soliqqa tortish qoidalarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2002 yilda qabul qilingan “Jismoniy 
shaxslarning jami daromadini deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq 2002-2005

yillarda jismoniy shaxslarning jami 


daromadini deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish ko‘zda tutilgan. Ushbu 
Farmonga muvofiq, jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiya qilish tizimi 2003 yil 1 
yanvaridan boshlab olingan daromadlari bo‘yicha amalga oshirilish belgilab berilgan edi. Ushbu 
Farmonning qabul qilinishi jismoniy shaxslarning jami daromadini deklaratsiya asosida soliqqa 
tortishning huquqiy asosini belgilab berdi. Jismoniy shaxslarning jami daromadini deklaratsiyalash 
mexanizmini ishlab chiqish va amalga oshirish paytida fuqarolarning konstitutsiyaviy va mulkiy 
huquqlari buzilishiga, ularning daromadlari va mol-mulki miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
oshkor etilishiga, fuqarolarning shaxsiy turmushiga aralashishga hamda boshqa suiiste’molchiliklar 
va huquqbuzarliklarga qat’iyyan yo‘l qo‘yilmaydi. Jismoniy shaxslarning daromadlari va mol-mulki 
bilan bog‘liq axborot hamda hujjatlardan foydalanish tartibini buzishga yo‘l qo‘ygan mansabdor 
shaxslar javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga xorijiy mamlakatlarda jismoniy shaxslarning daromadlarini 

91 
91 


deklaratsiyalash tajribasini chuqur o‘rganish hamda ularni inobatga olgan holda deklarantlar 
tomonidan o‘z daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ixtiyoriy ravishda taqdim etilishini 
rag‘batlantirish mexanizmini, shuningdek ularning javobgarlik choralarini, jumladan, zarur 
ma’lumotlarni taqdim etmaganlik va daromadlarni atayin yashirganligi uchun qonunchilikda ko‘zda 
tutilgan jazolarni qo‘llash choralarini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan edi. O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari, chet el 
iqtisodiy tuzilmalari va ekspertlarini jalb etgan holda ikki oy muddatda «Jismoniy shaxslarning jami 
yillik daromadini deklaratsiyalash to‘g‘risida» Qonun loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga kiritish vazifasi yuklatildi. 2003 yilning 1 iyuliga qadar O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzurida jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilgan 
daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni hamda deklaratsiyalash bilan bog‘liq boshqa axborotni 
qayta ishlash Markazini tashkil etish va uni zarur texnika bilan jihozlash ko‘zda tutilgan edi. 2003 
yilning 1 sentabriga qadar soliq organlariga ma’lumotlarni elektron vositalar yordamida taqdim 
etish hamda soliq nazoratini amalga oshirish maqsadida ularga ishlov berish imkonini yaratadigan 
dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish va ulardan tajriba tariqasida foydalanish ko‘zda tutilgan edi. 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 187-moddasiga asosan soliq agentlari soliq davri 
tugaganidan so‘ng o‘ttiz kun ichida davlat soliq xizmati organlariga Soliq kodeksining 189-
moddasida nazarda tutilgan daromadlar olgan jismoniy shaxslar to‘g‘risida, belgilanadigan 
shakldagi ma’lumotnoma taqdim etishi shart. Unda quyidagilar aks ettiriladi: 
Soliq to‘lovchining - jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami; soliq to‘lovchining 
familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi manzili; o‘tgan soliq davri yakunlari bo‘yicha 
daromadlarning umumiy summasi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab 
qolingan umumiy summasi; soliq agentining identifikatsiya raqami; soliq agentining nomi, 
joylashgan manzili. 
Soliq agentlari Kodeksining 45-moddasiga asosan soliq hisoboti bilan birga “Тo‘langan 
daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalari to‘g‘risida”gi 
ma’lumotlarni yuridik shaxs hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. 
Yuridik shaxslar soliq hisobotlari bilan birga daromadlar olgan jismoniy shaxslar to‘g‘risida 
ma’lumotnomani o‘z hohishlariga ko‘ra quyidagicha taqdim etishga haqli: shaxsan olib borib berish 
tartibida; pochta orqali buyurtma xat bilan; telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat 
tarzida. 
Soliq hisobotini davlat soliq xizmati organiga taqdim etish sanasi quyidagilardir:
- soliq hisoboti shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etilganda; 
- soliq hisoboti davlat soliq xizmati organi tomonidan qabul qilib olingan sana; 
- soliq hisoboti pochta orqali buyurtma xat bilan taqdim etilganda - aloqa tashkilotining tamg‘asida 
ko‘rsatilgan, pochta jo‘natmasi jo‘natilgan sana;
- soliq hisoboti elektron hujjat tarzida taqdim etilganda - elektron hujjat davlat soliq xizmati organi 
tomonidan olingan sana. 
Agarda, soliq agenti – yuridik shaxs mansabdor shaxslar tomonidan ushbu ma’lumotlar 
taqdim etilmagan, o‘z vaqtida taqdim etilmagan yoki belgilanmagan shaklda taqdim etilgan 
taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 175-moddasi 1-
qismiga asosan eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda hamda xuddi 
shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir 
etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga 
sabab bo‘ladi.
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlarining ayrim manbalarini deklaratsiyalashda 
o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 
a) Grant olgan jismoniy shaxs daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirayotganda 
grant bo‘yicha olingan daromad summasini, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 
miqdorini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan 
fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha organning tegishli xulosasini 
ko‘rsatadi. 

92 
92 


Soliq kodeksining 22-moddasiga muvofiq, grant deganda - davlatlar, davlatlarning 
hukumatlari, xalqaro va chet el hukumatiga qarashli tashkilotlar, shuningdek O‘zbekiston 
Respublikasi hukumati belgilaydigan ro‘yxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari 
tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga, O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, fuqarolarning 
o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga beg‘araz asosda beriladigan mol-
mulk, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga beg‘araz asosda beriladigan mol-mulk 
tushuniladi.
Хalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, shuningdek ilmiy-texnika hamkorligi 
sohasidagi xalqaro shartnomalar doirasida bevosita jismoniy shaxs grant beruvchidan yoki yuridik 
shaxsdan - grant oluvchidan olingan grant summasi soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarning 
jami yillik daromadiga kiritilmaydi. Ushbu imtiyozni qo‘llash uchun grant oluvchi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 
olingan pul mablag‘lari, moddiy-texnik resurslarning ajratilgan grantlarning maqsad va vazifalariga 
muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasini taqdim etishi kerak.
Olingan grant summasi deklaratsiya blankasining I bo‘lim 4-bandining jadvalida 
ko‘rsatiladi. Тegishli xulosa mavjud bo‘lganda, u soliqni hisoblab chiqarishda deklaratsiyani IV 
bo‘limining jadvalida hisobga olinmaydi. Deklaratsiyani topshirish paytida qo‘mitaning xulosasi 
mavjud bo‘lmagan taqdirda olingan grant summasi jami yillik daromadga kiritilishi va unga 
belgilangan tartibda jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq solinishi lozim. 
Тegishincha, u hisob-kitoblar qilinayotganda deklaratsiya IV bo‘limining jadvalida hisobga olinadi. 
b) Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olayotgan jismoniy shaxslar uchun 
deklaratsiyalashning dastlabki va yakuniy deklaratsiya bo‘yicha amalga oshiriladigan alohida tartibi 
belgilangan dastlabki deklaratsiyani - shunday daromadlar yuzaga kelgan kundan e’tiboran bir oy 
o‘tgach, besh kunlik muddatda, agar bu daromadlarga jismoniy shaxslar daromadlariga to‘lov 
manbaida solinadigan soliq solinmagan bo‘lsa;
yakuniy deklaratsiyani - o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 15 yanvariga qadar. 
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar olish tugagan taqdirda jismoniy shaxs doimiy 
yashash joyidagi davlat soliq xizmati organini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi. Dastlabki 
deklaratsiya faqat mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlardan to‘lov manbaida soliq 
ushlanmagan bo‘lsa taqdim etiladi. Тaqdim etgan deklaratsiya natijasida olinadigan daromad 
solig‘ining yillik summasi hududiy soliq organlari xodimlari tomonidan haqiqatda olingan 
daromadlar bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar oladigan 
jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini taqdim etilgan dastlabki 
deklaratsiya asosida har oyda daromad olingan oydan keyingi oyning beshinchi kunigacha 
to‘laydilar. Bir yilda hisoblab chiqarilgan soliq summasi va yil davomida to‘langan soliq summasi 
o‘rtasidagi farq soliq to‘lovchidan undirilishi yoki qaytarilishi deklaratsiya taqdim etgan yilning 15 
martidan 
kechiktirmasdan 
amalga 
oshiriladi. 
Mol-mulkni 
ijaraga 
berishdan 
oladigan 
daromadlaridan soliq to‘lov manbaida ushlanadigan jismoniy shaxslar tugagan yildan keyingi 
yilning 1 aprelga qadar jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiyani taqdim etishlari kerak.
Jismoniy shaxs mulkiy huquqlarda tegishli bo‘lgan bino xonalarini yuridik shaxsga ijaraga 
berganda yuridik shaxs ijaraga beruvchiga ijara haqi summasini ijara shartnomasiga asosan 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini ushlagan holda o‘tkazadi. Mazkur holda 
jismoniy shaxs dastlabki deklaratsiyani taqdim etmaydi. Jami yillik daromadi bo‘yicha taqdim 
etilgan deklaratsiya natijasida, yil davomida to‘langan soliq summasi o‘rtasida farq mavjud bo‘lgan 
taqdirda, u soliq to‘lovchidan 1 iyundan kechiktirmasdan undiriladi yoki unga qaytariladi. 
Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga belgilangan shkala bo‘yicha jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinishini hisobga olganda, jismoniy shaxslar ijara 
shartnomasida ulardan soliq eng yuqori stavkada ushlanishi shartini nazarda tutishlari mumkin. 
Ushbu holda boshqa daromad manbalari, masalan, asosiy ish joyida mehnatga haq to‘lash tarzidagi 
daromad mavjud bo‘lgan va uning mulkiy daromadidan soliq to‘lov manbaida eng yuqori stavkada 
ushlangan taqdirda, jismoniy shaxs jami daromad to‘g‘risida deklaratsiyani taqdim etmaydi. 

93 
93 


c) Bir martalik deklaratsiyani taqdim etish tartibi: 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
1997 
yil
23 oktyabrdagi «Тadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va 
yig‘imlarni undirishni tartibga solish to‘g‘risida»gi 483-sonli Qaroriga muvofiq jismoniy shaxs 
tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan 
daromad (savdo, ishlar, xizmatlar) olgan holda bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda ularga 
soliq organlariga daromadlari haqida bir martalik deklaratsiya taqdim etish huquqi berilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 5 sentabrdagi «Jismoniy shaxslarning 
jami daromadini deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi PF-3127-sonli Farmonida amaldagi qonunchilikka muvofiq, hozirgi vaqtda jismoniy 
shaxslar asosiy ish joyidan tashqarida olayotgan daromadlar, shuningdek jismoniy shaxs tomonidan 
uni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmagan holda bir marotabalik 
operatsiyalar (savdo, ish, xizmatlar)ni amalga oshirishdan oladigan daromadlari deklaratsiya 
qilinishi lozimligi ma’lumot uchun qabul qilingan. 
Yuqorida qayd etilgan me’yoriy hujjatlar talablaridan kelib chiqqan holda, bir martalik 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan jismoniy shaxs doimiy yashash joyidagi Davlat 
soliq inspeksiyasiga ikki nusxada (bir nusxasi soliq to‘lovchiga, ikkinchi nusxasi Davlat soliq 
inspeksiyasiga) yoki faoliyat ko‘rsatayotgan hududda joylashgan (doimiy yashash joyidan boshqa 
tuman (shahar)da) Davlat soliq inspeksiyasiga uch nusxada (bir nusxasi soliq to‘lovchiga, qolgan 
ikki nusxasi Davlat soliq inspeksiyasiga) ariza bilan taxmin qilayotgan daromadi va xarajatlari 
haqidagi bir martalik deklaratsiyani taqdim etadi. 
Jismoniy shaxslardan bir martalik deklaratsiyalar faqat davlat soliq inspeksiya binosida 
qabul qilinadi va rasmiylashtiriladi. Jismoniy shaxs taqdim etayotgan bir martalik deklaratsiyada 
ko‘rsatilgan barcha ma’lumotlar aniq va to‘liq aks ettirilgan bo‘lishi shart. Jumladan: 
fuqaroning ismi-sharifi, manzilgohi, pasport ma’lumotlari; faoliyat turi va sotiladigan tovar 
(ish, xizmat) hajmi; daromad, xarajat, sof daromad; faoliyat ko‘rsatiladigan manzilgoh (tuman, 
ko‘cha, uy); mo‘ljallanayotgan muddat; deklaratsiya topshirilgan sana, fuqaroning imzosi va 
hokazo. 
Bir martalik deklaratsiya taqdim etuvchi jismoniy shaxs arizasida ushbu ma’lumotlar to‘liq 
bo‘lgan holdagina, DSI boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari ko‘rsatmasi (rezolyutsiya)ga asosan soliq 
inspektori deklaratsiyani qabul qilib, daromad solig‘i miqdori hisoblanadi va soliq inspektorning 
ismi-sharifi ko‘rsatilib imzolanadi.
Hisoblangan daromad solig‘i bo‘yicha jismoniy shaxsga to‘lov xabarnomasi yozib beriladi 
va shaxsiy hisobvaraqasi ochilib, unga qayd qilinadi. Jismoniy shaxs hisoblangan daromad solig‘ini 
to‘lagach (kvitansiya taqdim etilganda), soliq idorasi unga deklaratsiyaning nusxasini topshiradi. 
Bir martalik operatsiyaning amal qilish muddati uning tugallanish muddati bilan 
chegaralanadi va deklaratsiyada aniq ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyatini bu 
shaklda amalga oshirayotgan shaxslarga ushbu deklaratsiyadagi faoliyat ko‘rsatish muddati 
uzaytirilmaydi. Bir martalik deklaratsiya asosida tadbirkorlik faoliyati amalga oshirayotgan 
shaxslardan o‘z faoliyatlarini umumiy tartibda hujjatlashtirish talab qilinmaydi. Тadbirkor shaxs 
sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan jismoniy shaxs bojxona orqali mahsulot olib o‘tmoqchi 
bo‘lgan vaqtda yoki nomiga kelgan mahsulotni rasmiylashtirayotganda, bir martalik 
deklaratsiyalarni yashash joylardagi soliq idoralariga, bojxona joylashgan tuman soliq idoralariga 
yoki tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilayotgan hudud soliq idoralariga taqdim etishlari mumkin. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
2004 
yil
12 avgustdagi «Тijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslarni 
ro‘yxatdan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 387-sonli va 2004 yil 2 
sentabrdagi « Тijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs 
bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va import 
operasiyalari sub’ektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi to‘grisidagi Nizomni tasdiqlash 
haqida»gi 413-sonli Qarorlarida ko‘zda tutilgan tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan import 
tovarlarini olib kelib, savdo-sotiq ishlarini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarga «Bir martalik 

94 
94 


deklaratsiya» berilmaydi. Mavsumiy ishlar, hayit kunlari va Navro‘z bayrami oldidan – holva va 
sharq shirinliklari, yangi yil oldidan – archa o‘yinchoqlari va uni bezatgichlar va shunga o‘xshash 
boshqa faoliyatlar bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ko‘p bo‘lmagan miqdorda sotilgan taqdirda 
«Bir martalik deklaratsiya»lar beriladi. Shuningdek, respublikaning dehqon bozorlarida yilning 12 
oyi davomida qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan savdo - sotiq ishlarini amalga oshiruvchi jismoniy 
shaxslar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tibfaoliyat yuritadilar, ammo bir 
marotaba kam miqdorda savdo - sotiq ishlari bilan shug‘ullagan taqdirda «Bir martalik 
deklaratsiya»lar berilishi mumkin. 
Bir martalik operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy shaxsning yonida shaxsini 
tasdiqlovchi hujjat, davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan bir martalik deklaratsiya va 
uning asosida hisoblangan daromad solig‘i miqdorini to‘laganlik haqida kvitansiya bo‘lishi lozim. 
Agar ushbu tartib buzilgan taqdirda, fuqaroga tadbirkor shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan 
jismoniy shaxs deb qaralib, ushbu jismoniy shaxsga nisbatan qonunda belgilangan choralar 
qo‘llaniladi.
Bir martalik deklaratsiya taqdim etgan holda faoliyat yuritgan jismoniy shaxslar daromad 
va xarajatlari yuzasidan hisobot yuritib, yil yakuni bo‘yicha daromadlari to‘g‘risida jami yillik 
daromadi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim qilishlari shart. Agarda asosiy ish joyidan tashqarida 
boshqa daromad manbaiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs bir martalik deklaratsiya taqdim qilib, 
eng yuqori (maksimal) stavkada soliq to‘lagan bo‘lsa, u holda ushbu shaxs jami yillik deklaratsiyani 



Download 75.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling