Boshqa faoliyatlari natijasida olgan Daromadlari haqidagi ma’lumotlarni kiritish tartibi
Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni axborot –hisobga olish tizimi dasturiy mahsulini
Download 75.32 Kb.
|
15-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni hisob ma’lumotlar bazasi dasturini texnik tasnifi
Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni axborot –hisobga olish tizimi dasturiy mahsulini
“Jismoniy shaxslarni administratori” moduli Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni hisob ma’lumotlar bazasi dasturiy mahsulini asosiy maqsadlari quyidagilardir: • soliqlarni yig‘ish bo‘yicha soliq, inspektorlarning ish faoliyatini DSQning hamma pog‘onalarida yanada samarali bo‘lishini ta’minlash; • har bir soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan soliqar bo‘yicha aniq ma’lumotlarni ko‘rsatish; • turli foydalanuvchilarning haqiqiy va to‘la ma’lumotlari bilan DSQda hamda undan tashqarida ta’minlash; • ma’lumotlardan kelajakda foydalanish uchun, ularni himoya qilish. Тexnik jihatdan amalga oshirish talabi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Soliq hujjatlarini yig‘ish va hisob hamda normativ-ma’lumot axborotlarini uzatish tizimi. DSQ ma’lumotlarni qayta ishlash tizimiga kirish uchun axborot terminali. Ma’lumotlarni qayta ishlash modulining arxiv-qidiruv tizimi. Himoya tizimi. Soliq hujjatlarini yig‘ish va hisob hamda normativ-ma’lumot axborotlarini uzatish tizimining asosiy funksiyalari. Birlamchi hujjatlar tizimga xabarni uzatish (uzatish - birlamchi hujjat yoki hujjatlar to‘plami) usuli orqali tushishi kerak, bunda yuqori xavfsizlik kafolatlangan hamda birlamchi hujjatlarning kirish tezligini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni hisob ma’lumotlar bazasi dasturini texnik tasnifi Davlat Soliq Qo‘mitasi ma’lumotlarini ishlashning yagona kompyuter tizimiga bo‘lgan asosiy texnik talablari quyidagilardan iborat: 99
Davlat Soliq Qo‘mitasi ma’lumotlarini ishlashning yagona kompyuter tizimi DOS, Windows, MAC OS va serverlardan UNIХ hamda Microsoft Windows NТ boshqaruvi ostidagi ishchi stansiyalardan foydalanishi, bunda global, taqsimlanadigan ma’lumotlar bazasi, tarmoq printerlari, skanerlar va boshqa periferik qurilmalar boshqaruvini ta’minlashi kerak. Dastur ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va kerakli axborotni qidirish uchun zarur samaradorlikka ega bo‘lgan maksimal tezlikni saqlashi kerak. Dastur qog‘oz uzatkichlar, fakslar, tasvirlar, ASCII va binar ma’lumotlari yoki ovoz ma’lumotlari ko‘rinishidagi istalgan ma’lumot bilan samarali ishlashni tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Dastur ofis ilovalari, qidiruv tizimlari, shuningdek keng masshtabli ilovalarni kliyent- server muhitidan foydalangan holda yaratish imkoniyatini ta’minlaydi. Dastur ma’lumotlarga kirishning operativligini ta’minlashi kerak, bu o‘z navbatida hujjatlarni kartoteka, jildlardan qidirish bilan bog‘liq bo‘lgan qog‘ozli texnologiyani bartaraf etish imkoniyatini beradi. Ma’lumotlar omborining ishonchliligini ta’minlovchi dasturiy vosita sifatida ORACLE ma’lumotlar ombori serveri imkoniyatlari va boshqa maxsus vositalardan foydalaniladi. ORACLE ma’lumotlar omborini boshqarish va tasvir hamda boshqa katta ikkilik ob’ektlarini (BLOBs) saqlash imkoniyatlarini birlashtiradi. ORACLE ma’lumotlar omborining bitta rekvizitining o‘lchami 2G baytgacha bo‘lishiga imkon yaratadi. Shunday qilib, hujjatlarning o‘lchamiga chegaralar bo‘lmaydi, unda tizim osti optik disklarining xotirasini birlashtirish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Download 75.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling