Boshqa sanoat sohalarda raqamli transformatsiya


Download 1.27 Mb.
bet2/6
Sana29.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1399847
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Boshqa sanoat sohalarda raqamli transformatsiya

Biznesning raqamli texnologiyalariga o’tishi unchalik qo’rqinchli emas. Ba'zida hatto eng kichik harakat ham katta foyda keltiradi va buni kundalik hayotda ko’p uchratish mumkin. Quyida raqamli transformatsiyaga misollar keltirilgan:  Raqamli bank operatsiyalari;  Xarid uchun raqamli kuponlar;  Xaridor uchun sodiqlik kartasi  “bos va ol” formatidagi xizmatlar;  O’ziga xizmat ko’rsatish funlsiyasiga ega mijozlarning onlayn-hisobi.

Korxonalar zamonaviy texnologiyalarni qo'llagan holda an'anaviy aloqalarni raqamli aloqa bilan tezda almashtirmoqdalar. O'zgarishlarni qabul qiladigan va moslashuvchan korxonalar muvaffaqiyat qozonish imkoniyatiga ega hisoblanadi. Buning sababi shundaki, raqamli transformatsiya biznesning barcha jabhalarini qamrab oladi va raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish bilan birga ularni takomillashtirishning samarali usullarini taklif qiladi. Buning uchun quyidagi vazifalar bajariladi:

Jarayonni takomillashtirish: Yangi texnologiyalar korxonalarga oddiy jarayonlarni avtomatlashtirishga va murakkab jarayonlardagi oraliq bosqichlarni yo'q qilishga imkon beradi. Bu korxonalarning moslashuvchanligini oshiradi, ular endi o'z kadrlar resurslaridan ancha samarali foydalana oladilar.

Yangi daromad manbalarini izlash: Yangi texnologiyalar paydo bo'lishi bilan, ishlashning yangi usullari izlab topialdi. Mijozlarga jarayonga jalb qilish orqali xizmat ko'rsatish: bugungi mijozlar korxonalardan ularning fikrlarini tinglashlarini va o'ziga xos ehtiyojlarini qondirishlarini kutishadi. Zamonaviy texnologiyalar asosida bu muammolarni hal qilish mumkin. Raqamli ma'lumotlardan samarali foydalanish uchun korxonalar yangi paydo bo’lgan texnologiyalarni sotib olib joylashtirishi, sinovdan o'tkazishi va foydalanishi kerak

Har bir korxonada raqamli transformatsiya jarayoni turlicha bo’lishiga qaramay, barcha uchun umumiy bo'lgan jarayonlar mavjud:

Korxonaning barcha biznes ehtiyojlarini inobatga olgan holda reja tuzish: raqamli transformatsiya jarayonining boshida rivojlanish yo'nalishlarini, shuningdek, ushbu rivojlanishga yordam beradigan texnologiyalar majmuini aniqlash juda muhim. Shu bilan birga, korxonalar o'z resurslarining inventarizatsiyasini o'tkazishi, modernizatsiya qilishni talab qiladiganlarni ajratib ko'rsatishi kerak. Bu bosqichda, hatto biznesning yangi ehtiyojlariga javob beradigan loyihalarni birinchi o'ringa qo'yish, shuningdek, raqamli transformatsiyaga to'sqinlik qilishi mumkin bo'lgan kamchiliklarni aniqlash mumkin.


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling