Xodimlarga yangi texnologiyalar bilan ishlashni o'rgatish: Bu jarayon murakkab bo'lishi mumkin, chunki an'anaviy biznes modellarda xodimlar ko'p yillar davomida ishlatilib kelinayaotgan aniq tizimlarni bilishlari kerak edi. Raqamli transformatsiyaning muvaffaqiyatli bo’lishida samaradorlikka erishish uchun xodimlar ish jarayonidagi har qanday o'zgarishlarga tayyor bo'lishi kerak. Bu tayyorlik ijodiy fikrlash qobiliyatini, yangi texnologiyalardan foydalanishni samarali bilishni anglatadi. Eskirgan texnologiyalardan voz kechish: ko'pincha korxonalar mablag’ni endi daromad keltirmaydigan va bozorda talab qilinadigan raqamli jarayonlarni qo'llamaydigan eskirgan texnologiyalarni qo'llash va saqlash uchun sarflaydilar. Bueski texnologiyalarni yangilash qiyinligi va juda qimmatga tushishi bilan asoslanadi. Eski texnologiyalarni saqlab qolish korxonaning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Eski texnologiyalarni saqlash uchun foydalanish osonroq, mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini oshiradigan hamda ma'lumotlarni tahlil qilishni tezlashtiradigan yangi texnologiyalarga nisbatan ko’p mablag’ sarflanadi 1. Qo'lda bajariladigan jarayonlarni raqamli shaklga o'tkazish. Raqamlashtirish intellektual texnologiyalarni mavjud biznes jarayonlariga integratsiyalashni talab qiladi. Avval analog hujjatlar va aktivlarni raqamli ma'lumotlarga aylantirish kerak. Keyin jarayonlarni optimallashtirish usullarini topish kerak. Misol uchun, mavjud qurilmalar va mashinalarni Internet tarmog'iga integratsiya qilish uchun ularni shlyuzlar va sensorlar bilan ta'minlash kerak. 2. Aqlli texnologiyalarni amaliyotda joriy etish. Sun’iy intellekt, mashinali ta’lim va kengaytirilgan analitika kabi texnologiyalar murakkab ma’lumotlar tahlili, real vaqt rejimini avtomatlashtirish va o‘qitishning murakkab algoritmlarini qo‘llashga ruxsat beradi. Biroq, faqat texnologiya yetarli emas. Analitik axborot va imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish uchun kompaniyalar xodimlarning ushbu intellektual texnologiyalardan to’liq foydalanishlari va ish jarayonida maksimal natijaga erishish uchun yangi texnologiyalar bo’yicha o’qitish va o’rgatish kurslarini tashkil etishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |