Boshqarish ob’ekti, boshqarish tizimi. Boshqarish algoritmi
Download 0.81 Mb.
|
1 maruza
Bu yerda to`rtburchakdan tashqariga yo`naltirilgan o`q {y(t)} chiqish jarayoni, tashqaridan to`rtburchakka yo`naltirilgan o`qlar {u(t),f(t)} esa kirish jarayonlarining belgilaridir. To`rtburchakning o`zi jarayonlar orasidagi mavjud bog`lanishni bildiradi. Ob’ektning chiqishi odatda boshqariluvchi, ya’ni qandaydir tarzda o`zgartirilishi lozim bo`lgan, jarayon hisoblanadi. Kirishlar esa chiqish jarayonini o`zgarishiga sabab bo`ladigan jarayonlardir. Kirishlar ikki xil bo`ladi. Birinchisi, masalan u(t), shunday jarayonlarki, ularni istalgan tarzda o`zgartirish mumkin. Bunday kirishlarga boshqaruvchi kirish, yoki boshqaruvchi jarayon deyiladi. Ikkinchi xil kirishlar chiqishga ta’sir etadi, biroq uni o`zini istalgancha o`zgartirib bo`lmaydi. Bunday kirishlarga galayonlantiruvchi jarayonlar deyiladi.Boshqarish ob’ektining chiqish parametrlari boshqarish maqsadi bilan chambarchas bog`liqdir. Aslini olganda, boshqarish maqsadi bu chiqishlar, yoki ulardan birining o`zgarishi bo`yicha bizning istagimizning ifodasidir.Boshqarish ob’ektining chiqish parametrlari boshqarish maqsadi bilan chambarchas bog`liqdir. Aslini olganda, boshqarish maqsadi bu chiqishlar, yoki ulardan birining o`zgarishi bo`yicha bizning istagimizning ifodasidir.Yuqorida keltirilganlardan hulosa chiqadiki, ob’ektni boshqarish ob’ekti sifatida ifodalash deganda uning chiqish va kirishlarini tayinlash va belgilash, hamda boshqarish maqsadini ifodalash tushuniladi.Masalan avtomobilni ko`raylik. Avtomobildan foydalanishning asosiy maqsadi bir joydan boshqa joyga yetib borishdir. Bu holda ob’ektning chiqishlari, ya’ni boshqariluvchi jarayon, sifatida avtomobilning joriy koordinatalari, tezligi, yo`nalishi ko`rilishi lozim. Unda boshqaruvchi kirish sifatida rul va pedallarning holatlari tanlanishi mumkin. Nihoyat, g`ildiraklar yo`lga ishqalanish kuchlari, yo`lda uchraydigan notekisliklar, piyodalar va h.k. g`alayonlantiruvchi kirishlar bo`ladi.Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling