Boshqarishda axborot va kommuikatsuya


Hujjatlar bilan ishlash jarayoni


Download 113.5 Kb.
bet6/7
Sana30.04.2023
Hajmi113.5 Kb.
#1413897
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshqarishda axborot va kommuikatsuya

Hujjatlar bilan ishlash jarayoni.
Korxonada jo’natiladigan hujjatlar chiqish korrespondensiyasi deyiladi. Har bir hujjatda indeks bo’lishi shart. Bu narsa boshqa muassasalarbilan yozishmalarda ularni ko’rsatish hamda delolarda va arxivda ularni qidirib topish imkonini beradi.
Hujjatlar muayyan oqimda harakat qiladi, hujjatlar oqimi deganda hujjatlarning belgilangan izchillikda tayyorlangan paytdan boshlab korxonadan jo’natilgunga qadar yoki arxivga topshirilgunga qadar harakat tushuniladi.




  • Nominal belgi – bunda hujjatlar vazifasiga yoki nomiga ko’ra (hisobtlar, aktlar, qarorlar va h.k.) birlashtiriladi.

  • Xronologiya belgi – bunda hujjatlar calendar davlatlari bo’yicha guruhlanadi.(oylar, yillar bo’yicha hisobotlar).

  • Korrespondensiya belgisi – bunda hujjatlar kelish manbalari (vazirliklar qumitalar, birlashmalar, konsernlar va h.k.)ga ko’ra birlashtiriladi.

  • Yo’nalishlar bo’yicha – bunda hujjatlar yo’nalishlar (fan – texnik kengashining, mahsus ilmiy qarori va h.k.) bo’yicha birlashtiriladi.

  • Geografik belgi – bunda hujjatlar bir shahar yoki tumanda bo’lgan korxona, tashkilotlar bo’yicha guruhlanadi.




Ma’lumki, kishilar bir xil ma’lumotni o’zlarining bilim darajalari, hayotiy tajribalari, qiziqish doiralari, extiyojlari, hissiy tushularning turlichaligidan o’zlaricha turlicha talqin qiladilar va qabul qiladilar. Bu o’rinda rahbar bilan bo’ysunuvchi o’rtasidagi munosabat ham muhim rol o’ynaydi. Bir- biriga ishonch va o’zaro bir-birini anglash bor joyda axborot ko’lami kengayadi, ularning aniqligi oshadi, javobgarlik ham bir xilda bo’ladi.
Aloqa kapitallarining haddan tashqari ko’payib ketish ham kommunikasion jarayonga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday muammo axborotlarni qayta ishlash va ularni uzatish vositalarning yetishmovchiligi yoki ularning nomukammalligi oqibatida sodir bo’ladi.
Xulosa
Ma’lumki, kishilar bir xil ma’lumotni o’zlarining bilim darajalari, hayotiy tajribalari, qiziqish doiralari, extiyojlari, hissiy tushularning turlichaligidan o’zlaricha turlicha talqin qiladilar va qabul qiladilar. Bu o’rinda rahbar bilan bo’ysunuvchi o’rtasidagi munosabat ham muhim rol o’ynaydi. Bir- biriga ishonch va o’zaro bir-birini anglash bor joyda axborot ko’lami kengayadi, ularning aniqligi oshadi, javobgarlik qam bir xilda bo’ladi.
Ma’naviy (semantik) to’siq uzatilayotgan axborotni kodlashtirishda qo’llanilgan belgi (simvol)larning axborotni qabul qiluvchilar didlariga (ularning lavozimlari, mavqyelari, mintalitet, milliy urf-odatlari nuqtai nazardan) mos tushmaganligida namoyon bo’ladi.
Simvol (belgi)lardan tashqari axborotlar bilan almashuv chog’ida noverbal, ya’ni ogzaki yoki so’zda emas, balki imo-ishoralar, masalan, chehra, savlat, vajohat, tovushning o’zgarib turishi kabilar ham bajaruvchiga aytiladigan so’z mohiyatini tubdan o’zgartirilgan holda yetkazilishiga sabab bo’lishi mumkin. Ruhshunoslarning fikricha, so’z bilan aytiladigan axborotning 90 % gacha qismi so’z orqali emas, balki noverbal yo’l bilan qabul qilinar ekan.
Agar rahbarlar kommunikatsiyaning mazmuni va mohiyatini tushunmasalar va unga ahamiyat bermasalar, tashkilotning strukturasida uzilishlar yuz berishi mumkin.Shu sababli kommunikatsiya jarayonining har bir bosqichida informatsiya o’z mahnosini o’zgartirmay tezkor harakat qilishini tahminlash zarur.Faqat teskari aloqa vositasi orqaligina rahbarlar tashkilotning turli bo’limlari, quyi boshqarish pog’onalari, ishlab chiqarish jarayoni va umuman turli xil xatti harakatlar to’g’risida informatsiyaga ega bo’ladilar.
Bularsiz tashkilotning keyingi holatini aniqlab bo’lmaydi. Teskari aloqada qabul qiluvchi va uzatuvchi o’z o’rinlari bilan almashadilar va bunda qabul qiluvchi yetkazilgan informatsiyani qanday tushungani, unga munosabati (reaksiyasi)ni bildiradi.Teskari aloqa yordamida informatsiya almashish jarayoni samaradorligi oshadi va shovqinlar kamayadi. Yomon o’rnatilgan teskari aloqa va informatsiyani qabul qilishni bilmaslik (masalan, tinglashni) samarali kommunikatsiyaga to’siq bo’ladi. Odatda kommunikatsiyalarning samaradorligini oshirish uchun teskari aloqaning shakllanishi rag’batlantiriladi. Teskari aloqada bo’ysunuvchilar rahbariyatning xatti-harakatlari, tashkilot maqsadlariga erishish yo’llari, mahsulot sifatini oshirish, tarkibiy o’zgarishlar va boshqa masalalarga o’z fikr va mulohazalarini yuqoriga bildirish imkoniga ega bo’lishlari kerak.

Download 113.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling