Davlat sektori, funksiyalari ushbu izohga mos keluvchi tuzilmaviy birliklarni o‘z ichiga oladi. Davlat boshqaruv sektorlari quyidagilardan iborat:
- huquqiy jihatdan butun davlat hududida kuchga ega bo‘lgan markaziy hukumat;
- davlat hududining bir bo‘lagida markaziy hukumatga bog‘liq bo‘lmagan holda vakolatga ega bo‘lgan shtatlar, viloyatlar, xududlar hokimiyati;
- turli kichik ma’muriy birliklar hududida mustaqil vakolatga ega bo‘lgan mahalliy boshqaruv organi;
- faqat davlat hududida soliqqa tortish va davlat xarajatlari sohasidagi ba’zi funksiyalarni bajaruvchi har qanday milliy boshqarmalar.
3. Davlat boshqaruv organlarining operatsiyalar hisobi
Kassa tamoyili. Davlat Moliya statistikasi ma’lumotlarini to‘plash bo‘yicha Xalqaro Valyuta Fondi (XVF)ning normalari tomonidan davlat operatsiyalarini qayd qilishda kassa tamoyili: tushumlar va to‘lovlar to‘lov amalga oshirilayotgan paytda qayd qilish kerakligi uchun qo‘llaniladi.
Agar qilingan haridorlar yoki olingan daromad qarz majburiyatlari harakteriga ega bo‘lsa, operatsiyalarning turli qismlari turli bitimlar sifatida ko‘rsatiladi.
Konsolidatsiya. Davlat moliya statistikasi ma’lumotlari tayyorlashda davlat sektori ichidagi birliklararo operatsiyalarni va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan umumiy kategoriyalar qatorida barcha operatsiyalarni birlashtirish maqsadga muvofiqdir. Asosiy e’tibor, markaziy hokimiyat operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plashga qaratiladi, qaysiki ular hisobot davri tugashi bilan davlat boshqaruv sektorining boshqa subsektorlari operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlarga ko‘ra etib keladi, shuningdek, ular katta chastotaga ega bo‘lib, batafsil yoritilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, markaziy hokimiyat o‘zining mohiyati bo‘yicha boshqa subsektorlardan ustun turuvchi, soliq-byudjet nuqtai nazaridan qaraganda davlat boshqaruv sektorining eng asosiy subsektorlar hisoblanadi.
4. Davlat boshqaruv organlari operatsiyalarining tavsiflanishi
Ushbu bo‘limda DBO operatsiyalarini tasniflashning nazariy asoslari statistik tizimning asosiy kategoriyalari bo‘yicha yoritilgan: daromadlar, olingan transfertlar, xarajatlar, sof kreditlash, minus qarzlar to‘lovi va moliyalashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |