a) Asosiy chegaralanishlar
To‘lov va bir yoqli operatsiyalar. To‘lov operatsiyalari o‘z ichiga tovar, xizmatlar to‘lovi, mulkdan foydalanish yoki unga nisbatan egalik huquqning qo‘lga kiritish, shuningdek, amaliy xizmatlar to‘lovini oladi. Bir yoqli operatsiyalar – masalan, soliq daromadi u yoki bu shakldagi bevosita to‘lovsiz to‘lov va tushumlarni o‘z ichiga oladi.
Joriy va kapital. Kapital tovarlar deb ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan va kelajakdagi daromadlar va joriy iqtisodiy farovonlikka ta’sir ko‘rsatuvchi, 1 yildan ortiq xizmat muddatiga ega bo‘lgan tovarlarga aytiladi.
Moliyaviy aktivlar va passivlar. Bunday chegaralash fiskal hisoblardagi aktiv va passivlar assimetriyasi sababli zarur. Garchi, davlat zayomlari davlat moliyaviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lsa-da, bazi davlat kreditlari, odatda, likvidlikni boshqarish uchun emas, balki siyosiy maqsadlarga erishish uchun ishlatiladi. Ba’zan DBOlarida moliyaviy aktivlarni likvidlikni boshqarishda ishlatiladi, masalan, “qarzlar to‘lash fondlari” (maxsus zahiralar) va ijtimoiy ta’minotning ba’zi tizimlarida ishlatilmoqda.
b) Daromadlar
Daromadlar o‘z ichiga barcha qaytmas tushumlar, shuningdek, tovar va xizmatlar to‘lovi va bir yoqli tushumlarni oladi, boshqa davlat va xalqaro tashkilotlardan olingan transfertlar bundan mustasnodir.
v) Olingan transfertlar
Olingan transfertlar bir yoqli, qaytarilmas, DBO va xalqaro tashkilotlardan nomajburiy tushumlar sifatida izohlanadi.
g) Davlat xarajatlari va kreditlarning bashorati
Endogen omillar davlat xarajatlari, yirik iqtisodiy darajalari kattaligini aniqlovchi hisoblanadi.
5. Davlat daromadlari va transfertlarning tahlili
a) Soliq tushumlari
Soliq turlarini rejalashtirishda soliq bazalari va soliq o‘rtasidagi o‘zgarishlarni e’tiborga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |