Boshqarma mustaqil tarkibiy tuzilma bo’lib, u o’quv ishlari bo’yicha prorektorga bo’ysunadi


Download 55.9 Kb.
bet2/10
Sana19.01.2023
Hajmi55.9 Kb.
#1101681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nizom

2.13. Universitet shtatidagi va soatbay professor-o’qituvchilarning o’zaro tajriba almashishlarini ta’minlash maqsadida ochiq darslar tashkil qiladi.
2.14. Universitet Kengashi va O’quv-uslubiy kengashi qarorlarini o’quv jarayoniga joriy etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
2.15. Bitiruv ishlari, magistrlik dissertastiyalari ҳimoyasi bo’yicha barcha tashkiliy ishlarni rejalashtiradi. Davlat attestastiya komissiyasi (DAK) ishini tashkil etish bo’yicha zaruriy ҳujjatlarni tayyorlaydi va ularni universitet bo’linmalari, dekanatlar va kafedralarga etkazadi, DAK ishini nazorat qiladi, DAK ҳisobotlarini o’z vaqtida bajarilishini va Boshqarmaga topshirilishini talab qiladi.
2.16. Universitet kafedralarining kabinet mudirlari, dekanatlar kotibalarining o’quv-uslubiy faoliyatini boshqaradi, ularning ish ҳujjatlarini yuritishlari va meҳnat intizomiga rioya etishlarini nazorat qiladi.
2.17. Kafedra professor-o’qituvchilarining zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar ҳamda chet tillar bo’yicha malakasini oshirish maqsadida seminarlar tashkil etadi.
2.18. Universitet kafedralari, fakultet dekanatlari o’quv-uslubiy faoliyatini doimiy nazorat qilib boradi, o’quv-uslubiy ishlarini yaxshilash bo’yicha takliflar beradi va universitet O’kuv-uslubiy ҳamda Kengashlari muҳokamasiga kiritadi.
2.19. Talabalarning dekanatdagi shaxsiy ҳujjatlari, o’zlashtirish qaydnomalarini va shu kabi boshqa ҳujjatlarni to’g’ri rasmiylashtirilishini doimiy nazorat qilib boradi.


III. Boshqarmaning ҳuquqlari va majburiyatlari.


3. Boshqarma o’z zimmasiga yuklangan vazifalar va funkstiyalarni bajarish uchun quyidagi ҳuquqlarga ega:
3.1. Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o’quv rejalari va fanlar dasturlari yangilanayotganda ushbu me’yoriy ҳujjatlar loyiҳalarini tayyorlash bo’yicha topshiriqni mutaxassislik kafedrasi va tegishli dekanatlarga berish, shuningdek, boshqa tarkibiy bo’linmalardan boshqarma faoliyatiga taalluqli materiallar va ma’lumotlarni ҳamda ijrosini so’rab olish;
3.2. universitet faoliyatini samarali olib borilishida munosib ҳissa qo’shgan, yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini ko’rsatgan boshqarma xodimlarini rag’batlantirish yuzasidan universitet raҳbariyatiga takliflar kiritish;
3.3. Ҳar o’quv yilida kafedralar ҳamda tegishli dekanatlarga ishchi o’quv rejalari va fanlarning o’quv va ishchi o’quv dasturlarini tayyorlashga topshiriq berish;
3.4. Fakultetlar va kafedralardan tasdiqlatish uchun ishchi o’quv rejalar, fanlarning ishchi dasturlari, professor-o’qituvchilarning shaxsiy ish rejalarini olish;

Download 55.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling