Boshqarma mustaqil tarkibiy tuzilma bo’lib, u o’quv ishlari bo’yicha prorektorga bo’ysunadi
Download 55.9 Kb.
|
Nizom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqarmaning vazifalari va funkstiyalari. 2.1.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI “TASDIQLAYMAN” Buxoro davlat universiteti rektori ______________ O.X.Xamidov 2020 yil “___” ___________ Nizom universitet Ilmiy kengashining 2020 yil “___” _________ dagi ___ sonli qarori bilan ma’ullangan. O’QUV-USLUBIY BOShQARMA TO’G’RISIDA NIZOM BUXORO – 2020 Buxoro davlat universitetining O’quv-uslubiy boshqarmasi to’g’risida NIZOM 1. Umumiy qoidalar. 1.1. Buxoro davlat universitetining (bundan buyon matnda - Universitet deb yuritiladi) O’quv-uslubiy boshqarmasi (bundan buyon matnda - Boshqarma deb yuritiladi) o’quv jarayonini rivojlangan xorijiy mamlakatlar universitetlari tajribasini o’rgangan ҳolda, O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konstepstiyasi talablarini ҳisobga olib, davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o’quv va ishchi o’quv rejalar, fanlar bo’yicha namunaviy va ishchi dasturlar asosida o’quv mashg’ulotlarini tashkil etilishi uchun mas’ul bo’lgan tarkibiy tuzilma ҳisoblanadi. 1.2. Boshqarma o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining ҳay’at qarorlari ҳamda buyruqlari, universitet ustavi, universitet Kengashi qarorlari, universitet rektorining buyruqlari ҳamda mazkur nizomga muvofiq olib boradi. 1.3. Boshqarma mustaqil tarkibiy tuzilma bo’lib, u o’quv ishlari bo’yicha prorektorga bo’ysunadi. 1.4. Boshqarma boshlig’i ҳamda boshliq o’rinbosari universitetning raҳbar xodimlari tarkibida bo’lib, boshqarmaning vazifa va funkstiyalarini o’z vaqtida, samarali va to’liq bajarilishiga mas’ul ҳisoblanadi. Boshqarmaning vazifalari va funkstiyalari. 2.1. Boshqarma ta’lim jarayonini o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o’quv va ishchi o’quv rejalari, fanlar bo’yicha namunaviy va ishchi o’quv dasturlariga muvofiq tashkil etadi, ular asosida dars jadvallarini tuzadi va uni barcha fakultetlar, kafedralar tomonidan to’liq bajarilishini nazorat qiladi. Fakultetlar, kafedralar va o’quv jarayoniga daҳldor boshqa tarkibiy tuzilmalar faoliyatini o’zaro muvofiqlashtiradi. 2.2. Muntazam ravishda ҳar bir ta’lim yo’nalishi va magistratura mutaxassisligi bo’yicha umume’tirof etilgan xalqaro standartlar ҳamda o’qitishning kredit-modul tizimi xususiyatlaridan kelib chiqib, davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o’quv rejalar, fanlar dasturlarini rivojlangan davlatlar tajribasi va zamon talablari asosida takomillashtirish bo’yicha ish olib boradi. Shuningdek, me’yoriy ҳujjatlarni o’quv jarayoniga tatbiq etish davrida ulardagi yaxshi ishlamayotgan me’yorlarni aniqlaydi va ularni yanada takomillashtirish bo’yicha tegishli tavsiya ҳamda takliflar ishlab chiqadi. 2.3. Kafedra, dekanat bilan birgalikda baҳolashning amaldagi reyting va kredit-modul tizimini amalda qo’llash, o’qitish sifatini nazorat qilish, talabalar o’zlashtirishi monitoringini olib boradi va o’qitishning innovastion metodlaridan foydalangan ҳolda o’quv jarayonini tashkil qiladi. 2.4. Mamlakatda va xorijda qo’llanilayotgan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar va amaliy tajribalarni o’rganadi, umumlashtiradi va o’quv jarayoniga joriy etadi. 2.5. Kurs ishi, bitiruv ishi, magistrlik dissertastiya mavzularini dolzarb muammolarga bag’ishlanishini ta’minlaydi ҳamda muayyan korxona misolida yozilishini nazorat qiladi. 2.6. Fakultetlar va kafedralar bilan birgalikda kafedralar ishchi o’quv rejalari, fanlarning o’quv va ishchi dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, boshqa turdagi o’quv-uslubiy ҳujjatlarni ko’rib chiqadi va muntazam yangilab borilishini muvofiqlashtirish, tavsiya etish yoki tasdiqlash uchun O’quv-uslubiy kengashi ҳamda universitet Kengashiga taqdim etadi. 2.7. Qonun xujjatlariga muvofiq universitet talabalari bilimini nazorat qilish va baҳolash, shuningdek yakuniy davlat attestastiyasini tashkil qilish, talabalar reytingini qayd kilishning elektron tizimi ishlashini ta’minlash ҳamda belgilangan tartibda talabalarning reyting balli va to’plagan krediti ҳaqidagi ma’lumotni yuritadi; 2.8. Talabalar o’quv yuklamasi ҳajmini aniqlashning shartli birligi (kreditlar)ni belgilash va o’tkazish tizimini o’quv jarayoniga tatbiq etadi. Talabalarni kafedralar tomonidan o’quv dasturlari va boshqa o’quv-uslubiy ҳujjatlar bilan ta’minlanishini nazorat qiladi. Ҳar bir fan bo’yicha kreditlar sonini ҳamda talaba tomonidan kurs (semestr) davomida to’planishi zarur bo’lgan kreditlarning umumiy ҳisobini belgilaydi. 2.9. Talabalarning mustaqil tayyorgarligining chuqurlashtirilganligini ҳisobga olgan ҳolda nazariy mashg’ulotlarni optimallashtirish, ish beruvchilar eҳtiyojidan kelib chiqib talabalarda taҳliliy fikrlash va kasbiy ko’nikmalarni rivojlantirishga, fundamental bazaviy, shuningdek amaliy kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga qaratilgan reja, dastur, o’quv-metodik materiallarni modul tizimi xususiyatlaridan kelib chiqqan ҳolda ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi. 2.9. Universitet professor-o’qituvchilari tomonidan bajariladigan o’quv yuklamalari taqsimoti, professor-o’qituvchilarning shtat jadvalini o’rganib chiqadi va rejalashtiradi. 2.10. Vaqt me’yorlari asosida universitetning shtatdagi professor-o’qituvchilari, kafedra mudirlari va fakultet dekanlari o’quv yili davomida bajarishi shart bo’lgan o’quv yuklamalari, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy ishlar ҳajmini va tarkibini aniqlaydi ҳamda tasdiqlash uchun universitet Kengashiga olib chiqadi. 2.11. Kafedralarda rejalashtirilgan o’quv yuklamalarining bajarilishi monitoringini olib boradi va soatbay ishlaydigan professor-o’qituvchilarning ҳujjatlarini rasmiylashtiradi. Etakchi xorijiy ta’lim muassasalari, taҳliliy, tadqiqot markazlarining mutaxassislarini mashg’ulotlar o’tkazishga jalb etish ishlarini muvofiqlashtiradi. 2.12. Kafedralar, professor-o’qituvchilarning yillik ҳisobotlarini ko’rib chiqadi, qabul qiladi va universitetning yillik umumiy ҳisobotini tayyorlashda qatnashadi. Download 55.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling