Boshqarma mustaqil tarkibiy tuzilma bo’lib, u o’quv ishlari bo’yicha prorektorga bo’ysunadi
Download 55.9 Kb.
|
Nizom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.M.Kadirov
- Moliya va iqtisodiyot ishlari bo’yicha prorektor O’.U.Rashidov
- Ilmiy ishlar va innovastiyalar bo’yicha prorektor O.S.Qaҳҳorov
- Xalqaro ҳamkorlik bo’yicha prorektor A.T.Jo’raev
- O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i R.G’.Jumaev
- Xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo’mitasi raisi S.Q.Qaҳҳorov
- Xodimlar bo’limi boshlig’i N.G’.Nusratova
- Katta yuristkonsult A.B.Samadov
- O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘ining asosiy vazifalari
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘ining asosiy vazifalari • o‘quv-uslubiy kengash raisining o‘rinbosari vazifasini bajarish; • o‘quv-uslubiy boshqarma xodimlarining faoliyatini tashkil qilish, boshqarma xodimlariga o‘z vazifalarining ijrosi bo‘yicha uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish va xizmat vazifalarini talab darajasida bajarilishini nazorat qilish; • o‘quv-uslubiy boshqarmaning yillik ish rejasini tuzish; • universitet Ilmiy kengashi ishida ishtirok etish; • o‘quv ishlariga doir Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruq va ko‘rsatmalari, universitet Ilmiy kengashi qarorlarini universitet miqyosida joriy etish bo‘yicha rektor buyruq va farmoyishlari loyihasini tayyorlash; • yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha fanlarning o‘quv-uslubiy adabiyotlar va malakali mutaxassislar bilan ta’minlanish darajasini tahlil qilish ishlarini tashkil etish; • universitet Ilmiy kengashi, dekanlar yig‘ilishiga o‘quv ishlariga doir axborotlar va ma’lumotlarni tayyorlash; • o‘quv-uslubiy ishlarga doir rektor buyruq, farmoyish va ko‘rsatmalarini fakultetlarda ijrosini nazorat qilish; • yangi o‘quv yili o‘quv jarayonini tashkil qilish rejasini tuzadi va uning ijrosi bo‘yicha fakultetlar faoliyatini muvofiqlashtish; • ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yillik ishchi o‘quv rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiq uchun tayyorlash; • universitet bo‘yicha o‘quv yuklamalari hajmi va mavjud shtat birliklari miqdori asosida professor-o‘qituvchilarning lavozimlari bo‘yicha o‘quv yuklamalari me’yorini belgilash va tasdiqdan o‘tkazish; • kafedra ish hajmining professor-o‘qituvchilarga taqsimlanish sifati ustidan nazorat o‘rnatish, bu bo‘yicha kafedra yig‘ilishi qarori asosida rektor buyrug‘i loyihasini tayyorlash; • kafedralar o‘quv yuklamasi va shtat birliklari o‘rtasida muvofiqlik bo‘lishi chorasini ko‘rish, kafedraga shtat ajratish yoki shtatni qisqartirish haqida taklif berish; • fakultetlar taklifi va o‘quv rejalari asosida universitet o‘quv grafigini tuzish va bu bo‘yicha rektor buyrug‘i loyihasini tayyorlash; • “professor-o‘qituvchilar va o‘quv jarayoni haqida talabalar fikrini o‘rganish maqsadida so‘rovnomalar tashkil qilish, fakultetlar tahlilini universitet miqyosida umumlashtirib, xulosa chiqarish ishlarini amalga oshirish; • YADA sinovlari va bitiruv malakaviy ish himoyalarining samarali tashkil etilishini ta’minlash. YADA jarayonida universitet ma’muriyati nazoratini amalga oshirish; • o‘quv-uslubiy jarayonini tashkil etish hamda nazorat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va o‘quv-yordamchi xodimlariga uslubiy yordam ko‘rsatish; • o‘quv-uslubiy jarayonni tashkil etish va nazorat qilish ishlari bo‘yicha fakultet va kafedralar uchun uslubiy ko‘rsatmalar tayorlash ishlarini tashkil qilish; • o‘quv-uslubiy ishlarda o‘ziga berilgan vakolat doirasida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan yoki nuqsonlariga yo‘l qo‘yayotgan professor-o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi xodimlarni taqdirlash yoki jazo choralari ko‘rish haqida belgilangan tartibda taklif kiritish; • vazirlik va boshqa yuqori tashkilotlarga rektor (yoki o‘quv ishlari prorektori) ko‘rsatmasiga asosan so‘ralgan ma’lumotni tayyorlash; • o‘quv jarayoniga oid me’yoriy va ishchi hujjatlarni tahlil qilib borish va takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda taklif kiritish; bu bo‘yicha fakultetlar takliflarini umumlashtish; • boshqarma xodimlarining malakasini va ish unumini oshirish choralarini belgilash, boshqarma faoliyatini takomillashtirish choralarini ko‘rish; • boshqarma Web–saytini takomillashtirish va tegishli ma’lumotlarning vaqtida kiritib borilishini ta’minlash; • boshqarma tarkibini tajribali, ishga ijodiy yondasha oladigan, qat’iyatli va adolatli xodimlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rish; • fakultetlarning o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha yillik hisobotlarni umumlashtirish; • boshqarma xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalarning mehnat va o‘quv intizomlari ustidan nazorat o‘rnatilishini tashkil qilish; • o‘quv ishlari bo‘yicha murojaat, shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqish hamda hal qilish choralarini ko‘rish; • o‘quv ishlari bo‘yicha muammoli vaziyatlarni, tushunmovchiliklarni tahlil qilish va belgilangan tartibda bartaraf etish chorasini ko‘rish; • dekanat va kafedralarning o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha faoliyatini tahlil qilib borishni tashkil etish. Qayd etilgan kamchiliklarning kafedra va dekanatlar tomonidan tuzatilishini nazoratga olish, ularga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish. Download 55.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling