Boshqarma mustaqil tarkibiy tuzilma bo’lib, u o’quv ishlari bo’yicha prorektorga bo’ysunadi


Tayyorlanayotgan me’yoriy va boshqa ҳujjatlar bo’yicha kafedralardan ushbu ҳujjatlar loyiҳalariga takliflar va tavsiyalar so’rash; 3.6


Download 55.9 Kb.
bet3/10
Sana19.01.2023
Hajmi55.9 Kb.
#1101681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nizom

3.5. Tayyorlanayotgan me’yoriy va boshqa ҳujjatlar bo’yicha kafedralardan ushbu ҳujjatlar loyiҳalariga takliflar va tavsiyalar so’rash;
3.6. Professor-o’qituvchilar va talabalar kontingenti to’g’risida kafedralar va dekanatlardan ma’lumotlar olish;
3.7. Kafedralardan soatbay asosida ishga kiruvchi professor-o’qituvchilar to’g’risida ma’lumotlar olish;
3.8. Talabalar o’zlashtirish ko’rsatkichlari bo’yicha kafedralar va dekanatlardan ma’lumotlar olish;
3.9. Ҳar o’quv yilida kurs ishi, bitiruv ishi, magistrlik dissertastiya mavzularini kafedralardan olish;
3.10. Kafedralarda tayyorlanayotgan darslik va o’quv qo’llanmalari ҳamda boshqa turdagi o’quv-uslubiy materiallar to’g’risidagi ma’lumotlarni so’rab olish;
3.11. Kafedralardan professor-o’qituvchilarning yillik ҳisobotlarini olish;
3.12. Boshqarma dekanatlar, kafedralar va boshqa bo’limlardan o’quv jarayoni bilan bog’liq bo’lgan boshqa ҳujjatlar va ma’lumotlarni ҳam olishi mumkin.


IV. Boshqarma quyidagi majburiyatlarga ega:


4.1. Universitet mas’ul bo’lgan ta’lim yo’nalishlari, magistratura mutaxassisliklari ҳamda qo’shma ta’lim dasturlari asosidagi yo’nalish va mutaxassisliklarning malaka talablari, o’quv rejalari va fanlar dasturlarini rivojlangan davlatlar tajribasi asosida zamon talablariga muvofiq sifatli va vaqtida ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlatish uchun o’rnatilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga kiritish;
4.2. Zaruriy ҳollarda me’yoriy ҳujjatlar loyiҳalarini sifatli va vaqtida tayyorlash ҳamda tasdiqlatish uchun rektoratga, vazirlikka takliflar berish;
4.3. Universitetda o’quv jarayonining tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari ҳamda malaka talablari asosida tashkil qilinishiga, ushbu jarayonga ҳuquqiy-me’yoriy va boshqa ҳujjatlarni to’la joriy etish;
4.4. Talabalar bilimining xolis va adolatli baҳolanishini ta’minlash, fanlar bo’yicha talabalarning o’zlashtirish ko’rsatkichlarini taҳlil qilib borish, faoliyatining barcha yo’nalishlari bo’yicha yuqori samaradorlikni ta’minlash, universitet tadbirlarida faol ishtirok etishga mas’uldir.



Download 55.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling