Boshqarma mustaqil tarkibiy tuzilma bo’lib, u o’quv ishlari bo’yicha prorektorga bo’ysunadi


Download 55.9 Kb.
bet4/10
Sana19.01.2023
Hajmi55.9 Kb.
#1101681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nizom

V. Boshqarma tarkibi

Boshqarma tarkibi - boshqarma boshlig’i, boshqarma boshlig’i muovini, uslubchi, o’quv ishlari bo’yicha inspektor, dispetcher, ish yurituvchi lavozimlaridan iborat. Universitet boshqa tarkibiy bo’linmalari va xodimlari tomonidan boshqarma faoliyatiga, ayniqsa, talabalarning bilimini nazorat qilish va baҳolashning xolisligiga to’sqinlik qiluvchi ҳar qanday aralashuv taqiqlanadi. Mazkur qoida universitetning boshqa tarkibiy bo’linmalari va xodimlari tomonidan rektor topshirig’iga ko’ra boshqarma faoliyatining tekshirilishiga nisbatan tatbiq qilinmaydi.




Boshqarma xodimlarining lavozim vazifalari.

Boshqarma faoliyatini universitet rektori tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshqarma boshlig’i raҳbarlik qiladi. Boshqarma boshlig’i universitetdagi o’quv jarayonining aҳvoli va davlat ta’lim standartlari, boshqa me’yoriy ҳujjatlarga rioya etilishi bo’yicha mas’uldir. Boshqarma boshlig’i lavozimiga oliy ma’lumotga ega va oliy o’quv yurti yo’nalishiga mos ҳolda mutaxassisligi bo’yicha ish staji kamida 5 yil bo’lgan shaxslar tayinlanadi.




Boshqarma boshlig’ining lavozim vazifalariga quyidagilar kiradi:



  • boshqarma ishini tashkil qilish, vazifalarni xodimlar o’rtasida taqsimlash, yuklatilgan vazifalarni samarali va o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash;

  • boshqarma xodimlari tomonidan meҳnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya etilishini nazorat qilish;

  • universitet o’quv jarayonini tashkil qilish bilan bog’liq barcha tashkiliy va nazorat ishlarini tashkil etish;

  • universitet kafedralari, dekanatlari va boshqa bo’linmalar o’quv-uslubiy ishlarini nazorat qilish maqsadida tuzilgan komissiyalar tarkibida ishtirok etish;

  • o’quv jarayonini tashkil etishga oid buyruqlar loyiҳasini tayyorlash, ularni tasdiqlash uchun universitet raҳbariyatiga taqdim etish ҳamda ijro etish uchun kafedra va dekanatlarga etkazish;

  • kafedralarning ish rejalarini ko’rib chiqish, ma’qullash, ushbu rejalar ijrosi bo’yicha ҳisobotlarni qabul qilish;

  • kafedralar professor-o’qituvchilari tanlovini, ro’znomalarga e’lon berilishini tashkil etish;

  • professor-o’qituvchilar o’quv yuklamalari taqsimoti va shaxsiy ish rejalarini ko’rib chiqish, ma’qullash, ular ijrosi bo’yicha ҳisobotlarni qabul qilish;

  • o’quv jarayoni ҳolatini o’rganish bo’yicha talabalar orasida anketa so’rovlarini o’tkazishni tashkil etish;

  • universitet bo’yicha yillik o’quv yuklamalari umumiy ҳajmini aniqlash va kafedra mudirlari tomonidan tayyorlangan kafedralar o’quv yuklamalari taqsimotini ko’rib chiqish;

  • dekanat va kafedralardagi texnik xodimlarning meҳnat intizomiga rioya etishlari va ish yuritishlarini nazorat qilish;

  • universitet Kengashi, O’quv-uslubiy kengashlarida o’quv va o’quv-uslubiy jarayonini takomillashtirishga oid takliflarning muҳokama etilishini ta’minlash;

  • o’quv jarayoniga taalluqli bo’lgan universitet rektori buyruqlari, Kengash va O’quv-uslubiy Kengash qarorlarining ijro etilishini nazorat qilish;

  • universitetda o’quv jarayonini yanada yaxshilash, samaradorligini oshirish maqsadida respublika va xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalari, ilmiy muassasalari bilan aloqalar o’rnatish, ulardagi ilg’or tajribalardan foydalanishni tashkil etish;

  • o’quv mashg’ulotlarining boshlanishi, tugallanishi, o’tkazilishi, sifatini nazorat qilish va mashg’ulotlar barbod bo’lgan, kamchiliklar bilan o’tkazilgan ҳollarda tegishli choralar ko’rish bo’yicha rektoratga takliflar berish;

  • talabalar malakaviy amaliyotlarini o’quv rejaga mos ravishda o’tilishini ta’minlash;

  • professor-o’qituvchilarni pedagogik, axborot texnologiyalari, kasbiy maҳorati bo’yicha malaka oshirish ҳamda qayta tayyorlashga yuborish;

  • professor-o’qituvchilar va xodimlarni ta’tilga chiqish jadvallari tuzilishini muvofiqlashtirish;

  • rektor va o’quv ishlari bo’yicha prorektor topshirig’iga binoan tegishli ҳujjatlarni tayyorlash va boshqalar.


Download 55.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling