Boshqarma mustaqil tarkibiy tuzilma bo’lib, u o’quv ishlari bo’yicha prorektorga bo’ysunadi
Boshqarma boshlig’i muovining lavozim vazifalariga quyidagilar kiradi
Download 55.9 Kb.
|
Nizom
Boshqarma boshlig’i muovining lavozim vazifalariga quyidagilar kiradi:
bakalavriat o’quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish bo’yicha vazirlik qaror, buyruq va ko’rsatmalarini universitet miqyosida joriy etilishi ustidan nazorat o’rnatadi; dekanat va kafedralarning o’quv ishlariga doir me’yoriy va ishchi ҳujjatlar bilan taminlanish ҳolati va ularga amal qilinishi ustidan nazorat o’rnatadi ҳamda bu bo’yicha kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko’radi; fanlar bo’yicha o’zlashtirish qaydnomalarning markazlashgan ҳolda ro’yxatdan o’tkazilishini tashkil qiladi; boshqarma xodimlari, dekanat va kafedralarning o’quv-yordamchi xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish sifati ustidan nazorat o’rnatadi; yo’nalishlar bo’yicha o’quv yuklamalari mo’ljalli ҳajmini aniqlaydi; kafedra mudirlari bilan ҳamkorlikda kafedralar o’quv yuklamalari ҳajmini aniqlaydi va kafedra shtatlari miqdori ҳaqida taklif kiritadi; o’quv yuklamalarining o’rnatilgan me’yor asosida lavozimlar bo’yicha adolatli va to’g’ri taqsimlanishini nazorat qiladi va bu bo’yicha kafedralarga uslubiy yordam ko’rsatadi; o’quv jarayoni jadvali bo’yicha fakultetlar takliflarini yig’adi, umumlashtiradi va shu asosda universitet o’quv jadvali loyiҳasini tayyorlaydi; kafedralar o’quv yuklamalari va uning taqsimotining o’quv yili davomidagi o’zgarishi (asosli sabablarga ko’ra) ҳisobini olib boradi, sabablarini aniqlashtiradi va tegishli choralar ko’rish ҳaqida taklif beradi; fakultetlarda o’quv jarayonini tashkil etish sifatini nazorat qiladi bu bo’yicha kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha uslubiy yordam uyushtiradi; o’quv-uslubiy jarayon meyoriy ҳujjatlarining (ishchi o’quv rejalari va ishchi o’quv dasturlari, ish yuritish ҳujjatlari va ҳ.k.) amaldagi talablar asosida tayyorlanishi va belgilangan tartibda tasdiqdan o’tkazilishi bo’yicha fakultetlar va kafedralar faoliyatini muvofiqlashtiradi ҳamda bu bo’yicha uslubiy-amaliy yordam ko’rsatadi; o’quv jarayoni me’yoriy ҳujjatlari mazmuni va sifatining ta’lim standartlari talablariga muvofiq kelish ҳolatining taҳlilini tashkil qiladi va bu bo’yicha fikr-muloҳazalarni universitet miqyosida umumlashtiradi ҳamda shu asosda ushbu ҳujjatlarni takomillashtirish chorasini ko’radi. Download 55.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling