Boshqaruv faoliyati elementlari va ulardan boshqaruv jarayonida samarali foydalanish


Download 455.41 Kb.
bet12/13
Sana07.02.2023
Hajmi455.41 Kb.
#1174149
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
8-mavzu Boshqaruv faoliyati elementlari va ulardan boshqaruv jarayonida samarali foydalanish

Qisqасhа хulоsаlаr


Korxonani boshqarishning mohiyati bir kishining yoki kishilar guruhining (boshqaruvchilar, menejerlar) boshqa kishilarga (xodimlarga) maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarini uyg‘otish uchun ta’sir ko‘rsatishdan iborat.
Keng ma’noda, bu yerda insonlarning o‘zaro kompleks munosabatlari doirasida qarorlarni shakllantirish, ularning harakatlanishi va bajarilishini ta’minlash faoliyatiga xizmat qiluvchi ko‘rsatmalar, jarayonlar va instrumentlar yig‘indisi nazarda tutiladi.

Korxonani boshqarish o‘z ichiga uch aspektni oladi:


  1. Kim kimni” boshqaradi? (institutsional aspekt). Bu aspekt boshqarish masalalari ijrochilarini, xususan, menejerlar va boshqaruv organlarini xarakterlaydi. Boshqa tomondan, shu tarzda kim

boshqarishini, xususan, qarorlar bilan bog‘liq shaxslar va boshqa xodimlarni aniqlaydi.

  1. Boshqaruv “qanday” amalga oshiriladi va boshqaruvchilarga “qanday” ta’sir ko‘rsatadi (funksional aspekt). Bu aspekt, birinchidan, menejerlar va boshqaruv organlari faoliyati va shakllanishini xarakterlaydi. Bu yerda boshqaruvning funksiyalari va shuningdek, menejerlar faoliyatining maxsus xarakteristikalarini (boshqaruv uslublarini) ko‘rib chiqish mumkin. Boshqa tomondan, menenjerning boshqariluvchilarga ta’sir etish munosabatlari xarakterlanadi.

  2. Boshqaruv “nimalar” bilan amalga oshiriladi? (instrumental aspekt). Bu aspekt menejerlar o‘z vazifalarini amalga oshirishda ishlatadigan instrumentlari (boshqaruv instrumentlari)ga taalluqli.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, zamonaviy rahbar ilmiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish bilan birga, u boshqaruv sa’natini mukammal egallagan bo‘lishi, shaxs sifatida insoniy qadriyatlar, urf-odat va atrofdagi odamlarning maqsadlari, niyatlarini to‘liq tushunib etishi, hurmat qilishi lozim.


Nаzоrаt vа muhоkаmа uсhun sаvоllаr


  1. Boshqaruv va uning uslublarini aytib bering.

  2. Boshqaruv taktikasi va strategiyasi va uning vositalarini izohlang.

  3. Rahbar boshqaruv uslublarini asoslang4. Rahbarlik uslublarining qanday turlanishini bilasiz?

  1. Tanqidga qo‘yiladigan asosiy talablar tartibini izohlang.

  2. Zamonaviy rahbar qanday bo‘lishi kerak?




Download 455.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling