Xavfsizlik texnikasiga amal qilgan holda zamonaviy zararsizlantiruvchi eritmalarni tayyorlashni;
Biologik suyuqliklar bilan ishlaganda texnika xavfsizligiga rioya qilishni;
termometriya o‘tkazishni;
ishlatilgan termometrlarni tozalash va saqlashni;
isitmaning turli davrlarida bemorlarga yordam berishni;
pulsni aniqlashni va baholashni;
arterial bosimni o‘lchashni;
nafas olish tezligini sanash, nafas harakatiga baho berishni;
termometriya, pulsni, agterial bosimni o‘lchash atijalarini harorat varaqasiga qayd qilishni;
termometrlarni zararsizlantirish va saqlash qoidalarini.
Bemorlarda me’da – ichak yo‘llarida muammo paydo bo‘lganda yordam ko‘rsatishni;
Bemorlarda siydik chiqarish tizimi muammolari paydo bo‘lganda yordam ko‘rsatishni;
Yumshoq kateter bilan siydik qopini kateterlash va asoratlarni oldini olish;
Ingalyasiya va nafas yo‘llaridagi ajralmalarni so‘rishni Kislorod berish usullarini; Oksigenoterapiya va fizioterapevtik muolajalarni bajarish vaqtida texnika xavfsizligiga rioya qilishni ;
Bemorlarga muzli xaltachalarni qo‘llash usullarini Muolajalar vaqtida bemorlarni kuzatishni;
Fizioterapevtik muolajalarni o‘tkazishga bemorlarni tayyorlashni, xantal, kompress, isitgich va muzli xaltachadan foydalanishni;
Bemorni vanna va dush qabul qilishga tayyorlashni, suvli muolajalarni o‘tkazishda bemorlarni kuzatishni;
kasallik tarixidan ko‘chirma olib talabnoma yozish va hujjatlarni yuritishni;
dori moddalari (A va B guruh preparatlari xamda spirt) uchun talabnoma tuzishni;
bemorga dori moddalarni enteral qabul qilishni o‘rgatishni (og‘iz orqali, til ostiga va rektal yo‘l orqali);
bemorga dori moddalarni tashqi qabul qilishni o‘rgatishni;
dori moddalarni ampula, flakonlardan tortib olishni;
antibiotiklarni eritishni va kerakli miqdorda tortib olishni;
buyurilgan insulin dozasini shprisga tortib olishni;
teri orasiga, teri ostiga, mushak orasiga inyeksiya qilishni;
Bemor balg‘amini turli xil tekshiruvlarga yig‘ish qoidalarini tushuntirishni;
Bemor najasini turli xil tekshiruvlarga yig‘ish va tayyorlash qoidasini tushuntirishni;
Me’dani fraksion usulda zondlash texnikasini, me’da shirasini zondsiz tekshirish usuli (asidotest)ni;
12-barmoq ichakni duodenal zondlash texnikasini;
Bemorni rentgenologik va endoskopik tekshiruvlarga tayyorlashni;
Bemorni ultratovushli tekshiruvga tayyorlashni;
Verbal muloqot ko‘nikmalarini qo‘llagan xolda bemorlar bilan muloqot o‘rnatishni;
Muloqot jarayonida noverbal ko‘nikmalarini qo‘llashni;
kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda shoshilinch yordam berishni;
hamshiralik ishi asoslaridan muolaja bajarish ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak;
“Hamshiralik ishi asoslari” fanidan amaliy ko‘nikmalarni bajarish malakalariga ega bo‘lishi kerak;
-O‘zbekiston Respublikasi SSVning amaldagi buyruqlari bilan tanishish.
-internetdagi yangi ma’lumotlar asosida mavzular bo‘yicha referat va ma’ruzalar tayyorlash;
-o‘quv trenajyor xonasida amaliy ko‘nikmalarni texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda mustaqil bajarish;
-Zoom dasturi asosida axborot texnologiyalaridan foydalanib, mavzularni mustaqil o‘zlashtirish.
|