sodda jonivorlarning sistalarini boyitish yoki yig‘ish, doimiy preparatlarini tayyorlash, konservasiya qilish;
teri ichi allergik sinamasini qo‘yish;
qon parazitlarini topish uchun yo‘g‘on tomchi preparatlarinitayyorlash;
tripanasoma, to‘qima kulturasidagi leyshmaniya, lyambliya, trixomonada, balantidiy, amyobalarning sista va vegetativ formalarini o‘rganish;
toksoplazma, plazmodiylarning qondagi shakllarini (halqa, trofozoit, bo‘linayotgan shizont,) vaqtinchalik mikropreparatlarida ajratish;
odamning sog‘lig‘iga zarar keltiruvchi bo‘g‘imoyoqlilarni farqlash;
kanalarning kolleksiyalarini o‘rganish va ularni ajrataolish;
jadval va preparatlardan foydalanib odamning sog‘lig‘iga zarar keltiruvchi bo‘g‘imoyoqlilarning morfologiyasi, tuzilishi va tafovutlarini o‘rganish va albomga chizish;
chivinlarni tutish metodlari, bezgak va bezgak yuqtirmaydigan chivinlarning rivojlanishini turli jarayonlarda differensiallash;
emlash texnikasini amalga oshirish;
yuqumli kasalliklar o‘chog‘ida dezinfeksiya usullarini o‘tkazish;
kasallanib tuzalganlarni dispanser kuzatuviga olish;
qaynatish usullarni bajarish;
ich terlama, salmonelyoz, dizenteriya, vabo, ovqat toksikoinfeksiyalari, botulizm kasalliklarining epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish;
leptospiroz, esherixioz, xlamidioz, ornitoz, shol, virusli gepatit A kasalliklarining epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish;
kasalliklarga qarshi epidemiologik chora tadbirlar ishlab chiqish va laboratoriya tekshiruv usullarini amalga oshirish;
gripp, paragaripp, adenovirusli infeksiyalar, difteriya, skarlatina va ko‘k yo‘tal kasalliklarining epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish;
epidemik meningit, epidemik parotit, suvchechak, qizamiq va sil kasalliklarining epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish;
toshmali terlama, Brill kasalligi, bezgak, gemorragik isitma va Ku-isitmasi kasalliklarining epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish;
virusli gepatit, OITS, brusellyoz, o‘lat, leyshmanioz va legionellez kasalliklarining epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish;
kasallikka qarshi epidemiologik chora tadbirlar ishlab chiqish;
dermatomikozlar va qo‘tir, moxov, melioidoz kasalliklarining epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish;
qutirish, oqsim, kuydirgi va qoqshol, kanalar orqali o‘tuvchi virusli ensefalit kasalliklarining epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish;
preparatlarni tayyorlash, bo‘yash va mikroskopda tekshirish.
|