I-mashg’ulot mavzu: O’simliklarning hayotiy shakllarini o’rganish, rasmlarini albomga chizish. Kerakli jihozlar
Download 140.82 Kb.
|
1-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning borishi: Daniyalik botanik Raunker barcha o’simliklarni quyidagi 5 ta guruhga bo’lib ko’rsatadi 1.Fanerofitlar
- 2. Xamefitlar
- 3. Gemikriptofitlar
- 4. Kriptofitlar
- 5.Terofitlar
- Bajarilgan ish yuzasidan go’shimcha topshiriglar
- Bilaman Bildim (mavzudan olingan yangi malumotlar) Bilishni istayman
I-MASHG’ULOT Mavzu: O’simliklarning hayotiy shakllarini o’rganish, rasmlarini albomga chizish. Kerakli jihozlar:1. Dunyo va Yevrosiyo kontur xaritasi 2. leneyka. 3. o’chirgich. 4. qora qalam,5. rangli qalamlar,6. Sirkul, 7. o’simlik gerbariylari.8. Subtropik va tropik zona o’simliklarining rasmlari.9. albom. Ishning borishi: Daniyalik botanik Raunker barcha o’simliklarni quyidagi 5 ta guruhga bo’lib ko’rsatadi 1.Fanerofitlar (Ph)- “faneros” yunoncha yaqqol ko’rinib turuvchi degan ma’noni bildiradi. Asosan, daraxt va butalardan tashkil topgan bo’lib, ularning kurtaklari yerdan ancha baland (yuqori) da joylashgan. Yilning ob-havo sharoiti noqulay bo’lgan paytlarida barglari to’kiladi, shox-shabbalari esa tinim davrini o’taydi. 2. Xamefitlar (Ch)- “xame”-past, yer bag’irlovchi ma’nosini beradi. Kurtaklari yerdan uncha yuqorida joylashmagan chala buta va butachalarni o’z ichiga oladi. Qishda bunday kurtaklar qor ustida va ostida qishlaydi. Masalan, chernika, brusnika va shunga o’xshash shimolda o’sadigan ko’pchilik o’simliklar shu guruhga kiradi. 3. Gemikriptofitlar (HK)- “gemi”- yarim, “Kriptos”-yashirin degan ma’noni bildiradi. Bular ko’p yillik o’tsimon o’simliklar hisoblanadi. Kurtaklari yer satxi bilan baravar joylashadi. To’kilgan barg va qurigan novdalar bilan himoyalangan bo’ladi. Yer ustki massasi qishda qurib qoladi (beda, yantoq, qo’ng’irbosh). 4. Kriptofitlar (K) “kriptos”- yashirin degan ma’noni bildiradi. Ko’p yillik o’t o’simliklari bo’lib, yer ustki organlari qishda butunlay qurib qoladi. Yangilovchi kurtaklari yer ostida, har xil chuqurlikda, yer ostki organlarida, ya’ni tuganaklar, ildizpoyalar, piyozboshlarida saqlanib qoladi ( lola, boychechak, chuchmoma, gulsafsar, narsiss. Yer noki-topinambur). 5.Terofitlar (Th)-“tero”-yoz degan ma’noni bildiradi. Bir yillik o’simliklar bo’lib, ularning yer ostki va ustki organlari qishda qurib qoladi, faqat urug’larigina qishlab chiqadi. Urug’i yordamida ko’payadi. Urug’larigina qish va qurg’oqchilikka chiday oladi (bug’doy, arpa, mosh). I.G.Serebryakovning tasnifi esa eko-morfologik asosga ega bo’lib, bunda quyidagi tasniflash birliklari qabul qilingan: bo’lim, tip, sinf, sinfcha, guruh, guruhcha, hayot shakllari sektsiyalari va hayot shakllarining o’zi. Shulardan 6 ta tipni izohlab o’tamiz. Daraxtlar- doimo ko’p yoki kam rivojlangan ko’p yillik, har xil darajada yog’ochlangan tanadan iborat bo’ladi. Hayotning davom etishi 10 va100 yillar bilan o’lchanadi; balandligi 3-5 m dan 150 m gacha yetadi. Daraxtlar ekvatordan to mo’’tadil- sovuq poyaslarning nam va qisman quruq mintaqalarida tarqalgan. Butalar- asosan tanasi o’simlik hayotining boshidagina kuzatiladi, keyinchalik esa bir necha tartibdan iborat kuchli shoxlanadi. Yoshi kattalashgan sari asosiy tana to’liq yo’q bo’lib ketadi. Daraxtlardan farq qilgan holda yer ustki qismining davomiyligi ko’p hollarda 10-20 yildan yoki 2-3 yildan toki 30-40 yilgacha davom etishi mumkin. Butalarning balandligi 0,8-1,0 m dan 5-6 m; yer ustki qismi diametri esa 1-2 sm dan 5-8 sm gacha. Kontinental, subalp va subarktika chegaralaridagi o’rmon o’simliklari qoplamining kamdan-kam edifikatorlari sifatida tarqalgan. Butachalar- yog’ochlashgan o’simliklar bo’lib, ularning asosiy poyasi ontogenezning boshlanishida kuzatiladi, keyin esa halok bo’ladi va yer ustki yon poyasi bilan almashadi. Butalardan farq qilib, tik o’suvchi yer ustki poyasi odatda 5-10 yil yashaydi, balandligi esa 5-7 sm dan 50-60 sm atrofida bo’ladi. Asosan mo’’tadil-sovuq va sovuq zonalarning baland tog’ mintaqalarida tarqalgan. Chalabutalar va chalabutachalar-poyasining faqat pastki qismi yog’ochlanib, qolgan qismlari har yili qishda qurib qoladi, faqat ko’p yillik bazal qismi saqlanib qolinadigan o’simliklar hisoblanadi. Monokarp novdalarning rivojlanish jarayoni 3-5 yildan oshmaydi. O’simlikning umumiy balandligi odatda 50-80 sm bshlib, ba’zan 1,5-2 m gacha yoki undan ham baland bo’lishi mumkin. Asosan quruq mintaqalarda tarqalgan.Xar bir hayotiy shaklar uchun(daraxt, buta, chala buta, ko’p yillik va bir yillik o’simliklar) uchun namuna sifatida, ushbu o’simliklarning hayotiy shakllarini albomga chizish. Daraxt Buta ko’p yillik o’t o’simliklar Bajarilgan ish yuzasidan go’shimcha topshiriglar Yuqorida nomlari keltirilgan o’simliklar areallarining uzilganligini xaritada aks ettiring va bu o’simlikiarning hayotiy shakllari va yashash muhiti haqida ma’lumot bering. Vazifa: Quyidagi jadvalni daftaringizga chizib to’ldiring.
Download 140.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling