Boshqaruv hisobi
Download 23.04 Kb.
|
boshqaruv hisobi 8.12.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisob siyosatini ishlab chiqish.
- Axborotlarni buxgalteriya hisobi schotlari tizimida aks ettirish.
Hisobning maqsadi.
Moliyaviy hisobning maqsadi korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini baholash, aktivlar va passivlarning holati to'g‘risidagi axborotlami umumlashtirish, davriy va yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan iborat. Bu ma’Iumotlar ma’muriyatning o‘zi uchun ham, tashqi foydalanuvchilar uchun ham mo‘ljallangan boiadi. Tashqi foydalanuvchilar, investorlar va kreditorlar korxonaning moliyaviy ahvoli, uning to’lov qobiliyati, kreditga layoqati, mazkur korxonaga berilgan investitsiyalarning rentabellik darajasi kabilarga baho berishda aynan shu ma’lumotlarning aniq belgilangan talablar va standartlarga muvofiq ravishda olib borilganiga e’tibor beradilar. Boshqaruv hisobining asosiy maqsadi esa korxona rahbariyatini oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun xarajatlar va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi ishonchli axborotlar bilan ta’minlashdir. Hisob siyosatini ishlab chiqish. Moliyaviy hisobda hisob siyosati uni yuritish qoidalari, moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim qilish tartibini ifodalaydi. Boshqaruv hisobi hisob siyosatida asosan korxona faoliyatini budjetlashtirish, taxminlash, tannarx hisoblash, transfert bahoni shakllantirish, segmentar hisobot tuzish masalalari o‘z ifodasini topadi. Axborotlarni buxgalteriya hisobi schotlari tizimida aks ettirish. Moliyaviy hisob schotlari tizimi korxona moddiy, mehnat va moliyaviy resurslari holati hamda harakati to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni umumlashtiradi. Ushbu schotlar tizimi O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 21-sonli «Xo‘jalik yurituvchi 13 subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli milliy standartiga asoslanadi. Ushbu schotlar rejasining yangi tahriri O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2002-ryil 9-sentabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 23-oktabrda 1181-son bilan ro‘yxatga olingan. Boshqaruv hisobi schotlar rejasi esa korxona va uning bo‘linmalari faoliyati to‘g‘risida strategik boshqaruv qarorlarni qabul qilish, budjetlashtirish, xarajatlar hisobi va tannarx kalkulatsiyasini tashkil etish, «Xarajatlar — ishlab chiqarish hajmi — foyda» tizimi bo‘yicha moliyaviy natijalarni aniqlashni nazarda tutadi. Mazkur schotlar rejasini amaliyotga joriy etish ikki razradli buxgalteriya hisobi schotlari tizimidan to‘rt razradli tizimga o‘tish zaruriyatini keltirib chiqaradi: a) balans schotlari, ya’ni balans tuzishda ishtirok etuvchi schotlar; b) operatsion, «Xarajatlar — ishlab chiqarish hajmi — foyda» tizimi bo‘yicha moliyaviy natijalarni aniqlashda qo‘llaniladigan va boshqaruv buxgalteriyasida foydalaniladigan schotlar. Hozirgi kunda jahon amaliyotida boshqaruv hisobi schotlar rejasining Germaniya va Rossiyada muvaffaqiyatli qoilanilayotgan tizimlari amal qilmoqda. Download 23.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling