Boshqaruv hisobi


Download 23.04 Kb.
bet1/11
Sana18.12.2022
Hajmi23.04 Kb.
#1029711
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
boshqaruv hisobi 8.12.2022




Reja:

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism:

  1. Boshqaruv hisobi” fani, uning predmeti va metodi.

  2. Boshqaruv hisobining shakllanish tarixi.

  3. Boshqaruv va ishlab chiqarish hisobi o’rtasidagi bog’liqlik.

  4. Moliyaviy va boshqaruv hisobining o’zaro bog’liqligi.

  1. Xulosa .

  2. Foydalanilgan adabiyotlar.



Kirish
Mamlakatimiz Prezidenti I.A. karimov ta’kidlaganidek ta’kidlaganidek: «...islohotlarimizning mantiqi va izchilligi, ulaming eng zamonaviy bozor normalariga muvofiqligini baholash iqtisodiyotni boshqarish tizimini yanada chuqurlashtirish, takomillashtirish va liberallashtirish bo‘yicha jiddiy ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatmoqda».
Bugun eski ma’muriy-buyruqbozlik, taqsimlash tizimiga xos boshqaruv tuzilmalari o'rniga boshqaruvga yangicha yondashuvlar, uslub va vositalarga ega bo'lgan zamonaviy bozor mexanizmlari, iqtisodiy ta’sir va rag‘batlantirish omillari talab etilmoqda.
Bunday sharoitda buxgalteriya hisobi amaliyotining istiqbolli yo‘nalishlaridan biri, uning muhim tarkibiy qismi hisoblangan boshqaruv hisobining ahamiyati beqiyos darajada ortib boradi. Binobarin, bosliqaruv hisobi korxona faoliyatini tezkor va istiqbolli boshqarishda asosiy o'rinlardan birini egallashi, xalqaro standartlar talablariga to'liq muvofiq kelishi, xarajatlar va mahsulot tannarxini boshqarish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashi lozim.
Boshqaruv hisobi yangicha talqinda to‘rtta o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan: budjetlashtirish (boshqaruv hisobi tizimida rejalashtirish), xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish, javobgarlik markazlari bo‘yicha segmentar hisob va hisobot, ichki xo'jalik bolinmalari o‘rtasida transfert bahoni shakllantirish kabi qismlardan iborat. Uning maqsadi va harakat doirasi moliyaviy hisobdan kengroq boLlib, nafaqat xo'jalik jarayonlarini oldindan tashxislab berishni, balki joriy va istiqbolga m o‘ljallangan rejalashtirish, boshqaruv hamda investitsiya qarorlari dasturini ishlab chiqishiii, ishlab chiqarish ya moliyaviy natijalar hisobini yuritishni ham qamrab oladi.
Bozor munosabatlarining chuqurlashuvi jarayonida makro va mikrodarajadagi boshqamv tizimida yangi bo‘g‘inlaming paydo bo'lishi bilan birga, buxgalteriya hisobi fanining tarkibida ham moliyaviy, boshqamv va soliqlar hisobi kabi muhim mustaqil fanlar shakllandi. Bu esa o ‘z navbatida mazkur fanlarning O‘zbekiston iqtisodiyoti sharoitiga moslashgan nazariy, metodologik va amaliy negizlarini chuqur ilmiy-izlanishlar asosida tadqiq etishni, ularning natijalarini aprobatsiya qilish hamda amaliyotga qollashni talab qiladi.
«Boshqamv hisobi» fanining asosiy vazifasi foydalanuvchilarning boshqaruv hisobining nazariy, uslubiy va tashkiliy asoslari, mahsulot tannarxini kalkulatsiyalash usullari, korxona faoliyatida transfert baholarini shakllantirish tartibi to’g‘risida atroflicha bilimga ega bo‘lishlariga ko‘maklashishdir.


Download 23.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling