Boshqaruv hisobi
Axborotdan foydalanuvchilar
Download 23.04 Kb.
|
boshqaruv hisobi 8.12.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Axborotni taqdim etish shakllari
- 6. Hisobni yuritish majburiyati
- 7. Hisobni tashkil etish qoidalari.
4. Axborotdan foydalanuvchilar. Moliyaviy hisob tashqi hisob deb ham ataladi. Uning natijalari chop etib boriladi, biroq, mohyaviy hisobotlar nafaqat moliyaviy axborotlarni, shuningdek, korxonalar faoliyatidagi muvaffaqiyatlarni, ularning yangi mahsulotlarini namoyish etuvchi reklama tusjdagi axborotlarni ham o'z ichiga oladi. Moliyaviy hisob axborotlaridan foydalanuvchilar, asosan korxonadan tashqarida bo‘ladi. Ushbu axborot korxona rahbariyati, davlat organlari, kreditorlar, aksionerlar, investorlar (ichki va tashqi foydalanuvchilar) uchun zarur. Boshqaruv, hisobini, binobarin, ichki hisob deb atash mumkin. Uning natijalaridan korxona boshqaruvi xodimlari, ta’sischilar va kuzatuv kengashi a’zolari foydalanadilar.
5. Axborotni taqdim etish shakllari.O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq, moliyaviy hisobot buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to ‘g‘risidagi, asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi, pul oqimlari 14 to'g‘risidagi, xususiy kapital to’g‘risidagi hisobot shakllari, shuningdek, izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlardan iborat. Moliyaviy nisobot shakllari Moliya vazirligi tomonidan 2002-yil 27-dekabrdagi 140- sonli buyruq bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligi tomonidan 2003- yil 24-yanvarda 1209-raqam bilan ro‘yxatga olingan «Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish bo‘yicha Qoidalar» bo‘yicha taqdim etiladi. Shuningdek, korxonalar, soliqlar, ijtimoiy ta ’minot va sug'urta, mehnat biijalariga o‘matilgan tartibda hisobot topshiradilar. Boshqaruv hisobi axborotlari esa foydalanuvchilarga erkin shaklda taqdim etiladi. 6. Hisobni yuritish majburiyati. Moliyaviy hisob rasmiy hisob bo‘lib, barcha korxonalar uchun uni yuritish majburiydir. Moliyaviy hisobot hujjatlari soliq idoralari va boshqa tegishli joylarga taqdim etiladi, ular auditorlarning tekshiruv obyekti hisoblanib, chop etilishi shartdir. Boshqaruv hisobini olib borish korxona rahbariyati talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 7. Hisobni tashkil etish qoidalari. Moliyaviy hisobda moliyaviy hisobot axborotlari aniq tamoyil va qoidalarga muvofiq shakllanishi hamda aks ettirilishi shart, ular asosida ma’lumotlar qayd qilinadi, baholanadi va tegishli schotlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu tamoyil va qoidalar «Buxgalteriya hisobi to‘g’risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda buxgalteriya hisobining milliy standartlarida belgilab qo‘yiladi. Boshqaruv hisobini yuritish tartib-qoidalari korxonaning strategik va taktik maqsadlaridan, xususiyatlaridan kelib chiqib ishlab chiqiladi. Bu hisob turida ma’lumotlarning boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ahamiyatlilik darajasiga e’tibor beriladi. Download 23.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling