Boshqaruv hisobi
Boshqaruv hisobining tarixiy shakllanishi
Download 23.04 Kb.
|
boshqaruv hisobi 8.12.2022
2.Boshqaruv hisobining tarixiy shakllanishi.
Respublikamizda boshqaruv hisobini alohida fan sifatida rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash uning tarixiy shakllanish jarayonini o‘rganish zaruratini yuzaga keltiradi. Boshqaruv hisobi buxgalteriya hisobi tarkibida mustaqil fan sifatida rasman 1972-yilda tan olindi. Bu paytda buxgalterlarning Amerika assotsiatsiyasi tom onidan boshqaruv hisobi bo‘yicha bitimvchilarga buxgalter-tahlilchi malakasini beradigan diplomli dasturi ishlab chiqilgan edi. Binobarin, mustaqil o'quv fani sifatida boshqaruv hisobi oliy o‘quv yurtlarining o‘quv rejasiga kiritilgan edi. Uning paydo bodishi hamda shakllanishi kalkulatsiya va ishlab chiqarish hisoblarining rivojlanishi bilan bogdiq. Kalkulatsiya hisobi xo‘jalik hisobi paydo bo‘lishi bilan bir vaqtning o‘zida kelib chiqqan va tovar almashuv muomalalari natijasi bodib hisoblangan. «Kalkulatsiya» so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, so‘zma-so‘z tarjimada «calcul» — toshcha, ya’ni «toshchalar bilan sanash» ma’nosini anglatadi. Ikkiyoqlama yozuvning paydo bodishi kalkulatsiya hisobining rivojlanishini yanada yuqoriroq pog‘onaga ko‘tardi. Korxonaning umumiy buxgalteriyasi tarkibida kalkulatsiya hisobining ajratib kohsatilishi esa buxgalteriya hisobini yanada takomillashtirish imkonini berdi. Bozor munosabatlari sharoitida buxgalteriya hisobini mukammallashtirish, jumladan axborotlarni o‘z vaqtida foydalanuvchilarga yetkazish, tijorat sinning saqlanishini ta’minlash, korxona buxgalteriyasini ikki mustaqil qism: moliyaviy va kalkulatsiya hisobiga bo'linishini shart qilib qo'ydi. Bu tarzda buxgalteriyaning mustaqil qismlarga boMinishi moliyaviy hisobni m arkazlashtirish va kalkulatsiya hisobini esa nom arkazlashtirishga sabab bo'ldi. Natijada, kalkulatsiya hisobi o‘z vazifalariga ega bo‘la boshladi va boshqaruv jarayonini tezkor-tahliliy axborot bilan ta ’minlash, korxona bo'linmalari xarajatlari va daromadlarini nazorat qilish imkoniyatini yaratdi. Ushbu omillar xarajatlar m e’yorlari, mahsulotning normativ kalkulatsiyasini ishlab chiqish, haqiqiy xarajatlarning me’yoriy xarajatlarga muvofiqligini tezkor nazorat qilish, mavjud chetlanishlarni aniqlash va bartaraf qilishga imkon tug’dirdi hamda tannarxning shakllanish jarayonini boshqarishning chetlanishlar bo'ykha boshqaruv usuli yuzaga keldi. XX asrning 40-yillari oxirida AQSH va G ‘arbiy Yevropanmg ayrim mamlakatlarida «ishlab chiqarish hisobi» atamasi asta-sekin «boshqaruv hisobi» atamasiga almashina boshladi. Bu davrda buxgalteriya hisobi boshqamv siyosatining shakllanishi va amalga oshirilishida faol ishtirok eta boshladi, buxgalterlar esa taxminlash, rejalashtirish, boshqaruv qarorlari qabul qilish va korxona boshqaruv xizmatlarini axborot bilan ta’minlash ustidan nazorat o'matish sohasida faoliyat yurita boshladilar. Download 23.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling