Boshqaruv hisobi


Download 23.04 Kb.
bet8/11
Sana18.12.2022
Hajmi23.04 Kb.
#1029711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
boshqaruv hisobi 8.12.2022

8. Hisob tamoyillari. Moliyaviy hisob umumiy tamoyillarga tayanadi, bular buxgalteriya hisobini ikkiyoqlama yozuv usulida yuritish, aniqlik, mazmunning shakldan ustunligi, ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi, moliyaviy hisobotning betarafligi va h.k. Bu tamoyillarga korxona xodimlari bilan bir qatorda davlat idoralari vakillari ham amal qiladilar.
Boshqaruv hisobining asosiy tamoyillari esa hisobni ikkiyoqlama yozuv usulida yuritish, uzluksizlik, aniqlik, hisoblash, ehtiyotkorlik, ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi va h.k. hisoblanadi.
9. Hisobning asosiy obyektlari. Moliyaviy hisobotlarda korxona, odatda, yagona, yaxlit deb ta’rifianadi. Ko‘p tarmoqli faoliyat olib boruvchi yirik korxonalar har bir soha bo‘yicha, ya’ni korxonaning yirik segmentlari bo'yicha xarajatlar va daromadlarni umumlashtirilgan moliyaviy hisobotda aks ettirishi shart.
Boshqaruv hisobi, odatda, korxonaning alohida bo'linmalari: bo'limlar, sexlar, uchastkalar, ish joylari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladi.
10. Hisobning asosiy tuzilmasi. Moliyaviy hisob quyidagi asosiy tenglikka muvofiq shakllanadi:
Aktivlar = Xususiy kapital + Majburiyatlar.
Boshqaruv hisobi axboroti tuziimasi va tarkibi uning foydalanuvchilarining ehtiyojlariga bog‘liq. Boshqaruv hisobining har qanday tuziimasi eng avvalo xarajatlar, daromadlar va aktivlar kabi kategoriyalarga tayanadi. Bu tuzilmalarni qofilashda asosiy mezon — zarur axborotning foydaliligidir.
11. Axborotning oshkoralik darajasi. Moliyaviy hisob axborotlari uning foydalanuvchilari uchun ochiq hisoblanadi. Jum ladan, O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to'g‘nsida»gi Qonunining 19-moddasiga ko'ra, mazkur axborotlar soliq organlariga, ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga, davlat statistika organlariga, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga taqdim qilinadi.
Boshqaruv hisobi axborotlari ko‘proq maxfiylik xususiyatiga ega bo‘lib, ulardan korxona menejerlari, ta’sischilar va kuzatuv kengashi a’zolari boshqaruv qarorlari qabul qilishda foydalanadilar. Ushbu axborotlar korxonaning tijorat siri hisoblanadi. Ular hisobotdan tashqi foydalanuvchilarga berilmaydi.

Download 23.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling