Boshqaruv hisobi


Axborotni aks ettirish usullari va yo‘llari


Download 23.04 Kb.
bet9/11
Sana18.12.2022
Hajmi23.04 Kb.
#1029711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
boshqaruv hisobi 8.12.2022

12. Axborotni aks ettirish usullari va yo‘llari. Moliyaviy hisob qiymatda shakllanadigan axborotni o‘z ichiga oladi. Korxonaning moliyaviy hisoboti bosh daftardagi barcha schotlar bo‘yicha yakuniy qoldiqlarni o‘z ichiga oladi. Moliyaviy hisobda xo‘jalik jarayonlari buxgalteriya hisobining hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va kalkulatsiya, schotlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv, buxgalteriya balansi va hisobot va h.k. usullarida ifoda etiladi. Unda moliyaviy hisobot ma’lumotlari albatta pul birligi ko‘rinishida aks ettirilishi zarur. Moliyaviy hisobot m a’lumotlari bosh daftaming yakuniy yozuvlariga mos keladi.
Boshqaruv hisobida xo‘jalik muomalalarini aks ettirishda ikkiyoqlama yozuv usuliga asoslanish shart emas. Mazkur hlsob turida m a’lum otlar bar qanday o ‘lchov birligida hisoblanishi mumkin. Shuningdek, unda moliyaviy hisobot shakllari axborotlarining Bosh kitob m a’lumotlari bilan mos kelishi va taqqoslanishi shart emas.
Boshqaruv axborotini qayd etish va aks ettirishda esa moiiyaviy hisob usullari bilan birgalikda ekonometrika, statistika, iqtisodiy lahlil usullaridan ham foydalaniladi.
13. Axborotlarni o‘lchash. Xo‘jalik jarayonlarini umumlashtirish uchun moliyaviy hisobda faqat qiymat o‘lchovi qo‘llaniladi va so'mlarda ifoda etiladi.
Boshqaruv hisobida esa hisob o'lchovlarining moddiy, mehnat va qiymat kabi barcha turlaridan foydalaniladi.
14. Hisobot tuzishning davriyligi. Moliyaviy hisobot qat’iy beigilangan muddatlarda tuziladi hamda taqdim etiladi.
Boshqaruv hisobida hisobot har kuni, har hafta va h.k. muddatlarda tuzilishi mumkin. Hisobotlarni taqdim etish muddati korxona rahbariyati tom onidan belgilanadi. Muhimi, hisobot iste’molchilarga foydali bo'lishi va o ‘z vaqtida taqdim etilishi lozim.
15. Axborotning sodir bo‘lish vaqti. Moliyaviy hisob korxonaning moliyaviy tarixini aks ettiradi. Unda xo‘jalik muomalalari ularning sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar orqali qayd etiladi, ya’ni hisobning bu turi korxona xo‘jalik faoliyatida allaqachon sodir bo'lgan muomalalarni tasdiqlaydi.
Boshqaruv hisobining maqsadi esa sodir bo'lgan voqealar tahlili asosida istiqbolga mo‘ljallangan tavsiyalar, boshqaruv va investitsiya qarorlari dasturini ishlab chiqishdan iborat.
Moliyaviy hisob xo‘jalik muomalalari sodir boigandan so‘ng, boshqaruv hisobi esa voqea-hodisalami oldindan tashxislab berishi zarur.
Shu boisdan, boshqaruv hisobi ko'pincha taxminlash hisobi, maxfiy hisob deb ham ataladi.

Download 23.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling