Boshqaruv hisobi


-MAVZU. AKT SOHASI KORXOHALARIDA BOSHQARUV


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/74
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1492155
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
Bog'liq
boshqaruv hisobi fani boyicha

 
2-MAVZU. AKT SOHASI KORXOHALARIDA BOSHQARUV 
HISOBINI TASHKIL ETISH SHAKILLARI 
Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda buxgalteriya hisobini rivojlantirish ularda 
boshqaruv hisobini tashkil etishning istiqbolli usullaridan foydalanishga bevosita 
bog`liq. 
Xalqaro tajribada korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil etishning 
quyidagi ikkita tizimi mavjud: 
 avtonom; 
 integratsiyalashgan. 
Integratsiyalashgan va avtonom hisob tizimlarini tashkil etish maqsadi, 
tarkibi, tamoyillari va vazifalari hamda ularni kompyuterlashtirilish darajasi 
korxonaning yagona hisob yuritish siyosatida belgilab qo`yiladi.
Boshqaruv hisobini tashkil etishning avtonom tizimining xususiyati 
shundaki, unda moliyaviy va boshqaruv hisobi chegaralari aniq belgilangan 
bo`ladi. Bunga ko`ra, moliyaviy hisobda xarajatlar iqtisodiy elementlari bo`yicha, 
boshqaruv hisobida esa kalkulyatsiya moddalari bo`yicha tasniflanadi. Boshqaruv 
hisobida xarajatlar hisobini olib borish uchun 9100-“Sotilgan mahsulot (tovar, ish, 
xizmat)ëàð tannarxi hisobi schetlari”, 9400-«Davr xarajatlari hisobi» kabi tranzit 
schetlardan foydalaniladi. 
Moliyaviy hisob sintetik hisobni tashkil etish uchun mo`ljallanganligi 
sababli, u mahsulotlar ishlab chiqarish, ish va xizmatlar bajarishga sarflangan 
xarajatlar summasini aniqlaydi, ammo ularni paydo bo`lish jarayonini hisobga 
olmaydi. Boshqaruv hisobi esa bu kabi jarayonlarni amalga oshirish bilan 
shug`ullanadi.


Savdo korxonalarida avtonom hisob tizimini tashkil etishda mahsulot 
sotishdan olingan tushum moliyaviy hisobda ham boshqaruv hisobida ham aks 
ettiriladi. Bunda moliyaviy hisob xarajat va daromadlar hisobini olib boradi. Bu 
holat hisob axborotlaridan tashqi foydalanuvchilar uchun soliq to`lovlari haqidagi 
ma`lumotlarni olishga yordam beradi. 
Boshqaruv hisobini yuritishning avtonom tizimida 9910-«Yakuniy 
moliyaviy natija» schetida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan moliyaviy natija 
marjinal foyda va daromad ko`rinishida hisobga olinadi.
Moliyaviy hisobda 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schetida balans 
foydasi shakllanib, u nafaqat asosiy faoliyatdan olingan foyda balki boshqa 
faoliyatdan olingan foyda (daromad)larni ham qamrab oladi. Moliyaviy hisobda 
tovar-moddiy zaxiralar hisobot yili oxirida inventarizatsiyadan o`tkazilgandan 
so`ng ro`yxatga olinadi. Moliyaviy natijani aniqlashda esa sotishdan olingan sof 
tushumga yil oxirdagi TMZlar qiymati qo`shilib, sarflangan barcha xarajatlar 
ayriladi.
Integratsiyalashgan hisob tizimida xo`jalik muomalalarini ifodalashda 
tranzit schetlardan emas, balki yagona schetlar tizimidan foydalaniladi. Bunda 
qoldiqqa ega bo`lgan schetlar bir vaqtning o`zida ham moliyaviy hisobga ham 
boshqaruv hisobiga tegishli bo`ladi. 
Korxonalarda integratsiyalashgan hisob tizimi oldiga quyidagi vazifalar 
qo`yiladi: 
 buxgalteriya hisobining markazlashgan tizimini yaratish; 
 moliyaviy, boshqaruv va ishlab chiqarish hisobini yuritish hamda ularni 
o`zaro muvofiqlashtirish; 
 tezkor boshqaruv axborotlarini olish uchun hujjatlar aylanishini tashkil 
etish; 
 hisob tizimini avtomatlashtirish; 
 boshqaruv axborotlarining maxfiyligini ta`minlash; 
 samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish imkonini beradigan hisobotlar 
tizimini ishlab chiqish; 
 korxona 
iqtisodiy, 
ishlab 
chiqarish 
bo`linmalari 
faoliyatini 
byudjetlashtirish va moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish; 
 moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish ustidan nazorat 
o`rnatish. 
Amaliyotda korxonalarda tijorat sirining maxfiyligini ta`minlash uchun 
moliyaviy hisob schetlarida faqat qoldiqlar ko`rsatilib, boshqaruv hisobi 
schetlarida esa xo`jalik muomalalari to`lig`icha aks ettiriladi. 
Integratsiyalashgan hisob tizimida axborotlarni qayd etish, to`plash va qayta 
ishlash korxonaning quyi bo`linmalari (tsexlar)dan boshlanadi. SHundan so`ng, 
to`plangan axborotlar korxonaning yuqori bo`g`inlarida moliyaviy hisobot 
shakllarini tuzish maqsadida umumlashtiriladi. SHu tartibda, korxonada yagona 
axborot tizimi shakllanadi.
Korxonalarda integratsiyalashgan hisob tizimini ishlab chiqish quyidagi 
tamoyillarga asoslanadi: 


 hisobning tezkorligi va ishonchliligini ta`minlash; 
 tushunarlilik, ahamiyatlilik;
 integratsiyalashgan hisob tizimini joriy etish samaradorligini oshirish va 
h.k.
Savdo korxonalarida integratsiyalashgan hisob tizimida kompyuter 
texnologiyalarini qo`llash quyidagi faoliyatga nisbatan tadbiq etiladi: 
 ulgurji tovarlar etkazib berish; 
 boshqa xizmatlarni ko`rsatish. 
Bunda barcha xo`jalik muomalalari kompyuter dasturlarida quyidagi 
belgilarga ajratilgan holda ifodalanadi: 
 faqat boshqaruv hisobida aks ettiriladigan xo`jalik muomalalari; 
 faqat moliyaviy hisobda aks ettiriladigan xo`jalik muomalalari; 
 moliyaviy va boshqaruv hisobida aks ettiriladigan xo`jalik muomalalari. 
Savdo korxonalarida integratsiyalashgan boshqaruv hisobini olib borish 
uchun kompyuter dasturida yordamida quyidagilar bajariladi: 
 xo`jalik muomalalarini ro`yxatga olish uchun tegishli analitik schetlar 
aniqlanadi; 
 dasturga mahsulot (tovarlar), pul mablag`lari qoldiqlariga doir 
ma`lumotlar kiritiladi; 
 moliyaviy va boshqaruv hisoboti shakllarini tuzish amalga oshiriladi; 
 analitik schetlar va hisobot shakllari ma`lumotlarini qayta ishlash orqali 
zarur boshqaruv axborotlari tayyorlanadi hamda foydalanuvchilarga taqdim 
etiladi. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling