Boshqaruv hisobi
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
boshqaruv hisobi fani boyicha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yarim tayyor mahsulotli usulda
Hx=Mz x Fzx
bunda Hx - haqiqiy xarajatlar, Mz - foydalanilgan zahiralarni haqiqiy miqdori Fz - foydalanilgan zahiralarni haqiqiy bahosi. Ushbu usul afzalligi hisob-kitoblarning oddiyligidadir. Quyidagi sabablarni ushbu usul kamchiliklariga kiritish mumkin: foydalanilgan zahiralar miqdori va ularga qo`yilgan baholar nazorati uchun me`yoriy hujjatlar mavjud emasligi; og`ishishlarni aniqlash, sabablari, aybdorlari va joyini aniqlash va tahlil etishning imkoniyati yqo`ligi; ishlab chiqarish jarayonida xarajatlarni hisob-kitoblari faqat hisobot davri oxirida o`tkazilishi mumkin va h.k. Birinchi usulga nisbatan xarajatlar hisobining me`yoriy usuli nafaqat qanday xarajatlar bo`lishi, balki ular qanday bo`lishi kerakligini ham baholashga imkon beradi. Me`yoriy xarajatlar deganda texnologiya o`zgarishiga tuzatishlar kiritish bilan bog`liq xarajatlarning joriy me`yorlari ta`kidlanadi. Amaliy faoliyatda ma`lumot operatsiyasi ishlab chiqarish korxonasidagi turli normalardan foydalanishlari mumkin: faqat miqdor bo`yicha, faqat baholar bo`yicha, miqdor va baholar bo`yicha birgalikda. Yarim tayyor mahsulotli usulda har bir oldingi qayta ishlov mahsuloti keyingi qayta ishlov uchun yarim tayyor mahsulot sanaladi YOki tashqariga sotishi mumkin. Bu yarim tayyor mahsulotlarni haqiqiy, normativ yoki rejaviy tannarx bo`yicha, yohud hisob-kitob yoki mahsulotni chiqarib yuborish baholari bo`yicha baholash zaruratini belgilaydi. Bu variantda yarim tayyor mahsulotlar qiymati alohida - “O`zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar” degan moddada aks ettiriladi. Yarim tayyor mahsulotsiz variantda har bir qayta ishlov bo`yicha, asosan, faqat ishlov berishga ketgan xarajatlar olinadi. Tayyor mahsulot tannarxi xom-ashyo, dastlabki materiallar xarajatlari, ishlovga berilgan barcha qayta ishlovlar xarajatlari va ishlab chiqarish xarajatlarini umumlashtirish bilan hisob qilinadi. Bunda faqat tayyor mahsulot tannarxi kalkulyatsiya qilinadi. Xarajatlar hisobining buyurtmalar bo`yicha usuli xususiy va mayda turkumli ishlab chiqarishida, shuningdek tajriba eksperimental ishlab chiqarishda va ta`mir ishlarida qo`llanishi mumkin. Buyurtmalar bo`yicha usul mohiyati shundan iboratki, xarajatlar hisobi bir buyumni yoki bir xildagi buyumlarning uncha katta bo`lmagan turkumini tayyorlashda buyurtmalar bo`yicha amalga oshiriladi. Buning uchun har bir buyurtmaga buxgalteriyada alohida kartochka ochiladi, unda buyurtma bo`yicha xarajatlar uni bajarishning butun muddati mobaynida hisobga olinadi. Bevosita xarajatlar birlamchi hujjatlar asosida tsexlar va buyurtmalar nuqtai- nazaridan hisobga olinadi. Bunday xarajatlar hisobi bo`yicha birlamchi xujjat har bir buyurtmaga alohida rasmiylashtiriladi. Bevosita xarajatlar korxonada mutanosib ravishda qabul qilingan taqsimot bazasida taqsimlash yo`li bilan tannarxga kiritiladi. Buyurtmani bajarish muddati daomida xarajatlar tugallanmagan ishlab chiqarish (mahsulot) sifatida hisobga olinadi. Ishlar tugagandan keyin kartochka yopiladi va buyurtmani bajarishga ketgan xarajatlar chiqiladi. Bu xarajatlar qaytib kelgan chiqindilar, mutlaqo brak va foydalanilmagan materiallar omborga qaytarish xarajatlari chiqarib tashlangach, buyurtma bo`yicha ishlangan mahsulotning haqiqiy tannarxi bo`lib qoladi. Bordiyu, buyurtmaga muvofiq bir necha xil buyum tayyorlansa, birlik tannarx xarajatlar summasini ishlab chiqilgan mahsulot miqdoriga kalkulyatsion moddalari bo`yicha bo`lish bilan aniqlanadi. Sut va sut masulotlarida buyurtma bo`yicha usul sut mahsulotlari korxonasida, savdo va texnologik jihozlar va h.k. ishlab chiqarishda qo`llaniladi. Ko`pgina hollarda tashkilot korxona amaliy faoliyatida qayta ishlov bo`yicha usul bilan bir qatorda buyurtma bo`yicha usulning unsurlarini qo`shib yuboruvchi aralash tizimlardan foydalaniladi. Bunday tizimlardan turkumli va oqimli ishlab chiqarishlarda foydalaniladi: qandolatlar ishlab chiqarishda, sut va sut ishlab chiqarish sanoatida va h.k. Jumladan, operatsiyalar bo`yicha usul eng istiqbolli aralash tizimlardan biri hisoblanadi, undan foydalanishda xarajatlarni kiritishning asosiy ob`ekti operatsiya hisoblanadi. Xar bir operatsiyaga xarajatlarni mazkur operatsiyadan qtgan mahsulotlar birliklar bo`yicha qo`shimcha xarajatlarning o`rtacha salmog`iga mutanosib ravishda taqsimlaydilar. Asosiy materiallarga ketgan xarajatlarni buyurtma bo`yicha usulga qxshab mahsulotning muayyan turiga kiritadilar. Operatsiyalar bo`yicha usulini afzalligi kalkulyatsiyani texnologik sharoitga “tirkashdan” iborat. Ishlab chiqarish korxonalari xarajatlarni mahsulot tannarxi to`lanishga bog`liq holda xarajatlar hisobini to`liq yoki cheklangan tannarx (marjinal usul) bo`yicha tashkil etish mumkin. To`liq tannarx bo`yicha xarajatlar hisobi usulida mahsulot tannarxi doimiy va o`zgaruvchan bevosita va bilvositaga bo`linishdan qat`iy nazar korxonaning barcha chiqimlari kiritiladi. Bevosita mahsulotga kiritib bo`lmaydigan xarajatlarni avvaliga ular kelib chiqqan javobgarlik markazlari bqicha taqsimlaydilar, keyin esa tanlangan bazaga mutanosib ravishda mahsulot tannarxi olib qtadilar. Ko`pincha taqsimlash bazasi sifatida ishlab chiqarish ishchilarining ish haqi, ishlab chiqarish tannarxi va h.k. lar hioblanadi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling