Boshqaruv hisobi


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/74
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1492155
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74
Bog'liq
boshqaruv hisobi fani boyicha

А
B
S


ichki va tashqi foydalanuvchilar manfaatlarini ko`zlab olib boriladigan qismidir, A 
sohasi esa – ma`muriyat talabi asosida shakllantiriladigan boshqaruv hisobi. 
Taqdim etilgan chizma shuni qo`rsatadiki, hisob siyosati boshqaruv va 
moliyaviy hisoblar o`rtasida bog`lovchi halqa hisoblanib, u korxonaning ichki va 
tashqi foydalanuvchilari manfaatlari yo`lida tashkil etiladi. 
YUqoridagilarni umumlashtirgan holda shuni ta`kidlash lozimki, tezkor, 
statistik va soliq hisobi bilan bir qatorda buxgalteriya hisobi korxonaning umumiy 
hisobi tizimiga kiradi va ikki qismga bo`linadi: moliyaviy va ishlab chiqarish; 
korxona xarajatlari va daromadlari ularning ob`ekti (manbai) hisoblanadi. Ishlab 
chiqarish hisobining tahliliy (analitik) axboroti mutlaqo ichki boshqaruv uchun 
foydalaniladi. Moliyaviy hisobda esa asosan tashkilotning tijorat sirini namoyon 
etmaydigan axborot to`planadi, shu munosabat bilan uni yangi tashqi 
foydalanuvchilarga taqdim etadilar. 
Buxgalterlik hisobining bunday bo`lishini shu bilan asoslash mumkinki, aslida 
buxgalteriya hisobining butun tizimi tashkilot boshqaruv tizimining tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Biroq “moliyaviy hisob” va “ishlab chiqarish hisobi” iboralarini 
qo`lanishda asosan uchYOt amallari (protseduralari) ga zqr beriladi. 
Boshqaruv hisobi esa faqat hisob amallari bilan cheklanmaydi, balki 
boshqaruvning boshqa funktsiyalari hisobiga mohiyati jihatidan ishlab chiqish 
hisobini boshqaruv hisobiga aylantiradi. 
Uning ma`lumotlari tijorat sirlaridan iborat va ma`naviy hisobdan farqli qlaroq 
mutlaqo tashkilot ichkarisida foydalaniladi. 
4. Boshqaruv hisobining asosiy tamoyillari.
(2‚6‚7‚9‚12‚ 1‚2‚3‚4‚5) 
Boshqaruv hisobi taktikasi quyidagilaridan iborat: tashkil etish, hisob, nazorat, 
dalillash, avval qabul qilingan qarorlarni tahlil qilish va moslashtirish, shuningdek 
uning ijrosi uchun javobgarlik. 
Boshqaruv hisobining strategiyasi uzoq davr mobaynida korxona taraqiyotini 
belgilovchi 
tahlil, 
taxminlash 
rejalashtirish 
va 
boshqaruv 
qarorlarini 
muvofiqlashtirish tizimini o`zida namoyon etadi. 
O`zbekiston 
Respublikasining 
Korxonalar 
to`g`risidagi 
o`onunida 
bilgilanganidek: “Korxona o`z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va xomashyo 
resurslari va materiallarining mavjudligi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, 
bajarilayotgan ishga, qo`rsatilayotgan xizmatga bo`lgan talablarni hisobga olib, 
taraqqiyot istio`bollarini belgilaydi”.
Integratsiya jarayonida hal qiluvchi nuqta xarajatlar va daromadlarni 
taqqoslash bo`lganligi sababli boshqaruv hisobi uchun eng muhimi xarajatlarni va 
daromadlarni boshqarish hamda daromadlarga ta`sir qilish vositasi bilan natijalar 
orqali boshqarish bo`lib qoladi.
Boshqaruv hisobi ob`ektlari boshqaruv hisobi uslubining asosini tashkil 
etuvchi yo`llar va usullar majmui orqali qrganiladi. 
Boshqaruv hisobida hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va 
kalkulyatsiya, schetlar va ikkiyoqlama yozuv, balansda umumlashtirish va hisobot 
kabi moliyaviy hisob uslubining barcha elementlaridan foydalaniladi. Bundan 
tashqari, boshqaruv hisobida iqtisodiy tahlil, iqtisodiy matematik va statistik uslublar 


ham keng qo`llaniladi. 
Boshqaruv hisobi tizimi ko`plab amallardan tashkil topadi, ular boshqaruv 
maqsadlariga bog`liq holda o`zgarishi mumkin. SHunday bo`lsada, ular quyidagi 
tamoyillarga javob berishi kerak: 
- tashkilot faoliyatining uzluksizligi; 
- rejalashtirish va hisob uchun qlchovlarning yagona birligidan foydalanish; 
- korxona bo`linmalari faoliyati natijalarini baholash; 
- boshqarish maqsadlarida birlamchi va oraliq axborotdan qayta-qayta 
foydalanish va uni sao`lash; 
- boshqaruv darajalari o`rtasidagi kommunikatsion aloqalar asosida ichki 
hisobot qo`rsatkichlarini shakllantirish; 
- boshqarishning byudjet (smeta) uslubini qo`llash; 
- htsob obe`ktlari haqida hal qiluvchi ahborotni ta`minlovchi to`laqonlilik va 
tahliliylik; 
- korxonaning hisob siyosatini belgilash va tijorat jarayonlarini aks ettiruvchi 
davriylik. 
Sanab qtilgan talablar boshqaruv hisobi tizimining ta`sirchanligini ta`minlashi 
kerak. 
Albatta, boshqaruv hisobini O`zbekiston iqtisodiyoti uchun qandaydir yangilik 
sifatida qabul qilish xato bo`lar edi. Ma`lumki, markazlashgan rejalashtirish reja va 
moliyaviy bo`limlarining buxgalteriya xizmatidan asta-sekin ajralib chiqishiga, unga 
buxgalteriya vakolatining bir qismi berilishiga imkon tug`dirdi. Bu jarayon natijasida 
buxgalteriya hisobining butun tizimi deyarli moliyaviy tizimiga aylandi va mutlaqo 
davlat ma`nfaatlariga xizmat qila boshladi. Mustaqillik davrida esa bozor iqtisodiyoti 
sharoitida boshqarishning markazlashgan tizimidan voz kechib, rejalashtirishning 
ahamiyati asossiz ravishda pasayib ketdi va oqibatda u korxona texpromfinplaniga 
aylaib qoldi. YA`ni buxgalteriya va boshqa iqtisodiy xizmat muttaxasislari (reja 
bo`yicha iqtisodchi mehnat va ish haqi bo`yicha iqtisodchi, moddiy texnika ta`minoti 
bo`yicha iqtisodchi va h.k.) tor doiradagi hisob va rejalash bilan cheklanib qoldilar.
Biroq barcha qo`llanilgan choralar keraklicha samara bermadi va boshqaruv 
hisobining yagona tizimini yaratishga imkon tug`dirmadi. Xozirgi vaqtda ham uni 
o`qllash yo`lida ma`lum qiyinchiliklar mavjud. Ko`pgina bosh buxgalterlar buning 
uchun asosan, mavjud soliq tizimini aybdor qilib qo`rsatishadi, u boshqaruv 
hisobining samarali tizimini tashkil etish uchun ko`p vaqt olib qqyar emish. SHu 
bilan birga amaliyotda qo`rilganidek, ma`lum sabablar mavjud bo`lishiga qaramay, 
buxgalterning buxgalteriya sub`ektidan buxgalter-menejerga aylanishi tendentsiyasi 
kuchaya boshladi. U tobora ko`proq korxona boshqaruv faoliyatining faol sub`ekti 
bo`lib borayotir. 
Boshqaruv hisobi – iqtisodiy bilimlarning yangi yalpi sohasidir. Uning katta 
afzalligi ham shunda, chunki aynan fanlar tutashgan joyda, turli ilmiy uslublardan 
foydalanilganda, yangi bilimlar va texnologiyalar sari jiddiy siljishlar sodir bo`ladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling