Bоshqаruv hisоbidа byudjеtlаshtirish «Boshqamv hisobi»


Download 36.48 Kb.
bet2/5
Sana22.04.2023
Hajmi36.48 Kb.
#1376843
1   2   3   4   5
Bog'liq
Оралик

Rag'batlantirish. Budjetlarni tuzish jarayoni javobgarlik markazlari rahbarlari maqsadini amalga oshirishda muhim rag'batlantirish vositasi bo'lishi mumkin. Budjetlarning rag'batlantirish roli ko'proq menejerlarni o'z bo'linmalarida budjetlarni tuzish jarayonida faol qatnashishlarida namoyon bo' ladi.
Nazorat. Puxta tayyorlangan budjetlar haqiqiy erishilgan ko'rsatkichlarni tahlil qilishda muhim manba hisoblanadi, shuningdek, ular budjetlarni tuzish jarayonida kutilgan barcha o'zgarishlar natijalarini baholashni o'z ichiga aladi. ,Hozirgacha korxonalar amaliyotida joriy natijalar o'tgan yil natijalari bilan taqqoslanib kelingan. Ko'pgina korxonalar ayni paytda ham taqqoslashning asosiy vositasi sifatida ushbu usuldan foydalanrnoqda. Ammo, bu tarixiy usul joriy yil uchlln rejalashtirilgan rivojlantirish dasturidagi o'zgarishlarni aks ettirmaydi. Haqiqiy ko·rsatkichlarni blldjet ma'lumotlari bilan taqqoslash boshqarllv faoliyatida asosiy e'tiborni qaysi jihatlarga qaratish zarurligini belgilab beradi.
Haqiqiy erishilgan natijalar bilan budjet ma'lumotlari o'rtasidagi chetlanishlar tahlili quyidagi afzalliklarga ega:
- korxona faoliyatidagi eng avval hal qilinishi lozim bo'lgan muammoli jihatlarni aniqlashga ko'maklashadi; - budjetlarni tuzish jarayonida o'rganilmagan yangi imkoniyatlarni yuzaga chiqarishga yordamlashadi;
- bosh budjetdagi mavjud muvofiqliklarni ochib beradi.
Baholash. Har oyda budjetlardagi chetlanishlarni aniqlash butun hisobot davri lIchlln nazorat maqsadlariga xizmat qiladi. Hisobot davri haqiqiy natijalari bilan blldjet ma'lumotlarini taqqoslash yil oxirida javobgarIik markazlari va ular rahbarlari faoliyatiga ta'sir etuvchi asosiy omillarni baholash imkonini beradi.
Malakani oshirish. Budjetlar menejerlarning malakasini oshirishda ham ijobiy samara beradi, ya'ni menejerlar budjetlarni .tuzishda o'z bo'linmalari faoliyati to'g'risidagi batafsil ma'lumotlarga, shuningdek, javobgarlik markazlari o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni chuqur tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'lishlari mumkin. Bu esa korxona javobgar markazlariga ma'sul shaxslarni tayinlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Budjetlashtirish samarali boshqamv usullaridan hisoblanib, quyidagi xususiyatlarga ega:
- korxonaning faoliyati bilan bo'Iinmalar faoliyatini kompleks rejalashtiradi;
- budjetlashtirish loyihasini ishlab chiqish imkonini yaratadi;
- tuzilgan biznes-rejani tasdiqlaydi;
- o'zgarib turuvchi ichki va tashqi salbiy omillarni bartaraf etishga ko'maklashadi.
Bozar munosabatlari sharoitida korxonalar kelgusida daromadlarini oshirishlari uchun o'zlarining faoliyatlarini istiqbolli rejalashtirishlari zarur bo'ladi. Uning asosini blldjetlashtirish tashkil etadi.
Boshqamv hisobining asosiy vazifasi hisoblangan va boshqaluv nazoratini ta'minlashda muhim bo'lgan rejalashtirish jarayoni qllyidagi tamoyillarga tayanadi:
- korxona tomonidan ishlab chiqilgan strategiyani amalga oshirish lIchun o'rta va uzoq muddatli rejalarni amalga oshirish lIchun maxsus dasturlar tuzish;
- zarur budjet (smeta)lami ish lab chiqish. BlIdjctlami ishlab chiqish zamrati korxona tuzadigan rejalar asosli bo'lishi va ulami amalga oshirish uchun yetarli moddiy mablag'lar mavjud bo'lishi belgilanadi.
Odatda, rejalashtirish jarayoni amal qilish vaqtiga muvofiq uzoq, o'rta va qisqa muddatli, qo'yilgan maqsadga ko'ra esa operativ, taktik va strategik rejalashtirishga bo'linadi.

Download 36.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling