Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervini tashkil etish va undan foydalanishning hisobi
Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish konseptual asosining 52-bandida: «Xo‘jalik yurituvchi subyektni va kreditor- lami zararlarning oqibatlaridan qo‘shimcha tarzda himoya qilishni ta’minlash uchun rezervlami vujudga keltirish zarur», — deyilgan. Ushbu hujjatda «Rezervlami vujudga keltirish xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatiga doir qonunchilikda va ustavda ko‘zda tutiladi (soliq qonunlarini buzmagan holda)», — deyilgan. Ushbu rezervlarning tashkil etilishi xo‘jalikning hisob siyosa- tida aks ettirilishi va uning ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga olib borilishi 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriligi bilan kelishilgan holda, asosan, mavsumiy ishlaydigan korxonalar uchun ruxsat etilishi qayd etilgan. Bunda xo‘jalikning iqtisodiy-moliyaviy holati ham hisobga olinishi lozim. Umuman, kelgusi davr xarajatlari va toMovlari rezervini tashkil etishdan maqsad kelgusi davrga tegishli bo‘lgan xarajatlar va to‘lovlami bir maromda ishlab chiqarish yoki muomala xarajat- lariga kiritish yo‘li bilan belgilangan tartibda jamg‘arishdan iborat. Shunday rezervlar jumlasiga asosiy vositalarni ta'mirlash bo‘yicha rezerv, mehnat ta’tili bo‘yicha rezerv, vaqtinchalik (titul- siz) inshootlar qurish xarajatlari uchun va boshqa rezervlar kiradi. Ushbu rezervlarning hisobiga 8910 — «Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervi» hisobvarag‘i mo‘ljallangan. Ushbu hisobvaraq passiv bo‘lib, qoldig'i va tashkil etilishi kredit tomonida, kamayishi (undan foydalanishi) debet tomonida aks etadi. Rezervlarning tashkil etilishi va foydalanilishining to‘g‘riligi davriy holda (yil oxirida) smeta, hisob-kitob va boshqalar orqali tekshirib boriladi, kerakli hollarda ularga o‘zgartirishlar ki- ritiladi.
8910 hisobvaraq bo‘yicha analitik hisobvaraqlar rezervlaming ayrim turlari bo'yicha olib boriladi. Yuqorida qayd etilgan rezervlaming tashkil etilishi va foydalanishi bo‘yicha quyidagi hisoblar o‘zaro bog‘lanadi: 1. Rezervlar xarajat hisobvaraqlarida olib borish bilan tashkil etilganda - DT 2010, 2310, 2510, 9410, 9420, 9450 KT 8910. 2. Ushbu rezervlar hisobidan xarajatlar amalga oshirilganda - DT 8910 KT 2310, 5110, 6710, 6520, 1010-1090 va boshqalar. 3. Rezervning foydalanmagan qismi xo‘jalik daromadiga o‘tkazilganda — DT 8910 KT 9390 — «Boshqa operatsion daromadlar» va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |